Jamiyat
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi
Ishtirokchilarning katta qiziqishi va auditoriyaning talabidan kelib chiqib, ADM Global kompaniyalar guruhi – Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – #SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2025 yil 15 avgustgacha uzaytirilganligini, shuningdek obunachilar soni 15 ming nafargacha oshirilganligini e’lon qiladi.
#SonetUzStyle – bu o‘zini namoyon etishga, kreativ yondashuv va yangicha nigohni ochib berishga intilayotgan yangi mualliflar va kreativ ijodkorlar uchun ijodiy tanlov. Tanlovda, uning akkaunti rolik e’lon qilingan paytda 15 000 nafardan kam obunachilarga ega bo‘lish sharti bilan 18 yoshga to‘lgan istalgan Instagram sahifasi foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin.
O‘z roliklarini avval joylashtirgan ishtirokchilar ham videoni qayta ishlash yoki yangilash va yaxshilangan variantni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu sizning arizangiz va g‘alaba qozonish imkoniyatingizni oshirish uchun ajoyib fursatdir.
Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin:
1. “Nima uchun Kia Sonet O‘zbekiston uchun eng maqbul avtomobil?” mavzusida 20 soniyadan 60 soniyagacha bo‘lgan videorolik (Reels) yarating.
2. Instagram sahifasi yoki tanlovning rasmiy sahifasidagi havola orqali mavjud bo‘lgan Kia_Sonet_Uz rasmiy musiqiy trekidan foydalaning.
3. Instagram sahifasida majburiy shartlar asosida rolik joylashtiring*:
• Heshteg: #SonetUzStyle
• @kia__uzbekistan akkauntini belgilash
4. Tanlovning butun davri mobaynida profil ochiq bo‘lishi shart.
Yuqoridagi shartlarga rioya qilinmagan holda e’lon qilingan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Barcha ishlar Kia vakillari hamda media va marketing sohasidagi mustaqil ekspertlardan iborat professional hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Tanlov g‘olibi qimmatbaho sovg‘a va brend bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Batafsil qoidalar, yangilangan jadval, hakamlar hay’ati ro‘yxati, trek havolasi va ko‘p beriladigan savollarga javoblarni kia.uz saytidan topishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot olish uchun ishonch telefoni: 1333
Ilhomlaning. Yarating. Kia bilan birgalikda ishtirok eting.
#sonetuzstyle
@kia__uzbekistan
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Qurilishi tugallanmagan uylarga ko‘chirish holatlariga chek qo‘yiladi
O‘zbekistonda qurilishi tugallanmagan va belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarni ko‘chirish holatlarining oldini olish maqsadida qonunchilik kuchaytirilmoqda. Buning uchun mas’ul shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Qonunchilik palatasi majlisida mazkur masalaga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda shaharsozlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda qurilishi tugallanmagan hamda rasman foydalanishga topshirilmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarning noqonuniy ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday holatlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirishi mumkin. Shu bois sohada faoliyat yuritayotgan sub’yektlar mas’uliyatini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish zarur.
Qonun loyihasiga muvofiq, Jinoyat kodeksiga ko‘p kvartirali uylar qurilishi uchun mas’ul shaxslar yoki mansabdor shaxslar tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan uylarga fuqarolarning ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘yganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Shuningdek, Shaharsozlik kodeksiga buyurtmachilar va pudratchilar zimmasiga belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarning ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish majburiyatini yuklovchi normalar kiritilishi nazarda tutilgan.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining dolzarbligi va ahamiyatini ta’kidlab, uni yanada takomillashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirdi. Yakunda qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Jamiyat
Toshkentda 3,2 kgga yaqin narkotiklar qo‘lga olindi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomalada bo‘lgan qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Holatlar yuzasidan bir necha nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlabki holatda Bektemir tumani hududida harakatlanayotgan Gentra rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Avtomashinada Yashnobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bo‘lgan. Tekshiruv chog‘ida transport vositasi salonidan bir nechta zip-paketlarga qadoqlangan och sariq rangli kukunsimon moddalar topildi.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar avvaldan yashirib qo‘ygan xufiya joy hamda ijaraga olgan xonadon ko‘zdan kechirildi. U yerdan ham kukunsimon moddalar, elektron tarozilar va giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan anjomlar aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar 1,2 kilogramm geroin va 100 gramm mefedron ekani tasdiqlangan. Ma’lum qilinishicha, mazkur ikki shaxs ham muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan.
Yana bir tezkor tadbirda Shayxontohur tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadonidan 47 gramm gashish va 34 gramm opiy musodara qilindi.
Tergov harakatlari davomida uni narkotik moddalar bilan ta’minlab kelgani gumon qilinayotgan Olmazor tumanida yashovchi 1980 va 1985 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro ham ushlandi. Ularning avtomashinalari va yashash xonalari tekshirilganda, 1,8 kilogramm gashish hamda 12 gramm opiy aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalariga oid huquqlar himoyasi kuchaytiriladi
Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalariga oid huquqlar himoyasi kuchaytiriladi.
«Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-265-son, 15.07.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish yuzasidan sudlarga murojaat qilishda davlat bojidan ozod qilinishi belgilandi.
2026-yil 1-oktyabrdan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi kabi birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda o‘zida ushbu ma’lumotlarni aks ettiruvchi davlat organlariga tegishli axborot tizimlaridagi ma’lumotlarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan o‘zgartirishlar kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
– mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yo‘li bilan tovar (ish, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxslar faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan so‘ng ushbu harakatlarni (reklamani) amalga oshiradi;
– mobil aloqa vositalariga reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarnomalarni jo‘natish xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘zlarining axborot tizimlarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin tegishli xizmatlarni ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi;
– reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 09.00 gacha tarqatish taqiqlanadi;
– mobil aloqa operatorlariga o‘zlari tomonidan tarqatiladigan reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini abonent so‘roviga ko‘ra to‘liq yoki qisman bloklash majburiyati yuklatiladi;
– mazkur belgilangan talablarga rioya etmaslik reklama hamda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va tegishli choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Jamiyat
teatr, kino va konsertlarga borish umrni uzaytirishi mumkin
Kino, teatr, muzey va konsertlarga muntazam tashrif buyurish fiziologik qarishning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bu ikki mingga yaqin keksa odamlarning ma’lumotlarini tahlil qilgan yapon olimlari tomonidan chiqarilgan xulosadir. Tadqiqot natijalari Epidemiologiya va Jamiyat Salomatligi jurnalida (JECH) chop etildi.
Tadqiqotchilar qarish bo‘yicha uzoq muddatli tadqiqotda ishtirok etgan 50 yoshdan oshgan 1899 nafar ingliz fuqarosining ma’lumotlarini o‘rganib chiqdilar.
Ishtirokchilar kinoteatrlar, muzeylar, san’at galereyalari, teatrlar, konsertlar va operalarga qanchalik tez-tez tashrif buyurganliklarini xabar qilishdi. Keyin bu ma’lumot ularning fiziologik yoshi bilan taqqoslandi – bu qon bosimi, o‘pka funksiyasi, gemoglobin va xolesterin darajasi, tana massasi indeksi, ushlash kuchi va yurish tezligi kabi o‘nta parametr asosida tananing haqiqiy sog‘lig‘ini aks ettiruvchi ko‘rsatkich.
Ma’lum bo‘lishicha, madaniy tadbirlarga kamida bir necha oyda bir marta tashrif buyurgan odamlarning o‘rtacha fiziologik yoshi 66,9 yoshni tashkil etgan. Deyarli faqat madaniy hayotda ishtirok etganlar orasida bu ko‘rsatkich 69,9 yoshga yetdi – bu taxminan uch yillik farq.
Daromad, bandlik, surunkali kasalliklar va boshqa omillarni hisobga olgan holda ham, madaniy faoliyat shkalasidagi har bir qo‘shimcha birlik fiziologik yoshni taxminan 31 kunga qisqartirish bilan bog‘liq edi.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu ta’sir madaniy dam olish ijtimoiy muloqotni rivojlantirishi, aqliy farovonlikni yaxshilashi va sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishi bilan izohlanishi mumkin.
Olimlar madaniy faoliyatning fiziologik qarishga ta’siri muntazam jismoniy faollikning ta’siriga o‘xshashligini va qo‘shimcha tadqiqotlarga loyiqligini ta’kidlamoqdalar.
Jamiyat
Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalaridan himoya kuchaytiriladi
«Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Ronstik / Shutterstock
«Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 noyabrdan boshlab:
mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnoma shaklida tovar va xizmatlarni taklif (reklama) qiluvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxs faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan so‘ng ushbu harakatlarni (reklamani) amalga oshiradi;
mobil aloqa vositalariga reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarnomalarni jo‘natish xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin tegishli xizmatlarni ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi;
reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 9.00 gacha tarqatish taqiqlanadi;
mobil aloqa operatorlariga reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini abonent so‘roviga ko‘ra to‘liq yoki qisman bloklash majburiyati yuklatiladi;
Ushbu talablarga rioya etmaslik reklama hamda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va tegishli choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
-
Sport5 days agoIspaniya Belgiyani yengib, yarimfinalga chiqdi
-
Sport4 days agoAngliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
-
Jamiyat4 days agoBektemir tumanida «zakladchik»lar qo‘lga olindi
-
Iqtisodiyot5 days ago
17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar aniqlandi
-
Dunyodan4 days ago
Frantsiyada ko’pchilik qo’rqqan narsa yuz berdi.
-
Sport4 days agoInfantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
-
Jamiyat5 days agoDori narxini sun’iy oshirgan yuzlab dorixonalar aniqlandi
-
Sport5 days agoJCh anonsi. Holand Keynga qarshi, Argentinada ilk jiddiy raqib
