Connect with us

Iqtisodiyot

Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi

Published

on


Soliq organlari tomonidan faoliyatida xato va kamchiliklar aniqlangan 20 mingdan ortiq tadbirkorga jazo qo‘llanmaydigan bo‘ldi. Ular 1 noyabrgacha kamchiliklarni bartaraf etishi kerak. Foyda solig‘idan avans to‘lash majburiyatini yuzaga keltiradigan yillik aylanma miqdori 2 baravar oshirilib, 20 mlrd so‘m deb belgilanadi. AOSdan QQSga o‘tganlar foyda solig‘idan 1 yilga ozod bo‘ladi, hisobotidagi xatolar kechiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Soliq tekshiruvlari bo‘yicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda aniqlangan 16 trillion so‘mlik xato va kamchiliklar uchun jazo qo‘llanmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Davlat rahbari bu kamchiliklar minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi o‘rniga salbiy ta’sir qilishini aytdi.

“Shu bois bugun o‘ziga xos “amnistiya” e’lon qilamiz, ushbu tekshirishlar bo‘yicha jazo qo‘llanmaydi. Buning o‘rniga 1 noyabrgacha tadbirkorlarimizga barcha xato va kamchiliklarni ixtiyoriy to‘g‘irlash imkoni beriladi.


Bir so‘z bilan aytganda, 1 noyabrdan boshlab biznes vakillari tadbirkorlik reytingini “toza sahifadan” boshlaydi”, – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, foyda solig‘idan avans to‘lash talab qilinadigan chegara 2 baravarga oshirilishini e’lon qildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan oshgan korxonalar foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lagani uchun aylanma mablag‘dan qiyinchilik yuzaga kelmoqda.

Shu bois, endi bu tartib faqatgina yiliga 20 milliard so‘mdan yuqori aylanma qiladigan korxonalar uchun amal qilishi e’lon qilindi.

Natijada 14 mingga yaqin tadbirkor ixtiyorida qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik aylanma mablag‘ qoladi.

“QQSga o‘tsam, hisob-kitob qiyinlashadi, buxgalter olishim kerak, xarajat oshadi”, degan shubha hali ko‘pchilikda bor. Shu sababli:


aylanma soliqdan QQSga o‘tadigan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi;
hisobotida xatolik bo‘lsa ham, jarima qo‘llanmaydi;
buxgalterlar maoshining 5 mln so‘mgacha qismi 6 oygacha bunday korxona to‘layotgan soliqdan chegirib tashlanadi.

Ikki yil oldin aylanmadan soliq to‘lovchilar buxgalteriyasini soliqchi yuritadigan tizim qilindi. Bunday xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi: kelgusi yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlari hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha tadbirkorlar majburiyati bekor qilinadi. Ushbu hisobotlarni soliqchilarning o‘zi bepul to‘ldirib beradi. Tadbirkorlar esa 5 kunda hisobotga tuzatish kiritishi mumkin bo‘ladi.

Hisobotni kechiktirgani uchun kichik va yirik biznes bir xil jarima to‘layapti, eng yomoni – har bir hisobot turi uchun alohida-alohida jarima bor. Soliq qo‘mitasiga 1 noyabrdan boshlab taqdim etilmagan yoki kechiktirilgan soliq hisobotlari nechta bo‘lishidan qat’i nazar, yagona jarima qo‘llaydigan tizim yaratish topshirildi. Bunda kichik biznes uchun jarimalar miqdori 3 karra kamaytiriladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Published

on


O‘zbekiston prezidenti va bank rahbari OTB bilan sheriklik bo‘yicha 2030 yilga qadar bo‘lgan davrga mo‘ljallangan yangi dasturga kiritilgan umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida OTB rahbari O‘zbekiston yetakchisiga bank Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagani va ko‘rsatgan ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Hamkorlikni yuksak darajaga ko‘tarishga erishilgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan 30 yilda OTB O‘zbekistonning haqiqiy strategik sherigiga aylandi.

Loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarni tashkil etmoqda, amaliyotlar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkorlaridan biriga aylandi.

Temir va avtomobil yo‘llari, energetika va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash, qishloq xo‘jaligi va xususiy sektorni rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirildi va davom etmoqda.

O‘zbekiston prezidenti va bank rahbari sammit doirasida imzolangan OTB bilan sheriklik bo‘yicha 2030 yilga qadar bo‘lgan davrga mo‘ljallangan yangi dasturga kiritilgan umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Ipoteka bozori, xususiy sektor, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish borasidagi islohotlarni ilgari surish, raqamli innovatsiyalarni joriy etish va maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi sohalarda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan, bankning mablag‘larni safarbar etishdagi yetakchiligini kuchaytirish orqali ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston prezidenti OTB rahbariyati va jamoasiga Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi muvaffaqiyatli va samarali o‘tishini tiladi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 2030 yilgacha mo‘ljallangan sheriklik dasturini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi 3-6 may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezident Janubiy Koreya bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Published

on


Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston – Janubiy Koreya Alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston prezidenti Janubiy Koreya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib bormoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshdi. Mamlakatimizda qariyb 1 mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 8 milliard dollardan oshdi. Ushbu mamlakat kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasini tashkil etish masalalari ishlab chiqilmoqda.

Koreya Eksimbanki va uning jamg‘armalari bilan ko‘p yillik samarali hamkorlik yuqori baholandi. Ular ishtirokidagi loyihalarning umumiy portfeli 2 milliard dollardan oshdi.

Ko‘p tarmoqli klinika, kimyo markazi va farmatsevtika parki qurilishi davom etmoqda. Bugun Toshkent – Xiva yo‘nalishida birinchi “Hyundai Rotem” poyezdi qatnay boshladi.

Shavkat Mirziyoyev ustuvor yo‘nalishlarda yangi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va hududlararo almashinuvlarni jadallashtirish muhimligini qayd etdi. Davlat moliyasini boshqarish tizimini raqamlashtirishda Koreya tomoni ko‘maklashishiga umid bildirildi.

Joriy yil kuz oyida Seul shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Koreya” sammiti va boshqa oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda chakana savdo aylanmasi 124 trln so‘mga yetdi

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 124 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 25,4 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikada chakana savdo sohasida 86 527 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, ulgurji savdo tovar aylanmasi 109,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,9 foizga o‘sgan. Chakana segmentga nisbatan pastroq bo‘lsa-da, barqaror o‘sish saqlanib qolmoqda.

1-aprel holatiga ko‘ra, ulgurji savdo sohasida 52 860 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8 foizga oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 289,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 7,6 mln so‘mni tashkil etdi.

2026-yil 1-aprel holatiga respublikamizda 61 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Toshkentning turistik jozibadorligi oshmoqda – poytaxtda yangi restoran ochildi

Published

on


Turizm qo‘mitasi sayyohlar uchun qulay va jozibador muhit yaratish ustida ishlamoqda, turistik yo‘nalishlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shahar infratuzilmasining rivojlanishi bugungi kunda HoReCa sohasining o‘sishi va restoran biznesi sifatining oshishi bilan ham bog‘liq. Restoran industriyasi tobora shahar hayotining muhim qismiga va turistik tajribaga aylanib, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun yangi jalb etuvchi nuqtalarni shakllantirmoqda.

Ijobiy dinamikani xalqaro ekspertlar ham qayd etmoqda. Tigrus Restaurant Holding prezidenti Xenrik Vinter, uning xoldingi Toshkentda Osteria Mario va Shvili restoranlari bilan faoliyat yuritadi, o‘z bahosida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston bugungi kunda mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan restoran bozorlari qatoriga kiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda bu yerda gastronomik konsepsiyalar darajasi sezilarli oshdi, xizmat sifati yaxshilandi va restoran madaniyati o‘sdi. Bu esa sohaning keyingi rivoji va xalqaro o‘yinchilarni jalb etish uchun mustahkam asos yaratmoqda.

O‘zbekiston hukumati 2026 yilda mamlakatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 12 milliondan 2030 yilga borib 20 millionga yetkazishni strategik maqsad qilib qo‘ydi. Bu ko‘rsatkichlarga erishishda gastronomiya sohasi muhim o‘rin egallaydi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.