Jamiyat
Sobiq hokim yangi lavozimga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi direktori tomonidan imzolangan buyruqqa muvofiq, Uralova Dilfuza Jumanovna Sirdaryo viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Dilfuza Uralova asli kasbi bo‘yicha o‘qituvchi. U 2017–2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil 18 fevraldan 2025 yilning 29 dekabriga qadar Boyovut tumani hokimi sifatida ishlab kelgan.
Jamiyat
Venetsiya biyennalesida O‘zbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni ochildi
Loyiha Orol dengizi mavzusiga bag‘ishlangan, biroq bunda u faqatgina ekologik fojia timsolida talqin qilinmagan.
61-Venetsiya biyennalesida O‘zbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni ochildi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
“Zamonaviy jahon san’atining eng nufuzli minbarlaridan biri bo‘lgan Venetsiya biyennalesi joriy yilda “In Minor Keys” (“Minor ohanglarda”) shiori ostida o‘tkazilmoqda. Mavzu biz yashayotgan davr uchun juda aniq tanlangan, unda dunyoni anglash borasidagi nozik va murakkab qarashlar mujassam.
61-Venetsiya biyennalesida O‘zbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni ochilish marosimida nutq so‘zladim. Bu men uchun o‘ta ahamiyatli chiqish bo‘ldi. Loyiha Orol dengizi mavzusiga bag‘ishlangan, biroq bunda u faqatgina ekologik fojia timsolida talqin qilinmagan. Ushbu ekspozitsiyada Orol bizning xotiralarimiz, afsona va rivoyatlarimiz hamda ijodiy izlanishlar makoni sifatida namoyon bo‘lgan”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston paviloni biyennale ishtirokchilari va mehmonlarining katta qiziqishiga sazovor bo‘lib, madaniyatimiz bilan yaqindan tanishish va mintaqamizga sayohat qilish istagini uyg‘otdi.
Jamiyat
Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Muratov Shuhrat Kaxarovich — Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuhrat Muratov 1978-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi davlat universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qarshi shahridagi «Alp Texno Servis» xususiy korxonasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Amanov Oybek Anvarovich — Qashqadaryo viloyati hokimining cho‘l hududlari va agrar sohaga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Oybek Amanov 1984-yil Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Jamiyat
Pora olgan bir qator mansabdor shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Andijon viloyatidagi bir nechta korrupsion holatlar fosh etildi. Tergovga qadar tekshiruvlarda davlat mulki, elektr ta’minoti va yer ajratish jarayonlarida mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari aniqlangan.
Dastlabki holatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkor bilan bog‘liq sud ishini uning foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan. U Izboskan tumanidagi davlat mulki obyekti bo‘yicha tuzilgan shartnomani bekor qilmaslik evaziga 15 ming dollar talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mansabdor so‘ralgan mablag‘ni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Yana bir holatda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Andijon hududiy filiali muhandisi tadbirkordan 15 ming dollar talab qilgani ma’lum bo‘ldi. U sholi quritish sexida elektrdan noqonuniy foydalanilgani haqidagi dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 650 mln so‘m zararni kamaytirib berishni va’da qilgan.
Muhandis 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan. Tergov organlari ushbu mablag‘ pora sifatida talab qilinganini ta’kidlamoqda.
Boshqa epizodda esa tuman kadastr bo‘limi boshlig‘i fuqaroga uy-joy va dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratib berish evaziga 3 ming dollar olgani aniqlangan. Shuningdek, u yer ajratilgani haqida soxta hujjat rasmiylashtirgani ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil boshida o‘tkazilgan xatlov jarayonida mazkur yer maydoni noqonuniy ajratilgani fosh etilgan. Natijada fuqaroga nisbatan 82 mln so‘m jarima qo‘llangan.
Kadastr mansabdori olgan pulni uchinchi shaxs orqali qaytarishga uringan vaqtida fosh etilgan. Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarni shu kabi korrupsion holatlar haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi.
Jamiyat
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
Haydovchi 8 o‘rindiqli transport vositasida 58 bolani bog‘chaga tashigan.
Andijon viloyati, Izboskan tumanida 58 nafar bolani 8 o‘rindiqli mikroavtobusda olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 6 may kuni O‘rta qishloq mahallasida haydovchi Q.Z. King Long rusumli mikroavtobusda «Xadichabegim» davlat-xususiy sheriklik asosidagi ta’lim muassasasining 58 nafar tarbiyalanuvchisini olib ketayotgan vaqtda to‘xtatilgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining «Odam tashish» talablarini buzgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, haydovchi va ta’lim muassasasi rahbariyati bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Jamiyat
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bugun, 7-may kuni Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unda, jumladan, Xudayshukurov Dilmurod Xolmurodovich – Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
-
Dunyodan5 days ago
Hormuz boʻgʻozida qolib ketgan xorijlik kema chiqarib yuboriladi
-
Jamiyat4 days ago
Prezident Buyuk Britaniyaning ikki marhum fuqarosini mukofotladi
-
Jamiyat4 days agoChustda qalbaki dollar sotuvchilari qo‘lga tushdi
-
Dunyodan3 days agoXitoyda pirotexnika zavodining portlashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi
-
Siyosat2 days agoOʻzbekistonda Mudofaa vazirligi tarkibida sunʼiy intellekt boʻlimi va kiberxavfsizlik instituti tashkil etildi
-
Iqtisodiyot3 days ago
budjet tarkibida qaysi soliqlarning ulushi ko‘proq?
-
Dunyodan3 days agoTahlilchilar neft haqida xavotirli ma’lumotlarni e’lon qilishdi
-
Dunyodan4 days ago
Amirliklar neft eksport qiluvchi arab davlatlari tashkilotini tark etadi
