Connect with us

Sport

«Siti» yutqazdi, «Chelsi» «Barsa»ni ayamadi. YeChLda kun o‘yinlari

Published

on


Husanovning qaytishi omadsiz bo‘ldi, «Chelsi» 3 ta goli hisoblanmaganiga qaramay, yirik g‘alabaga erishdi, 36 yoshli Obameyang rekord o‘rnatdi.
Seshanba oqshomida YeChLning 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

«Chelsi»ning 3 goli hisoblanmadi, lekin 3 tasi hisoblandi

«Chelsi» – «Barselona» 3:0

Gollar: Kunde, 27 – avtogol (1:0). Estevao, 55 (2:0). Delap, 73 (3:0)

«Chelsi»: Sanches, Chaloba, Fofana, Kukurelya, Gyusto (Santos, 46), Jyeyms (Achimpong, 82), Kaysedo, Fernandes, Garnacho (Delap, 59), Estevao (Jorj, 82), Pedru Netu (Gittens, 76)

«Barselona»: X. Garsiya, Arauxo, Kubarsi, Balde (Martin, 80), Kunde, E. Garsiya, Fermin Lopes (Kristensen, 62), de Yong, Torres (Reshford, 46), Yamal (Olmo, 80), Levandovski (Rafinya, 62)

Ogohlantirishlar: Gyusto, 40 – Arauxo, 32

Chetlatish: Arauxo, 44 (ikkinchi sariq)

«Chelsi» «Barselona»ga qarshi – ancha jarangdor afisha. Ammo Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichi 5-turi doirasidagi ushbu to‘qnashuvda o‘yin faqat bir darvoza tomon bo‘ldi. O‘yin yirik hisobda yakunlanishiga Ronald Arauxoning qizil kartochkasi ham ta’sir qildi, ammo shusiz ham londonliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmayotgandi.

Londonliklar ilk daqiqalardan tashabbusni qo‘lga olishdi, ammo dastlab ikki gol inobatga olinmadi. Enso Fernandesning birinchi goli urilgan Uesli Fofana qo‘li bilan o‘ynagani tufayli bekor qilindi.

Ensoning standart vaziyatdan keyin urilgan ikkinchi goli inobatga olinmasligiga esa boshqa bir jamoadoshi Chaloba ofsayd holatida qolgan va vaziyatga ta’sir ko‘rsatgan deb topilishi sabab bo‘ldi.

«Chelsi» faqat uchinchi urinishda gol inobatga olinishiga erishdi – Mark Kukurelya qanotdan to‘p oshirdi, Netuga xalal berishga uringan Jyul Kunde esa o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

E’tiborli tomoni, bu vaziyat ham VAR orqali tekshirildi, ammo Kukurelya ofsaydda emasligi qayd etildi.

Mehmonlar jamoasining himoyachisining tovoni ortda qolib ketgandi.

Bo‘lim oxirida esa Ronald Arauxo jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirdi: u 13 daqiqa ichida bir-biridan ahmoqona follar ishlatib, ikkita sariq kartochka oldi. Bu uning so‘nggi 2,5 yillikdagi to‘rtinchi qiziliga aylandi.

Tanaffusdan keyin esa katalonlar sochilib ketdi. Avvaliga 51-daqiqada mehmonlarning yana bir goli inobatga olinmadi, bu safar Andrey Santos darvozani ishg‘ol etdi, ammo Alexandro Garnacho ofsayd holatida harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Lekin ko‘p o‘tmay Estevao Pau Kubarsidan osonlik bilan qochib ketib, to‘pni to‘sin ostidan darvoza to‘riga kiritdi. Keyin Pedru Netu ham Kubarsidan qochib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo Garsiyani alday olmadi.

73-daqiqada esa Liam Delap Fernandesning uzatmasidan keyin hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Avvaliga hakam bu golni ham bekor qilgandi, ammo videotakrordan keyin ingliz hujumchisi onsayd holatida ekani tasdiqlandi. «Barsa» shu kuni barcha jabhalarda raqibdan kuchsizroq edi.

Bu g‘alabadan keyin «Chelsi» ochkolari sonini 10 taga yetkazib oldi va pley-offga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkoniyatini yaxshiladi. «Barsa» yetti ochko bilan top-8 dan tashqarida qoldi. Keyingi turda kataloniyaliklar uyda «Ayntraxt» bilan o‘ynaydi, «Chelsi» Italiyada «Atalanta» mehmoni bo‘ladi.

Husanovda omadsiz qaytish

«Manchester Siti» – «Bayyer» 0:2

Gollar: Grimaldo, 23 (0:1). Shik, 54 (0:2)

«Manchester Siti»: Trafford, Stouns, Ake, Ait Nuri (O`Rayli, 46), Husanov (Holand, 65), Gonsales, Lyuis (Doku, 46), Reynders, Savio, Bobb (Foden, 46), Marmush (Sherki, 65)

«Bayyer»: Flekken, Bade, Belosyan, Kuansa, Garsiya, Maza, Grimaldo, Poku, Tillman, Kofane (Tella, 82), Shik

Ogohlantirishlar: Grimaldo, 60. Kofane, 78

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChLdagi 100-o‘yinida ko‘pchilikni ajablantirib, Holand boshchiligidagi qator yetakchilarni zaxirada qoldirdi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga ham imkon berildi va u anchadan buyon boshlang‘ich tarkibdan o‘rin oldi.

O‘z navbatida, «Bayyer» ham «shaharliklar»ga syurpriz tayyorlagandi. Mehmonlar birinchi bo‘lim o‘rtalarida tezkor qarshi hujum uyushtirishdi va Kofana Grimaldoni darvoza qarshisiga chiqardi. Leverkuzenliklarning to‘purar himoyachisi qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi, bu ular uchun Angliyadagi o‘yinlarda to‘qqiz yildan buyon hisobda oldinga chiqib olishi bo‘ldi. Reynders esa qulay pozitsiyadan gol urolmadi va mehmonlar tanaffusga g‘olib holda yo‘l olishdi.

Pep tanaffusdayoq uch almashtirish qilib, asosiy tarkib futbolchilari O`Rayli, Doku va Fodenni maydonga tashladi. Ammo bu yordam bermadi va «Siti» yana gol o‘tkazib yubordi. Bu safar Mazining uzatmasidan keyin Shik Akedan ildamroq harakat qildi. Shundan keyin Pep tavakkalchilikka qo‘l urib, himoyachi Husanov o‘rniga Holandni ham jangga tashladi, ammo o‘yinni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi. Murabbiyning yubileyi buzildi: «shaharliklar» 2018 yil sentabridan buyon ilk bor YeChL guruh o‘yinlari doirasidagi uy uchrashuvida yutqazishdi. Shunga qaramay, jamoa hamon kuchli sakkizlikda qolmoqda, «Bayyer» esa o‘tish o‘yinlariga yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi (8 ochko).

Keyingi turda «Siti» «Real» mehmoni bo‘ladi, «Bayyer» «Nyukasl»ni qabul qiladi.

Norvegiyadagi drama

«Bude-Glimt» – «Yuventus» 2:3

Gollar: Blomberg, 27 (1:0). Openda, 48 (1:1). Makkenni, 59 (1:2). Fet, 87 – penalti (2:2). Devid, 90+1 (2:3)

«Bude-Glimt»: Xaykin, Bertuft, Aleyesami (Moe, 61), Berkan, Sevold, Berg, Fet, Even (Xauge, 77), Blomberg (Yyergensen, 77), Myayattya (Euklenn, 61), Xeg (Xelmersen, 87)

«Yuventus»: Perin, Kelli, Kopmeyners, Kalyulyu, Lokatelli, Adjich (Kenan Yildiz, 46), Kambyaso (Kabal, 75), Makkenni, Konseysau (Jyegrova, 83), Miretti (Tyuram, 68), Openda (David, 75)

Ogohlantirishlar: Kelli, 39. Miretti, 50. Kabal, 84. Makkenni, 90

«Yuventus» duranglar seriyasiga yakun yasadi, ammo muxlislarini validol yutishga majbur qildi. Ushbu o‘yinda ham durang natija qayd etilishini oldindan taxmin qilish qiyin emasdi – har ikki jamoa qatorasiga uch o‘yinda durang qayd etgandi. «Yuventus» birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi, ikkinchi bo‘limda esa kambek amalga oshirdi. Ammo 87-daqiqada penaltidan gol o‘tkazdi. Barchasi prognozlar to‘g‘ri chiqishiga qarab ketayotgandi, ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Yildiz jarima zarbasini a’lo darajada ijro etdi va to‘p yo‘l-yo‘lakay Devid orqali darvozaga borib tushdi. Spalletti yengil tin olishi mumkin.

Maktominay yana hal qildi

«Napoli» – «Qorabog‘» 2:0

Gollar: Maktominay, 65 (1:0). Yankovich, 72 – avtogol (2:0)

Aniq ijro etilmagan penalti: Hoylund, 56’

«Napoli»: Milinkovich-Savich, Rraxmani, Buondjorno (Juan Jyezus, 90), Bekema (Politano, 64), Maktominay, Lobotka, Olivera, Di Lorenso, Neres (Vergara, 90), Lang (Elmas, 75), Hoylund (Lukka, 75)

«Qorabog‘»: Koxalski, Mustafozoda, Medina (Mmae, 60), Jafarguliyev (Bolt, 75), Silva (Bayramov, 75), Yankovich, Pedru Bikalyu, Zubir, Adday, Leandru Andrade (Kashchuk, 60), Duran (Oxunzoda, 75)

Ogohlantirishlar: Lang, 50. Rraxmani, 77 – Medina, 43. Yankovich, 55

Neapolda «Qorabog‘» darvozaboni Koxalski fenomenal o‘yin namoyish etdi. U birinchi bo‘limda turning eng yaxshi goli urilishiga yo‘l qo‘ymadi. David Neres qaychi uslubida zarba yo‘llaganida u barmoqlari uchi bilan to‘pga yetib bordi, holbuki braziliyalik futbolchi bu vaziyatda darvozaning olis burchagini nishonga olgandi. Keyin esa Di Lorenso yakkama-yakka vaziyatda uni dog‘da qoldira olmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa «Napoli» sardori raqib jarima maydonida yiqilib, penalti ishladi. Ammo bu ham Koxalski darvozasiga gol urish uchun yetarli bo‘lmadi, Hoylundning 11 metrdan yo‘llagan zarbasini ham bartaraf etdi. Shu kuni polshalik darvozabonga gol urib bo‘lmaydigandek ko‘rina boshladi, u o‘z himoyachisining avtogolidan ham qutqarib qoldi, ammo uning bu safargi seyvidan keyin to‘p Maktominayga borib tushdi. Shotlandiyalik yarimhimoyachi so‘nggi vaqtlarda juda yuqori sport formasini namoyish etmoqda va u yana hal qiluvchi zarbani yo‘lladi. Bu muhim g‘alabadan keyin Antonio Konte shogirdlari ochkolar soni bo‘yicha ozarboyjonliklarga yetib oldi (7 tadan).

Barchasi Dortmund foydasiga

«Borussiya» D – «Vilyarreal» 4:0

Gollar: Girassi, 45+2 (1:0). Girassi, 54 (2:0). Adeyyemi, 58 (3:0). Svensson, 90+5 (4:0)

Aniq ijro etilmagan penaltilar: Girassi, 54’. Silva, 82’

«Borussiya» D: Kobel, Anton (Emre Jan, 84), Shlotterbek, Anselmino, Nmecha (Bellinghem, 77), Zabitser (Gros, 77), Svensson, Koutu, Brandt (Chukvuemeka, 68), Adeyyemi, Girassi (Silva, 68)

«Vilyarreal»: Luis Junior, Foyt, Veyga, Kardona, Mourinio (Navarro, 83), Parti (Marin, 65), Geyye, Byukenen (Axomax, 83), Komesanya (Parexo, 74), Pepe (Moleyro, 65), Oluvaseyi

Ogohlantirish: Adeyyemi, 71

Chetlatish: Foyt, 50

Birinchi bo‘limdagi eng yodda qolarli vaziyat arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yuzaga keldi. Burchak zarbasi ijro etilganida Anselmino yaxshi zarba bera olmadi, ammo to‘p havoga ko‘tarildi va unga barchadan baland sakragan Girassi yetib borib, hisobni ochdi. «Vilyarreal» futbolchilari bu hujum chog‘ida to‘p Antonning qo‘liga tekkanini ko‘rsatib, e’tiroz bildirishdi, ammo arbitr baribir maydon markazini ko‘rsatdi. Hakamning keyingi qarori ham «Borussiya» foydasiga chiqarildi. Ikkinchi bo‘lim boshida videotakrordan keyin Foytga qizil kartochka ko‘rsatildi, u Adeyyemining zarbasidan keyin to‘pni darvoza chizig‘i ustida qo‘li bilan to‘xtatib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Girassining penaltidan zarbasini Luiz Junior oyoqlari bilan to‘sdi, ammo gvineyalik hujumchi qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib bordi va dublni rasmiylashtirdi. Shu kuni oq formada o‘ynagan «sariq submarinalar» shundan keyin taqdirga tan berishdi va ko‘p o‘tmay Adeyyemi baribir o‘z maqsadiga yetib, hisobni yiriklashtirdi. O‘yin oxirida Svensson to‘rtinchi golni ham urdi, o‘yin yanada yirikroq ko‘rinish olishi ham mumkin edi, ammo Girassining o‘rniga tushgan Fabiu Silva ham penaltidan foydalana olmadi. «Vilyarreal» YeChLda g‘alabasiz seriyani davom ettirmoqda (8 o‘yin), «Borussiya» esa hozira to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

«Velodrom»dagi kambek, Obameyangda rekord

«Marsel» – «Nyukasl Yunayted» 2:1

Gollar: Barns, 6 (0:1). Obameyang, 46 (1:1). Obameyang, 50 (2:1)

«Marsel»: Ruli, Balerdi, Emerson, Pavar, Vermeren, Heyberg, Bakola (O`Rayli, 62), Payshao, Vea, Grinvud (Gomesh, 88), Obameyang (Vaz, 90+2)

«Nyukasl Yunayted»: Poup, Sher (Holl, 61), Tshau, Bern, Livramento (Mayli, 61), Tonali, Uillok (Remsi, 72), Gimarayns, Barns, Myorfi (Elanga, 61), Gordon (Voltemade, 72)

Ogohlantirishlar: Balerdi, 3. Bakola, 36. Emerson, 52. Grinvud, 67. Vermeren, 84 – Uillok, 20. Gordon, 42. Bern, 65

«Nyukasl» o‘yinni kuchli boshlab, raqib darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyatlar yaratdi: Heyberg to‘pni darvoza chizig‘i ustidan olib chiqishiga to‘g‘ri keldi. Ammo keyingi hujumda mezbonlar Barnsning jarima maydoni markazidan yo‘llagan zarbasini o‘tkazib yuborishdi. APLdagi oxirgi o‘yinda «Siti» darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan ushbu hujumchi YeChLning joriy mavsumidagi gollari sonini 4 taga yetkazib oldi va u klub afsonasi Alan Shirerning bu boradagi rekordini takrorlash uchun yana ikki gol urishi kifoya.

«Marsel» ham birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi. Natijada ikkinchi bo‘limda Obameyang barcha ishni o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keldi va gabonlik hujumchi besh daqiqa ichida dubl rasmiylashtirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. U fransuzlar jamoasining YeChLda dubl qayd etgan eng katta yoshli futbolchisiga aylandi (36 yoshu 5 oy).

Mourinioda ilk g‘alaba

«Ayaks» – «Benfika» 0:2

Gollar: Dal, 6 (0:1). Barreyru, 90 (0:2)

«Ayaks»: Yarosh, Bas, Shutalo, Vayndal (Mokio, 60), Reger (Moro, 83), Itakura, Teylor, Klassen (Glux, 74), Gods (Fits-Jim, 74), Bunida (Dolberg, 74), Veghorst

«Benfika»: Trubin, Silva, Otamendi, Dal, Dedich, Barrenechea, Rios, Barreyru (Regu, 90+3), Sudakov (Arauju, 81), Eursnes, Pavlidis (Manu Silva, 90+2)

Ogohlantirishlar: Veghorst, 69 – Dal, 74

«Benfika» sentabrda YeChLning 1-turida o‘z maydonida «Qorabog‘»ga yutqazib qo‘ygach, Joze Mourinio qutqaruvchi rolida olib kelingandi, ammo lissabonliklar shundan keyingi o‘yinlarni ham boy berishdi va turnirdagi ilk g‘alabani 5-turga kelib qo‘lga kiritdi. Lekin inqiroz holatidagi «Ayaks»ni ham mag‘lub eta olmaganida, Jozeni ham iste’fo kutayotgandi.

«Benfika» tezkor gol bilan hisobni ochdi: himoyachi Dal raqib jarima maydoni yaqinida hujumni ikkinchi tempda davom ettirib, olis burchakni aniq nishonga oldi. O‘yin oxirida qarshi hujumdan Barreyru ikkinchi golni urdi va portugaliyaliklar ilk ochkolarni o‘z hisobiga yozib qo‘yishdi: endi ularda o‘tish o‘yinlariga chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi, «Ayaks» esa YeChLning bu mavsumida hali birorta ochko qo‘lga kiritmagan yagona klub bo‘lib turibdi. Jon Heytinga iste’foga chiqarilganidan keyin ham vaziyat o‘zgarmayapti, Amsterdam jamoasi turnirdagi beshta o‘yinning barchasida yutqazdi va bu Niderlandiya klublarining YeChLdagi antirekordining takrorlanishi bo‘ldi, 2017 yilda «Feyyenoord» ham shunday noxush seriya qayd etgan.

Belgiya kompleksi

«Galatasaroy» – «Yunion» 0:1

Gol: Devid, 57 (0:1)

«Galatasaroy»: Ugurdjan Chakyr, Sanches, Abdulkarim Bardakchi, Yakobs (Arda Yunay, 53), Sholloi, Sara, Torreyra, Gundo‘g‘an, Barish Yilmaz, Sane, Ikardi

«Yunion»: Sxerpen, Berdjyess, Sayks, Makallister, van de Perre, Zorgan, Nyang (Leysen, 90), Xalaili, Ait al-Hoji (Shofs, 71), Devid (Rodriges, 58), Floruch (Bufal, 71)

Ogohlantirishlar: Gundo‘g‘an, 13. Torreyra, 62. Sanches, 64. Arda Yunay, 79 – Devid, 36. Xalaili, 62

Chetlatish: Arda Yunay, 89 (ikkinchi sariq)

«Galatasaroy» «Yunion» bilan o‘yinda darvoza tomon 15 bor zarba yo‘lladi, ammo Osimhen jarohat tufayli tushmagan o‘yinda vaziyatlarni golga aylantirishning imkoni bo‘lmadi. Holbuki istanbulliklar safida ijrochilar yetarli edi: Sane, Ikardi, Gundo‘g‘an kabi tajribali futbolchilar ilk daqiqalardan o‘ynadi. Ammo Belgiyadan kelgan mehnatkash futbolchilar ikkinchi bo‘lim startida Chaqir darvozasi oldida yaxshi golli kombinatsiya uyushtirishdi va bir gol g‘alaba uchun yetarli bo‘ldi. Enda turnir debyutantlarida o‘tish o‘yinlariga chiqish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Yaqinda «Liverpul»ni mag‘lub etgan turklar esa Belgiya jamoalariga qarshi chora topa olmayapti – to‘qqiz o‘yin va birorta g‘alaba yo‘q.

«Atletik» vaziyatini og‘irlashtirdi

«Slaviya» Praga – «Atletik» 0:0

«Slaviya» Praga: Stanek, Zima, Xaloupek, Mozes, Zafeyris (Xitil, 79), Sadilek, Mbodji (Xolesh, 55), Dudera (Borjil, 55), Sanyang (Kushey, 55), Provod, Xori

«Atletik»: Simon, Vivian, Paredes, Boyro, Areso (Lekue, 79), Ruis de Galarreta (Xauregisar, 64), Rego, Sanset (Sanches, 57), Navarro, Berenger (Uilyams, 57), Guruseta (Gomes, 79)

Ogohlantirishlar: Provod, 15. Xori, 40 – Guruseta, 19. Ruis de Galarreta, 45. Paredes, 86

25 noyabr kuni «Fortuna Arena»da hech narsa ro‘y bermadi. Basklar bu mavsumda shunchaki yomon formada. Jamoa Ispaniya chempionatining oxirgi turida «Barselona»ga 0:4 hisobida yutqazgandi va Pragadagi o‘yinda to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchilarga qarshi o‘yinda vaziyatni o‘nglashi talab etilardi, ammo yakunda bu oqshomning gol urilmagan yagona o‘yini bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, «Atletik» buni omadsizlikka yo‘ya olmaydi: Ernesto Valverde shogirdlari hech bir jabhada mezbonlardan ustunlik qila olmadi. Xavfli vaziyatlar borasida tenglik kuzatildi, to‘pga egalik qilish nisbati bo‘yicha esa ispanlar ortda ham qolishdi.

Umumiy guruh jadvali:



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.

Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.

Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi

Published

on


Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.

Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

Published

on


Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.