Connect with us

Sport

«Siti» yutqazdi, «Barsa»da kambek. Kun o‘yinlari

Published

on


«Siti»da yangi darvozabon qovun tushirdi. «Arsenal» 5 ta javobsiz gol urib, APLda turnir jadvali peshqadamiga aylandi. Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Angliya: «Tottenhem» – mavsum kashfiyoti

«Manchester Siti» – «Tottenhem» 0:2

Gollar: Jonson 35, Palinya 45+2

«Manchester Siti»: Trafford, Ruben Diash, Stouns, Ayt-Nuri (Ake 23), Lyuis, Reynders, Gonsales (Rodri 75), Sherki (Bernardu Silva 54), Marmush (Doku 54), Bobb (Foden 75), Holand

«Tottenhem»: Vikario, Romero, van de Ven, Spens, Porro, Palinya (Danso 90+1), Bentankur, Sarr, Jonson (Solanke 78), Quddus (Bergvall 86), Risharlison (Odober 78)

Ogohlantirishlar: Gonsales 71 – Jonson 34, Romero 68, Risharlison 71, Porro 81

«Manchester Siti» va «Tottenhem» dastlabki turdagi o‘yinlari bilan katta taassurot qoldirgandi. Ikkinchi tur esa «shaharliklar»da qayta qurish davri hamon muammolar bilan kechayotganini ko‘rsatib qo‘ydi. Tarkib hali optimal holatda emasligi inobatga olingan taqdirda ham (Foden va Rodri klublar mundialidagi jarohatidan endi tuzalmoqda, ular faqat zaxiradan maydonga tushishdi, Gvardiol, Kovachich va Savinio esa hamon lazaretda), jamoa oldinga darajasiga qaytishdan ancha yiroq.

Tomas Frank esa «Tottenhem»da o‘z jamoasini muvaffaqiyat bilan qurmoqda. Daniyalik mutaxassis qisqa vaqt ichida Angelos Postekoglu davridagi anarxiyadan butkul xalos bo‘lgan. «Shporlar»ning yangi ustozi Risharlisonni o‘ynatib yubordi, yangi futbolchilar Joau Palinya va Quddus ham jamoaga yaxshi qo‘shilib ketdi, Spens esa chap qanot laterali rolida o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

O‘tgan turda «Vulverhempton»ni safarda yirik hisobda (4:0) mag‘lub etgan «Siti» turnir jadvali peshqadami bo‘lib olgandi, ammo o‘zi uchun noqulay hisoblangan «Tottenhem»ga yana yutqazdi (Gvardiola boshqaruvi davrida 10-mag‘lubiyat). 35-daqiqada Risharlison qanotdan Jonsonga uzatma berdi va u yaqin masofadan Trafford darvozasini ishg‘ol etdi.

Biroz o‘tib «Siti» juda og‘ir ahvolga tushib qolishi mumkin edi, 39-daqiqada Trafford jarima maydoni tashqarisiga chiqib, to‘p uchun kurash chog‘ida Quddusning ko‘krak sohasiga tizzasi bilan zarba berdi, yetmaniga to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Bu holatda bosh hakam darvozabonni maydonda chetlatishga haqli edi, ammo bunday qarorga kelmadi, VAR ham vaziyatga aralashmadi.

Tanaffus arafasida esa ushbu darvozabon baribir jamoasini noqulay ahvolga solib qo‘ydi. U jarima mayoni ichida Sarr tomonidan pressing qilib turilgan Niko Gonsalesga to‘p uzatdi, mehmonlar to‘pni olib qo‘ydi va Palinyaning kuchli zarbasi rikoshet orqali darvoza to‘riga kelib tushdi.

«Shporlar» ikkinchi bo‘limda shu hisobni saqlab qolishdi va ikki o‘yinda yuz foizlik natija (to‘plar nisbati 5:0) qayd etgan holda turnir jadvali peshqadami bo‘lib olishdi. Londonliklar qatorasiga ikkinchi mavsumda «Siti»ni safarda mag‘lub etmoqda. Frank esa bungacha faqat Joze Mourinio va Antonio Konte uddalagan ishni uddaladi. Aynan ushbu mutaxassislar APLda Xosep Gvardiolani turli ikki jamoa boshqaruvida mag‘lub etishgandi.

«Arsenal» – «Lids» 5:0

Gollar: Timber 34, Saka 45+1, Yokeresh 48, Timber 56, Yokeresh 90+5 (pen)

«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Kalafiori (Moskera 64), Timber (Lyuis-Skelli 64), Subimendi, Rays, Edegor (Nvaneri 38), Madueke (Douman 64), Saka (Trossar 53), Yokeresh

«Lids»: Perri, Streyk, Rodon, Gudmundsson, Bogl (Bayram 83), Gruyev. Shtah, Tanaka (Longstaff 58), Nionto (Aaronson 66), Jyeyms (Okafor 66), Piru (Nmecha 58)

Ogohlantirishlar: Bogl 9, Gudmundsson 80.

«Tottenhem» birinchi o‘rinni uzoq vaqt o‘zida saqlab qola olmadi, bir necha soat o‘tib bu o‘rinni «Arsenal» egalladi. Lekin birinchi golgacha «Lids» mudofaasi matonat ko‘rsatib turdi. Ammo 34-daqiqada «kanonirlar» burchak to‘pi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Rays jarima maydoni markaziga uzatma berdi, himoyachi Timber to‘pni darvoza burchagiga yo‘naltirdi. Bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Saka urgan gol esa amalda mehmonlarni taslim qildi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida «Emireyts»da yig‘ilgan muxlislar Yokeresh stilida gol nishonlashdi. Holbuki tanaffus arafasida ko‘pchilik uni qulay imkoniyatdan foydalana olmagani uchun masxara qilayotgandi, ammo shvetsiyalik hujumchi ikkinchi urinishda yangi jamoasidagi ilk golini urganida barcha bu haqda unutdi. Va aynan u o‘yin tugashi arafasida penaltidan dublni rasmiylashtirib, «Arsenal» turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib olishini ta’minladi.

Bu penaltini esa tribunalardagi hayqiriqlar ostida maydonga tushib kelgan Douman ishlab bergandi. Qayd etish kerakki, 15 yoshli debyutant klub rekordini o‘rnata olmadi, chunki Nvaneri APLdagi ilk o‘yinida maydonga tushganida, undan 36 kunga kattaroq bo‘lgan. Nvaneri esa shu kuni birinchi bo‘limdayoq jarohat olgan Edegor o‘rniga tushirilgandi. Va bu Mikel Artetaning ko‘nglini g‘ash qilgan yagona voqea bo‘lib qolmadi, ikkinchi bo‘lim boshida jamoaning yana bir yetakchisi Saka ham jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Ispaniya: «Barsa» o‘z uslubida

«Levante» – «Barselona» 2:3

Gollar: Romero 15, Morales 45+7 (pen) – Pedri 49, Torres 52, Elxesabal 90+1 (avt)

«Levante»: Kunyat, de la Fuente, Elxesabal, Kabello, Sanches (Pampin 75), Tolyan (V. Garsiya 86), Pablo Martines, Rey, Morales (Alvares 59), Bruge (Losada 75), Romero (Espi 75)

«Barselona»: X. Garsiya, Arauxo (Kristensen 76), Kubarsi, Balde (Levandovski 76), E. Garsiya (Kunde 85), Pedri, Kasado (Gavi 46), Rafinya, Reshford (Olmo 46), Yamal, Torres

Ogohlantirishlar: Pablo Martines 45, Morales 46, Pampin 89 – Balde 44

«Barselona» segundadan qaytgan «Levante» maydonida birinchi bo‘limdayoq o‘tkazib yuborgan ikki gol — uikenddagi eng kutilmagan voqea bo‘ldi. Ammo bu hukm emasdi. O‘tgan mavsum davomida ham ko‘k-anorranglilar bir necha bor bunday holatga tushib qolishgan va nafaqat o‘yinni o‘zgartirgan, balki g‘alaba ham qozongandi. Nafaqat «Selta» kabi o‘rtamiyona jamoalar (4:3), balki eng nomdor raqiblar — «Atletiko» (4:2) va «Real» (4:3) ham ushbu jamoaga qarshi ikki gol ustunligi hali hech narsani kafolatlamasligiga amin bo‘lishgandi. Umuman olganda, navbati bilan qahramonlik ko‘rsatish Hansi Flik shogirdlari uchun — odatiy ishga aylanib qolmoqda.

Agar bunga kimdir shubha bilan qarasa, ikkinchi bo‘lim boshidagi yetti daqiqalikka qarasin, kataloniyaliklar shu vaqt oralig‘ida ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarishdi. Mehmonlar safida Gavi va Dani Olmo (ular tanaffusda Kasado va Reshfordni almashtirishdi) hal qiluvchi ishni bajarishdi. Gollarni esa ilk daqiqalardan maydonda bo‘lgan futbolchilar urishdi. Pedri uzoq masofadan yo‘llagan ajoyib zarbasi bilan «to‘qqizlik»ni nishonga oldi, Ferran Torres esa burchakdan to‘p oshirilganida barchadan ildamroq harakat qildi. Bu gollar valensiyaliklarni sindirib qo‘ygandek ko‘ringandi, ammo jamoa o‘yin oxiriga qadar chidab berdi. Qolaversa, Joan Garsiya ham jamoasini qutqarishiga to‘g‘ri keldi. Ammo «Barsa»ning chempionlik sehri hech qayerga yo‘qolmagandi va o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisida Yamalning zarbasidan keyin raqib himoyachisi o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shou bu mavsumda ham davom etadi.

Italiya: Gasperini g‘alaba bilan boshladi

«Sassuolo» – «Napoli» 0:2

Gollar: Maktominey 17, de Bryuyne 57.

«Sassuolo»: Turati. Romanya. Muxaremovich. Doyg (Kande, 81). Valyukevich. Lipani (Fadera, 73). Boloka. Kone. Lorente (Gion, 81). Berardi (Moro, 90). Pinamonti (Perini, 90)

«Napoli»: Meret. Juan Jyezus. Rraxmani. Olivera (Spinatssola, 89). Di Lorenso. Lobotka (Gilmor, 82). Zambo Angissa. De Breyne. Maktominay (Vergara, 89). Politano (Neres, 76). Lukka (Lang, 82)

Ogohlantirishlar: Berardi, 56. Kone, 67 – Lukka, 46

Chetlatish: Kone 79 (ikkinchi sariq).

Amaldagi chempionlar titul himoyasini A seriyaga qaytgan «Sassuolo» maydonidagi o‘yin bilan boshladi. Va g‘alabaga yo‘lni o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi Maktominay boshlab berdi, shotlandiyalik yarimhimoyachi Politanoning uzatmasidan keyin to‘pni darvoza to‘riga to‘g‘rilab yubordi. Ammo o‘yinning asosiy voqeasi — De Bryuynening Italiyadagi premerasi bo‘ldi. U o‘yin boshlanishi bilanoq «Napoli» tarixiga kirdi, uch ochkolik tizimga o‘tilgan davrda hech bir futbolchi bu qadar katta yoshda (34 yil-u 56 kunlik) ushbu klub safida debyut qilmagandi. U o‘z debyutini gol bilan bezadi: belgiyalik yarimhimoyachi jarima zarbasidan uzatma berganida to‘p hech kimga tegmasdan darvoza to‘riga kirib ketdi.

«Milan» – «Kremoneze» 1:2

Gollar: Pavlovich (45+1) – Baskirotto (28), Bonatssoli (61).

«Milan»: Menyan. Gabbia. Pavlovich. Tomori (Chukvueze, 65). Loftus-Chik. Modrich (Yashari, 74). Fofana. Estupinyan (A. Ximenes, 46). Salemakers. S. Ximenes. Pulishich

«Kremoneze»: Audero. Baskirotto. Byanketti (Chekkerini, 83). Terrachchano. Kollocholo. Vandeputte (Payyero, 56). Grassi (Bondo, 56). Petssella. Dzerbin. Okereke (Sanabriya, 65). Bonatssoli (De Luka, 84)

Ogohlantirishlar: A. Ximenes, 78 – Grassi, 48. Terrachchano, 69. Payyero, 77. Bondo, 88

«Yuventus» boshqaruvi vaqtida qo‘llangan diskvalifikatsiyani o‘tab bo‘lgan Massimilano Allegri «San-Siro»da murabbiylik o‘rindig‘iga qaytdi. Uning e’tiborga molik birinchi qarori Modrichni boshlang‘ich tarkibga kiritishi bo‘ldi, ushbu futbolchi tabloda mag‘lubiyatli hisob yonib turganida almashtirilganida ham olqishlar bilan kuzatib qo‘yildi. Xorvatiyalik futbolchi aqlli yurishlari bilan muxlislarning hayratini keltirishda davom etdi, hisob 1:1 holatida esa uning uzoq masofadan to‘sin ostiga yo‘llagan zarbasini darvozabon amallab qaytarib yubordi.

Raqib safida esa himoyachi Baskirottoning o‘yini barchasini hal qildi. Shu yozda «Lechche»dan o‘tgan futbolchi boshda ideal zarba yo‘llab, hisobni ochgandi. Ikkinchi bo‘limda esa uning uzatmasidan keyin Bonatssoli «qaychi» uslubidagi zarbasi bilan g‘alaba golini urdi. «Milan» esa o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirish imkoniyatidan foydalana olmadi. Allegri uchun mavsum oson kechmaydi, elitaga qaytgan «Kremoneze» esa 1982 yil mayidan buyon Milandagi ilk g‘alabasini nishonladi (o‘shanda «Inter» taslim etilgan).

«Roma» – «Bolonya» 1:0

Gol: Uesli (53).

«Roma»: Svilar. N`Dika. Ermoso. Manchini. Kristante. Kone. Anxelino (Rench, 83). Uesli Vinisius. Soule (Dovbik, 74). Al-Sha’roviy (Al-Aynaviy, 61). Fergyuson (Dibala, 74)

«Bolonya»: Skorupski. Kazale (Vitik, 46). Lukumi. Likoyannis. De Silvestri (Zortea, 72). Pobega. Froyler (Bernardeski, 80). Odgor (Fabbian, 72). Kambyagi. Orsolini. Immobile (Kastro, 30)

Ogohlantirishlar: Manchini, 67 – Froyler, 19

Jan Pero Gasperini «Roma»dagi premerasi avvalboshdan o‘ziga xos edi. 67 yoshli mutaxassis uchun bu A seriyadagi 600-o‘yin hisoblanardi va endi u klubda Karlo Matssone (792 o‘yin), Nerio Rokko (747), Jovanni Trapattoni (689) va Nils Lindholm (635) bilan bir davraga kiradi. U ushbu ro‘yxatda mavsum oxiriga qadar to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin. Hozircha esa Rimning sariq-qizil qismi yangi futbolchilari bilan tanishmoqda. Birinchi bo‘limda irlandiyalik hujumchi Fergyuson ajralib turdi, uning boshda yo‘llagan zarbalaridan biri golga aylanishiga bir baxya qoldi. Kristantening zarbasi esa darvoza to‘sinidan qaytdi. Ikkinchi bo‘limda esa shu yozda «Flamengo»dan 25 million yevroga xarid qilingan lateral Uesli Vinisius o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. «Bolonya» esa muvaffaqiyatsizlikni Chiro Immobile safdan chiqqani bilan izohlashi mumkin, tajribali hujumchisi birinchi bo‘limning 30-daqiqasidayoq almashtirildi.

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.

Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.

Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi

Published

on


Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.

Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

Published

on


Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.