Connect with us

Sport

«Siti» Liga kubogi finaliga yaqinlashdi

Published

on


Husanov «Nyukasl»ga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Angliya Liga kubogi. Yarimfinal

«Nyukasl» – «Manchester Siti» 0:2

Gollar: Semenyo 53, Sherki 90+9

«Nyukasl»: Poup, Holl, Botman, Miley, Remsi (Tonali, 69), Tiau, Vissa (Voltemade, 69), Gordon (Elanga, 69), Merfi (Barns, 45+2), Gimaraes, Joelinton

«Manchester Siti»: Trafford, Nunes (Lyuis, 62), Abduqodir Husanov, Alleyn, Ake, O’Rayli (Rodri, 61), Semenyo, Doku (Sherki, 77), Foden (Reynders, 62), Silva, Holand.

Ogohlantirishlar: Joelinton 31, Gimaraes 76 – O’Rayli 31, Nunes 39, Silva 73, Lyuis, 83

Angliya ligasi kubogida to‘rt ishtirokchi qolgan. Bu bosqichda ikkitadan o‘yin o‘tkaziladi – jamoalar uyda va safarda o‘ynaydi. 13 yanvar oqshomida «Sent-Jyeyms Park» o‘yingohida «Nyukasl» va «Manchester Siti» o‘rtasida yarimfinalning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar o‘yinni faollik bilan boshladi va oltinchi daqiqadayoq qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Yoan Vissa mehmonlar darvozaboni Jyeyms Trafford bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo yaxshi pozitsiyadan zarba berganiga qaramay, to‘pni darvoza to‘sini yuqorisidan o‘tkazib yubordi.

Umuman olganda, birinchi bo‘limning katta qismini jamoalar ehtiyotkorlik bilan o‘tkazishdi. Bo‘lim oxirida «Nyukasl» jarohat tufayli Jyeykob Myorfidan ayrildi. Uning o‘rniga maydonga Harvi Barns tushirildi. Tanaffusdan keyin ham Eddi Hau shogirdlari ikkita juda yaxshi vaziyatga ega bo‘lishdi. Avvaliga Trafford ajoyib reaksiya ko‘rsatdi va Vissaning boshda yo‘llagan zarbasidan keyin to‘sin ostidan kirib ketayotgan to‘pni to‘xtatdi. Biroz o‘tib esa Bruno Gimaraynsning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga bordi.

Javob hujumida esa «Siti» hisobni ochdi. Jyeremi Doku chap qanotda reyd uyushtirib, to‘pni markazga oshirdi, Bernardu Silva esa bir teginishda uni olis ustun tomon yo‘naltirdi, u yerda paydo bo‘lgan Antuan Semenyo osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi – 1:0. «Manchester Siti»ning yangi futbolchisi qatorasiga ikki o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ymoqda. Yanvarning dastlabki haftasida «Bornmut»dan transfer qilingan ushbu futbolchi bir necha kun oldin Angliya Kubogi doirasida «Ekseter Siti»ga qarshi o‘yinda (10:1) debyut qilib, bir gol va bir golli uzatma muallifiga aylangandi.

Keyinroq Semenyo ikkinchi bor «Nyukasl» darvozasini ishg‘ol etdi. Bu safar ganalik hujumchining akrobatik zarbasidan urilgan gol bekor qilindi. Hakamlar epizodni uzoq tekshirishdi va yakunda to‘p yo‘lida turib qolgan Erling Holandda ofsayd holatini qayd etishdi.

Shundan keyin «Nyukasl»da navbatdagi yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Ammo Sandro Tonalining zarbasiga aniqlik yetishmadi. O‘yin oxirida esa Rayan Sherkining zarbasidan keyin Nik Poup qahramonlik ko‘rsatdi. «Manchester Siti» futbolchisining o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasi rikoshet orqali golga aylanishi mumkin edi. Ammo «Nyukasl» darvozaboni oyoqlari bilan to‘pga ulgurdi.

Arbitr o‘yinning asosiy vaqtiga to‘qqiz daqiqa qo‘shib berdi. «Nyukasl» hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo Nik Voltemade qanotdan oshirilgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘llay olmadi. Mezbonlar o‘z vaziyatlarini yo‘qqa chiqardi, «Siti» esa yana bir bor raqibni jazoladi. Bu safar Rayan Ayt-Nuri qanotdan Sherkini to‘p bilan ta’minladi, u esa to‘pga bir teginishda Poupni dog‘da qoldirdi.

«Siti» safarda g‘alabaga erishdi va Angliya liga kubogi finaliga yaqinlashdi. Javob o‘yini fevralda «Etihad»da bo‘lib o‘tadi. Yarimfinalning ikkinchi juftligini tashkil etgan «Arsenal» va «Chelsi» o‘rtasidagi birinchi o‘yin esa 14 yanvar oqshomiga belgilangan.

Tarkibdagi jarohatlar tufayli (Gvardiol va Ruben Diash) asosiy tarkibga qaytgan Abduqodir Husanov esa Pep Gvardiolaning ishonchini oqlamoqda. U «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda eng yuqori baholangan futbolchi bo‘ldi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.

Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.

Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi

Published

on


Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.

Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

Published

on


Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.