Sport
Sindorov Karuanani ham mag‘lub etib, Nomzodlar turnirida yaqqol peshqadamga aylandi
Asosiy raqobatchisi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘zbekistonlik shaxmatchi 4 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni mustahkamladi. Bundan tashqari, ushbu g‘alaba evaziga u FIDE reytingida 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Foto: Michal Walusza / FIDE
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 1 aprel kuni Nomzodlar turnirining 4-turida amerikalik Fabiano Karuana ustidan g‘alaba qozondi.
Oq donalarda o‘ynagan Sindorov ushbu raqibga qarshi juda yaxshi tayyorlanganini namoyish etdi – u Karaunaning debyutdagi yurishlarini oldindan topdi (uning o‘zi bahsdan keyin raqibning 16-yurishgacha bo‘lgan harakatlarini oldindan bilganini aytdi) va buning evaziga vaqt borasida katta ustunlikka ega bo‘ldi. Amerikalik shaxmatchi esa yurishlarni o‘ylash uchun juda ko‘p vaqt sarflab yubordi va yakunda kuchli seytnot holatiga tushib qolib, soatida atigi 48 soniya qolganida taslim bo‘ldi – bu vaqtda Sindorovning zaxirasida 42 daqiqadan ko‘proq vaqt bor edi.
O‘zaro uchrashuv arafasida ikki shaxmatchi bir xil – 3 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg‘argan holda qo‘shpeshqadamlik qilib turgandi. Asosiy raqobatchisi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘zbekistonlik shaxmatchi 4 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘argan holda musobaqaning yakka peshqadamiga aylandi.
U turnir startida rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etgan, 2-turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang qayd etgan, 3-turda esa turnir favoritlaridan biri, hindistonlik Rameshbabu Pragnanadhadan ham ustun kelgandi.
Bundan tashqari, navbatdagi g‘alaba evaziga Sindorov onlayn FIDE reyting jadvalida 5 pog‘ona yuqorilib, 2759,2 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Kiprning Pafos shahrida 29 mart kuni boshlangan 2026 yilgi Nomzodlar turniri 15 aprelgacha davom etadi. Unda jahonning sakkiz nafar nomdor shaxmatchilari ishtirok etmoqda. Javohir Sindorov ushbu turnirga yo‘llanma olgan ilk o‘zbekistonlik hisoblanadi.
Turnirda shaxmatchilar ikki davrada jami 14 partiya o‘ynashadi, ya’ni oldinda yana 10 tur bor. G‘olib pul mukofotlaridan tashqari (g‘oliblik uchun 48 ming yevro beriladi, shuningdek, har bir ishtirokchi jamg‘argan har yarim ochkosi uchun 3500 yevrodan oladi) amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaradju Gukeshga qarshi shaxmat toji bahs olib borish huquqini qo‘lga kiritadi.
Turnirda 2 aprel dam olish kuni. Beshinchi tur 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Javohir Sindorov qora donalarda amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi.
Sport
Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida yetakchilikni qo‘lga oldi
Joriy yilning, 28-mart – 16-aprel kunlari Kiprning Pafos shahrida «Jahon toji» uchun FIDE Candidates Tournament 2026 nufuzli xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan iqtidorli shaxmatchi Javohir Sindarov (reyting 2 745) yuqori saviyada ishtirok etib, chempionlik uchun kurash olib bormoqda.
Turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi jahon toji uchun rasmiy match o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.
1-aprel kuni o‘tkazilgan 4-tur bahslari turnir jadvalida muhim burilish yasadi. Ushbu turda Javohir Sindarov AQSh vakili Fabiano Caruanani 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa peshqadamiga aylandi.
4-turdan so‘ng natijalar quyidagicha:
1-o‘rin – Javohir Sindarov – 3,5 ochko
2-o‘rin – Fabiano Karuana – 2,5 ochko
3–5-o‘rinlar – Anish Giri, Rameshbabu Pragnanandha, Mattias Blyubaum – 2 ochkodan
6–7-o‘rinlar – Hikaru Nakamura, Vey I – 1,5 ochkodan
8-o‘rin – Andrey Yesipenko – 1 ochko
Navbatdagi 5-turda Javohir Sindarov qora donalarda Hikaru Nakamuraga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 3-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Sport
Abduqodir Husanov «Siti»da oy o‘yinchisi deb topildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov mart oyida «Manchester Siti» ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Muxlislar tomonidan ovoz berish natijasiga ko‘ra o‘zbekistonlik futbolchi raqiblari Rodri va Jeremi Dokuni ortda qoldirdi.
Klub Xusanov ajoyib oy o‘tkazganini, o‘zining ajoyib fidoyiligini namoyish etganini va dinamik himoyaviy o‘yini tufayli muxlislar sevimlisiga aylanganini ta’kidladi.
Husanov 2026-yilda «Etihad» ning «Oyning eng yaxshi o‘yinchisi» unvonini ikkinchi marta qo‘lga kiritdi: u ilgari yanvar oyida ham jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.
Bu mavsumda Husanov «Manchester Siti» safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi, jumladan, 15 marta Premer-ligada, besh marta Chempionlar Ligasida va kubok musobaqalarida o‘ynadi. Jami 800 daqiqadan ortiq o‘yin o‘tkazdi.
Sport
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da ikkinchi marta oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
O‘zbekiston milliy jamoasining 22 yoshli futbolchisi muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yarimhimoyachi Rodri va vinger Jyeremi Dokuni ortda qoldirdi.
Himoyachi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning mart oyi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O‘zbekiston milliy jamoasining 22 yoshli futbolchisi muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yarimhimoyachi Rodri va vinger Jyeremi Dokuni ortda qoldirdi.
Husanov ikkinchi marta shunday sovrinni qo‘lga kiritmoqda – avvalroq u jamoaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
O‘tgan oyda Husanov barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan 5 tasini asosiy tarkibda boshladi. Shuningdek, Husanov Angliya Liga Kubogida zafar quchdi. 22 mart kuni Abduqodir finalda «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (2:0) to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir «shaharliklar» safiga 2025 yil yanvarida Fransiyaning «Lans» klubidan ko‘chib o‘tgan va ayni paytda Pep Gvardiola jamoasining asosiy himoyachilaridan biriga aylanib ulgurdi.
Sport
Iroq JChning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
Iroq milliy jamoasi qit’alararo pley-offda Boliviyani mag‘lub etib, JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 48 jamoa nomi va guruhlar tarkibi to‘liq aniq bo‘ldi.
Toshkent vaqti bilan 1 aprel kuni Meksikada Iroq va Boliviya milliy jamoalari qit’alararo pley-off finalida jahon chempionatiga oxirgi yo‘llanma uchun maydonga tushishdi. O‘yin Osiyo jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
JCh-2026 — Qit’alararo pley-off. Final
Iroq — Boliviya — 2:1
Gollar: Ali al-Hamadiy 10 (1:0), Moyzes Paniagua 38 (1:1), Ayman Hussayn 53 (2:1)
O‘yinning 10-daqiqasida Ali Al-Hamadi hisobni ochdi. Tanaffusga yetti daqiqa qolganida Moyses Paniaguaning sa’y-harakatlari bilan boliviyaliklar hisobni tenglashtirishdi. 53-daqiqada esa Ayman Hussayn yana Osiyo jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Qolgan vaqt davomida janubiy amerikaliklar to‘liq ustunlikka erishgan bo‘lishsa-da, hisobni tenglashtira olishmadi va jahon chempionatidan qolib ketishdi.
Iroq esa Osiyoning jahon chempionatiga yo‘llanma olgan to‘qqizinchi vakili bo‘ldi. Bungacha qit’adan Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, O‘zbekiston, Iordaniya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni va BAA yo‘llanmani kafolatlagan edi.
Endi iroqliklar milliy jamoasi mundialda Fransiya, Senegal va Norvegiya bilan bir guruhdan joy oladi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa ishtirok etadi.
Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 48 jamoa nomi va guruhlar tarkibi aniq bo‘ldi:
Sport
Kongo DR Yamaykani mag‘lub etib, O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy oldi
JCh-2026 qit’alararo pley-off bosqichining hal qiluvchi bahsida Kongo DR terma jamoasi Meksikaning Gvadalaxara shahrida Yamayka bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 100-daqiqasida afrikaliklar himoyachisi Aksel Tuanzebe burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Ushbu yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi va Kongo DRga 52 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.
Shu tariqa, Kongo DR JCh-2026ning «K» guruhidan joy oldi va u yerda O‘zbekiston, Portugaliya hamda Kolumbiya terma jamoalari bilan kurashadi.
Qit’alararo pley-off
Kongo DR — Yamayka — 1:0
Gol: Tuanzebe, 100.
Kongo DR tarkibi: Mpasi-Nzau, Van-Bissaka, Mbemba, Tuanzebe, Masuaku, Elia, Sadiki, Moutoussami, Mbuku, Bakambu, Vissa.
-
Dunyodan4 days agoOrmuz boʻgʻozi taqdirini hal qiluvchi yetti orol
-
Dunyodan5 days ago
Prezident Tramp Hormuz boʻgʻozini ochish haqidagi soʻrovni yana keyinga qoldirdi
-
Turk dunyosi5 days agoBangladesh va Turkiya axborot almashish memorandumi boʻyicha umumiy kelishuvga erishdilar
-
Siyosat3 days agoOʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha qoʻshma ishbilarmonlar kengashi tuzildi
-
Sport4 days agoEronlik futbolchilar Minob qurbonlarini xotirladi
-
Dunyodan3 days ago
AQShda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi
-
Jamiyat4 days ago
Shaxsga doir muhim ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shartligi belgilandi
-
Jamiyat4 days ago
Soliqdan qarzdor fuqaroning qimmatbaho avtomashinasi xatlandi
