Jamiyat
Shayxontohurda Beltepa ko‘chasidagi xonadonda yong‘in: jabrlanganlar yo‘q
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi Beltepa ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar FVBB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan.
16 fevral kuni soat 20:51 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Beltepa ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 20:54 da yetib borgan va yong‘in o‘chirish ishlari olib borilgan. FVBB ma’lumotida vaziyat to‘liq nazoratga olingani qayd etilgan.
Qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, yong‘in soat 21:29 da qurshab olingan va soat 21:38 da to‘liq o‘chirilgan.
Toshkent shahar FVBB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.