Dunyodan

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 4829 kishiga yetdi

Published

on


24-iyun kuni Venesuelada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 4829 nafarga yetdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 16 740 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, 17 907 kishi boshpanasiz qolgan. Tabiiy ofat natijasida 190 ta bino butunlay vayron bo‘lgan, yana 856 ta bino jiddiy zarar ko‘rgan.

Qutqaruv guruhlari 6462 kishini qutqardi. 34 872 jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 128 324 oilaga insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. Hozirda 106 ta vaqtinchalik evakuatsiya punktlarida 20 857 kishi joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Venesuelada 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila 40 soniya oralig‘ida sodir bo‘lgan edi. Zilzila epitsentri Yaraqui provinsiyasida bo‘lib, o‘shandan beri 1284 ta yer silkinishi qayd etilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version