Connect with us

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Published

on


16-sentyabr, seshanba kuni AQSh Kongressida «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning mazkur majmuada tashkil etilgani ushbu taqdimotga bo‘lgan yuqori e’tibor va siyosiy ahamiyatni yanada oshirdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi muloqotning eng yuqori institutsional darajada mustahkamlanayotganidan dalolat bermoqda.

Taqdimotda Amerika tomonidan 70 dan ziyod mehmonlar – Davlat departamenti, Kongress xodimlari, yetakchi tahlil markazlari rahbarlari, biznes, ilm-fan, madaniyat va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Rasmiy qismni O‘zbekistonning AQShdagi Elchisi Furqat Siddiqov hamda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ochib berdi.

Ular o‘z nutqlarida Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarning yangi davri amalga oshirilayotganini ta’kidlab, mazkur kitob ushbu taraqqiyot yo‘lini o‘zida tahliliy aks ettirganini qayd etdi.

\

Shuningdek, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi birinchi o‘rinbosari, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov hamda senator Husan Ermatov so‘zga chiqib, hozirgi kundagi islohotlar tizimli va qamrovli tusga ega ekanini, ular mamlakatning mutlaqo yangi qiyofasini shakllantirayotganini ta’kidladi.

Tadbir ishtirokchilariga kitobning mazmuni haqida batafsil ma’lumot berildi. Kitob muallifi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov haqida xorijiy mehmonlarga ma’lumot berildi. Kitobda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari yoritilgan bo‘lib, ularning mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan.

Shuningdek, so‘zga chiqqan AQShning yetakchi akademik almashinuv muassasalaridan biri hisoblangan “American Councils” prezidenti Liza Choat o‘z nutqida Prezident Sh.M.Mirziyoyev siyosatining asosiy tamoyili ta’lim va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ushbu sohada misli ko‘rilmagan institutsional va qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida xalqaro akademik almashinuvi sifat jihatdan yangi bosqichga chiqqanligini aytib o‘tdi.

“Caspian Policy Center” tahliliy markazi ijrochi direktori Efgan Nifti o‘z chiqishida kitob O‘zbekistondagi islohotlar mohiyatini chuqurroq anglash imkonini berayotganini qayd etdi.

U O‘zbekiston Rahbarining demokratik institutlarni mustahkamlash va faol tashqi siyosat yuritishga qaratilgan sa’y-harakatlari mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, mintaqaviy hamkorlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

“Amerika – O‘zbekiston Savdo palatasi” ijrochi direktori Yelena Son o‘z nutqida O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilgan keng qamrovli o‘zgarishlarni alohida e’tirof etdi. “Biznes muhitini liberallashtirish, investitsiyalar jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, yuqori qiymatli mahsulotlar eksportini kengaytirish kabi sa’y-harakatlar milliy iqtisodiyotga yangi nafas bag‘ishladi va uni jahon bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirdi”, – deb urg‘uladi.

Bu esa Amerika kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochayotganini, xususan, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va aviatsiya sohalarida loyihalarga qiziqish ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

“Boeing” aviaqurilish korporatsiyasining sotuvlar bo‘yicha direktori Mario Ebkim O‘zbekiston bilan hamkorlikning strategik ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

U Prezident tomonidan transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va aviatsiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan harakatlar yangi loyihalarni amalga oshirish, aviaparkni yangilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun katta imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi.

«Diplomatic Watch» tahliliy jurnali ijrochi direktori Vinsent Gotevbe Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosatiga berilayotgan ustuvor ahamiyatni yuqori baholadi. Uning fikricha, O‘zbekistonda yoshlar davlatning strategik zaxirasi sifatida ko‘rilmoqda va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ishonch bilan qarashga asos yaratadi.

Taqdimot doirasida AQSh rasmiylari, ekspertlar va biznes vakillari ishtirokida mazmunli muloqot ham bo‘lib o‘tdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyati va ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Kitobning elektron nusxalari Kongress, tahliliy markazlar hamda Vashingtondagi siyosiy qaror qabul qilish jarayonlariga ta’sir ko‘rsata oladigan doiralarga keng tarqatildi.

Tadbir shuningdek, O‘zbekistonning AQShdagi ijobiy imijini yanada mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali ommaviy diplomatiya namunasi sifatida baholandi.

AQSh Kongressi binosida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish va yuqori baholash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

«Diplomatic Watch» tahliliy jurnali ijrochi direktori Vinsent Gotevbe Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosatiga berilayotgan ustuvor ahamiyatni yuqori baholadi. Uning fikricha, O‘zbekistonda yoshlar davlatning strategik zaxirasi sifatida ko‘rilmoqda va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ishonch bilan qarashga asos yaratadi.

Taqdimot doirasida AQSh rasmiylari, ekspertlar va biznes vakillari ishtirokida mazmunli muloqot ham bo‘lib o‘tdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyati va ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Kitobning elektron nusxalari Kongress, tahliliy markazlar hamda Vashingtondagi siyosiy qaror qabul qilish jarayonlariga ta’sir ko‘rsata oladigan doiralarga keng tarqatildi.

Tadbir shuningdek, O‘zbekistonning AQShdagi ijobiy imijini yanada mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali ommaviy diplomatiya namunasi sifatida baholandi.

AQSh Kongressi binosida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish va yuqori baholash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Manba



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Samarqandda 2 gektar yerni 490 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Published

on


Samarqand shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs yer uchastkasini noqonuniy sotishga urinishda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro bilan til biriktirgan. Ular mazkur fuqaroning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonini sotishni rejalashtirgan.

Shaxs xaridorga ushbu yerni 490 ming AQSh dollariga sotishini, shuningdek mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda 1993-yilda tug‘ilgan shaxs 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, yer uchastkalarini ajratish va sotish faqat qonun doirasida amalga oshirilishi kerak. Xususan, barcha jarayonlar faqat «E-AUKSION» elektron savdo platformasi orqali shaffof va rasmiy tarzda o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Andijonda attraksion quladi: kamida 7 kishi jarohatlangan

Published

on


Yakshanba kuni «Bog‘ishamol» dam olish majmuasida ichida odamlar bo‘lgan attraksion qulab tushdi. Guvohlar kamida 7 kishi jarohatlanganini aytmoqda. Andijon viloyat FVB hodisani tasdiqladi va 2 kishiga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Andijon viloyatida joylashgan Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog‘ida (“Bog‘ishamol“) zanjir uzilib ketishi natijasida, ichida odamlar bo‘lgan attraksion qulab tushdi.

Ijtimoiy tarmoqlar hodisadan keyin attraksionni qismlari yerda sochilib yotgani aks etgan videolar tarqaldi. Guvohlarning Kun.uzʼga xabar qilishicha, baxtsiz hodisa natijasida kamida 7 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, tarmoqlarda «attraksionlarga chiqishda hushyorlikka chaqirib, ularning ko‘plari tekshiruvdan o‘tkazilmagani» aytiladi.

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 26 aprel kuni ushbu bog‘ hududida attraksionlarning birining temir konstruksiyasi singanini tasdiqladi. Rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida «2 fuqaro yengil tan jarohati olgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan».

Andijon viloyati FVB baxtsiz hodisa sabablari haqida ma’lumot bermagan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi

Published

on


Toshkent viloyatida favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs tadbirkordan katta miqdorda pul talab qilgani aniqlandi. U tuman hududidan oqib o‘tuvchi uchta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va beton plitali yo‘l o‘tkazgichlari qurishga oid umumiy qiymati 5,04 mlrd so‘mlik shartnomalarni olib berganini ro‘kach qilgan.

Mazkur shartnomalarni go‘yoki vazirlikdagi hamkasblari orqali mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga rasmiylashtirib berganini aytgan mansabdor, korxona rahbaridan 63 ming AQSh dollari miqdorida «ulush» talab qilgan.

2026-yilning mart-aprel oylarida u ushbu mablag‘ning 24 ming dollarini olgani ham ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik esa tadbirkordan qolgan 39 ming dollarni ham berishni talab qilishda davom etgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda mansabdor talab qilingan pulning navbatdagi qismi — 25 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat uning «Tracker» rusumli xizmat avtomashinasida sodir bo‘lgani qayd etildi.

Tezkor tadbir davomida u ashyoviy dalillar bilan ushlangani rasman tasdiqlandi. Bu holatda pul mablag‘larining aynan talab qilingani va olingani hujjatlashtirildi.

Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov organlari tomonidan barcha holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda ikki qizga zo‘ravonlik qilgan vaqtinchalik vasiy ayolga chora ko‘rildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan Samarqandda ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik holati fosh etildi. Voqea Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik holati aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21-aprel kuni fuqaro M.S. o‘zining vaqtincha vasiyligida bo‘lgan 2019-yilda tug‘ilgan B.D. va 2017-yilda tug‘ilgan B.M.ga nisbatan turli shaklda tazyiq o‘tkazgan. U bolalarning xorijda bo‘lgan onasi D.M.dan pul undirish maqsadida zo‘ravonlik qilgani va bu holatni videoga olgani qayd etilgan.

Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakil joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi va bolalarni himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tuman vasiylik organi — «Inson» markazi mas’ullari tomonidan M.S. vasiylik vazifasidan chetlatildi. Bu qaror bolalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

Shuningdek, bolalarga yetkazilgan tan jarohatlari darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu jarayonda barcha holatlarga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan qizlarning ruhiy holatini barqarorlashtirish maqsadida psixolog jalb qilingan. Hozirda ular tumandagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Shu bilan birga, yashash hududiga yaqin maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga rasmiylashtirilib, ta’lim olish huquqlari tiklandi.

Ayni paytda xorijda bo‘lgan onaning o‘z ota-onalik majburiyatlarini qay darajada bajarayotgani ham o‘rganilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur ish bo‘yicha kuzatuvni davom ettirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«maqsadli omonat» tizimi joriy etiladi

Published

on


O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlashni rag‘batlantirish maqsadida ipoteka bozorida yangi mexanizm — «maqsadli ipoteka omonati» amaliyotini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tashabbus Prezidentning 2026-yil 24-fevraldagi PF–29-son farmoni ijrosi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2026-yil 1-iyuldan boshlab tajriba-sinov tarzida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi tizimning asosiy g‘oyasi — aholining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini uy-joy xaridiga yo‘naltirish. Fuqarolar ipoteka krediti olishdan oldin maxsus omonat hisobvarag‘ida mablag‘ jamg‘aradi. Bu mablag‘lar keyinchalik dastlabki badalni shakllantirishda ishlatiladi.

Bunda:
– tijorat banklarida maxsus omonat hisoblari ochiladi;
– omonatlarga bozor stavkalarida foiz hisoblanadi;
– davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi;
– jamg‘arilgan mablag‘lar ipoteka krediti uchun maqsadli yo‘naltiriladi.

Yangi mexanizm ikki tomonlama samara beradi. Birinchidan, fuqarolar uchun uy-joy sotib olish imkoniyati kengayadi – chunki ular oldindan mablag‘ jamg‘arib, kredit yukini kamaytiradi. Ikkinchidan, banklar uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar bazasi shakllanadi.

 Dastlabki badalning bir qismi davlat subsidiyasi hisobidan qoplab berilishi, ipoteka foizlarining ma’lum qismiga ham kompensatsiya berilishi (5 yilgacha) hamda fuqaro uy olmasa, omonat mablag‘lari foizlari bilan qaytarilishi kabi shartlar qo‘shimcha imkoniyatlar sifatida taqdim qilinmoqda.

 «Maqsadli ipoteka omonati» tizimi ipoteka bozorida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. U nafaqat aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi, balki ichki moliyaviy resurslarni iqtisodiyotga jalb qilish orqali umumiy iqtisodiy barqarorlikni ham mustahkamlaydi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.