Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini 19-dekabr kuni Tokioda imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda Yaponiya Imperatori Prezident Mirziyoyevni samimiy qutlab, ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashda muhim bosqich ekanini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qaytarib bo‘lmaydigan islohotlarni Yaponiya izchil qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Ikki davlat rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi geografik uzoq masofaga qaramay, ikki mamlakatni mentalitet, an’analar va oilaviy qadriyatlardagi o‘xshashlik, shuningdek, ularning ildizlari Buyuk Ipak yo‘li davriga borib taqaladigan tarixiy rishtalar birlashtirib turishini ham ta’kidladilar.

Ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, ta’lim, inson kapitalini rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlar yo‘nalishlarida izchil kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. Bugungi kunga qadar 3000 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassislar Yaponiyada malaka oshirish dasturlarini tamomlagan, 440 dan ortiq stipendiya dasturlari orqali oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, O‘zbekistondagi yettita universitetda yapon tili o‘qitilmoqda.

Ushbu tashrif doirasida Tokioda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kelgusi yilda Yaponiyaning bir qancha shaharlarida O‘zbekiston madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan arxeologik ko‘rgazmalar tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version