Connect with us

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev xitoylik yetakchi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida amaliy hamkorlikni kengaytirish, energetika sohasida zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yechimlarini joriy etishga qaratilgan o‘zaro manfaatli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda loyihalar amalga oshirishga qiziqishi ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Birgina joriy yilda Xitoydan 15 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan, qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli esa qariyb 90 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Ko‘p qirrali hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida energetika sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Xitoylik sheriklar ishtirokida umumiy quvvati qariyb 10 gigavatt, qiymati 9 milliard dollardan ortiq 30 dan ziyod loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugun qo‘shimcha ravishda qariyb 2 milliard dollarlik 14 ta loyiha ishga tushirildi.

“China Datang” kompaniyasi prezidenti Djou Yuanlong bilan mavjud fotoelektr stansiyalarini kengaytirish, yangilarini qurish va qo‘shimcha saqlash quvvatlarini barpo etish rejalari muhokama qilindi.

Kompaniyaning kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini ochish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilikda qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

“China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi rahbari Syu Lyu bilan suhbatda mamlakatimiz hududlarida quyosh elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlarini qurish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

Muqobil energetika va yuqori kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

“Sinoma Energy” kompaniyasi raisi Men Sinlin shamol elektr stansiyasi hamda shamol turbinalari uchun parraklarni mahalliylashtirish uchun zavod qurilishining borishi haqida axborot berdi. Shuningdek, kimyo va qurilish sanoatida chiqindilarni tozalash bo‘yicha kompaniya taklif etayotgan texnologik yechimlar yuzasidan fikr almashildi. Ushbu loyihalarga doir ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

“Universal Energy” kompaniyasi bosh direktori Nan Yi bilan mamlakatimiz hududlarida shamol elektr stansiyalari qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi.

“China General Technology” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Kan Xubyao bilan yangi ishga tushirilgan kogeneratsiya stansiyasini samarali ishlatish muhokama qilindi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi investitsiya faoliyatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Davlatimiz rahbari “Poly Changda Engineering” kompaniyasi bosh direktori Myao Szechunning kelgusi yilda bugun ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyasining mantiqiy davomi sifatida energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Baxtiyor Saidov Eron TIV rahbari bilan gaplashdi: tafsilotlar

Published

on


TIV rahbari Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. 

Suhbat davomida Yaqin Sharqdagi ziddiyatni yakunlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonining so‘nggi bosqichlari yuzasidan ma’lumot olingan hamda mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekistonning mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, muloqotni davom ettirish va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligini qayd etildi. 

«Shuningdek, O‘zbekiston–Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilib, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldik», deya ta’kidlaydi Saidov. 



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Savdo vakili Jeymison Grini qabul qildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni AQSh Savdo vakili Jeymison Greerni qabul qildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish, iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv avvalida AQSH delegatsiyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va tabriklarini yetkazdi.

Muhokamalarda asosiy e’tibor o‘zaro savdo va sarmoyalarning barqaror o‘sishiga qaratildi, har ikki tomon ham ishbilarmonlar o‘rtasidagi qoniqarli aloqalar ko‘payib borayotganini ta’kidladilar. Davlat rahbarlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yaqinda AQSH ishbilarmonlari bilan oʻtkazilgan davra suhbatlarining amaliy natijalarini koʻrib chiqdilar.

Muzokaralarda asosiy e’tibor O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoniga qaratildi. Prezident Mirziyoyev va Amerika Qoʻshma Shtatlari Savdo vakili idorasi mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini ragʻbatlantirishda Qoʻshma Shtatlarning doimiy qoʻllab-quvvatlashi va hamkorligini muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar Amerika-O‘zbekiston biznes va sarmoyaviy kengash imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish muhimligini ta’kidladilar. Bu mexanizm endilikda Amerika kompaniyalari va Oʻzbekiston hamkorlari oʻrtasida yangi loyiha tashabbuslarini aniqlash, ishlab chiqish va ilgari surish uchun asosiy platforma boʻlib xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vazirini qabul qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toni Bler Yangi O‘zbekistondagi izchil va keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlariga yuksak baho berdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi yurtimiz investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali xalqaro maydon bo‘lgani e’tirof etildi.

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, jumladan, ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy qilish kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan muloqot o‘tkazdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhim ekanini ta’kidladilar.

Amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida yuqori sur’at bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajadagi faol almashinuvlar alohida e’tirof qilindi. Yetakchilar ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sheriklik kun tartibini yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini olqishladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident bugun Namanganga tashrif buyuradi

Published

on


Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlat rahbari joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar va joriy qilingan ilg‘or yechimlar bilan tanishadi.

Shuningdek, Xalqaro maqom festivalining ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.