Connect with us

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti birinchi sammitida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Published

on


20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining birinchi sammitida ishtirok etdi.

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya o‘rtasida «yashil iqtisodiyot» va barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, inson resurslarini rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida bundan 20 yil muqaddam aynan kunchiqar yurt ilk bor «Markaziy Osiyo plyus» muloqotining tashabbuskori bo‘lganini qayd etdi. Buyuk ipak yo‘li davridan rivojlana boshlagan yaqin savdo va madaniy aloqalar, o‘xshash an’ana va urf-odatlar, ma’naviy, madaniy va oilaviy qadriyatlar Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos hisoblanadi.

– Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan keyingi davr mobaynida Yaponiya ishonchli hamkorimiz bo‘lib kelayotganini, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, infratuzilma, sanoat va energetika bazasini modernizatsiya qilish, fan va ta’lim hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotganini yuksak qadrlaymiz. Shu sababli Markaziy Osiyo davlatlari Yaponiyaning mintaqa hayotida yanada keng va faol ishtirok etishidan manfaatdor, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mintaqa tabiiy resurslarga boyligi, jahondagi transport, savdo va energetika yo‘nalishlari chorrahasida joylashgani, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining jadal sur’atlarda o‘sayotgani hamda bu yerda kechayotgan yaqinlashish va integratsiyaning faol jarayonlari Yaponiya bilan kooperatsiya uchun qulay sharoit yaratmoqda.

– Ishonchim komil, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yangi marralarga erishamiz. Donishmand yapon xalqi aytganidek, agar kuchlar birlashtirilsa, tog‘larni ham o‘z o‘rnidan siljitish mumkin, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Prezidentimiz sammit kun tartibiga o‘tar ekan, «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi.

Avvalo, sammitlarni davlat rahbarlari darajasida har ikki yilda bir marta o‘tkazish taklif qilindi. Bu hamkorlikka qo‘shimcha kuchli sur’at bag‘ishlashga xizmat qiladi. Navbatdagi shunday uchrashuvlardan birini O‘zbekistonda qabul qilishga tayyorlik bildirildi.

Yaponiyaning adliya va huquq sohasida hamkorlik bo‘yicha yangi doimiy mexanizmini yaratish va kelgusi yili Tokioda adliya vazirlarining birinchi uchrashuvini tashkil etish borasidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston «Markaziy Osiyo – Yaponiya 2040» hamkorlik strategiyasini ishlab chiqib, hujjatga mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish va ularni global iqtisodiy jarayonlarga chuqur integratsiya qilish bo‘yicha aniq dastur va loyihalarni kiritish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Yangi g‘oya va takliflarni ishlab chiqish, hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini shakllantirish uchun mamlakatlarimizning yetakchi tahlil tuzilmalari ishtirokida Ekspertlar forumini ta’sis etish muhimligi ta’kidlandi. Forumning ilk majlisini kelgusi yili Toshkentda o‘tkazish taklif qilindi.

O‘zbekiston yetakchisi Yaponiya moliya institutlarining Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishini olqishladi.

– Ishonaman, Markaziy Osiyoning boy tabiiy va kadrlar resurslarini Yaponiyaning sanoat va texnologik salohiyati bilan birlashtirib, bir-birimizni to‘ldirish va kuchaytirish bo‘yicha samaraga erisha olamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan Markaziy Osiyoning infratuzilmasi va sanoatini rivojlantirish investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish taklif qilindi. Uning negizida «Sifatli infratuzilma» bo‘yicha dastur hamda Yaponiya texnoparklarining Markaziy Osiyo tarmog‘i – sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish va texnologiyalar transferi mintaqaviy platformasini ishga tushirish mumkin.

Bugun raqamli transformatsiya iqtisodiy o‘sish va barqarorlikning hal qiluvchi omiliga aylanib borayotganidan kelib chiqib, davlatimiz rahbari «Markaziy Osiyo – Yaponiya» raqamli xabi – raqamli yechimlar, sun’iy intellekt, «buyumlar interneti», kiberxavfsizlik va innovatsion iqtisodiyot sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlik platformasini yaratish muhimligini qayd etdi.

Tezyurar poyezdlar va avtomobil yo‘llarini barpo etish, transport yo‘laklarini raqamlashtirish, aeroportlar va logistika markazlarini qurish loyihalariga Yaponiya investitsiyalari, texnologiyalari va ekspertlari ko‘magini jalb etishdan manfaatdorlik bildirildi.

«Yashil» energetika sohasidagi hamkorlik doirasida kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish, yo‘qotishlarni qisqartirish, zararli gazlarni ushlab qolish bo‘yicha birgalikda loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Toshkentda Qayta tiklanadigan energetika sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha mintaqaviy markazni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari ekologiya sohasida Markaziy Osiyoda havo sifatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirish, Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish yuzasidan qo‘shma harakatlar dasturini qabul qilish hamda Muloqot doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari rahbarlarining yangi shakldagi uchrashuvlarini tashkil etish muhimligini qayd etdi.

Yaponiyaning seysmik xavfsizlik sohasidagi ulkan tajribasini hisobga olib, mintaqada seysmik barqarorlikni baholash va oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirish, Toshkent shahrida Yaponiya standartlari va protokollari bo‘yicha muhandislar, arxitektorlar, qutqaruv xizmatlarini tayyorlash uchun Mintaqaviy malaka oshirish markazini ochish taklif qilindi.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda kelgusi yili «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatida ta’lim vazirlarining birinchi yig‘ilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini o‘tkazish, yoshlar hamjamiyatlari o‘rtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturini qabul qilish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

O‘zbekiston yetakchisi xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga to‘xtalar ekan, mintaqa davlatlari va Yaponiyaning Afg‘onistonni tinch, barqaror va bunyodkor rivojlanish sari borayotgan mamlakat sifatida ko‘rish borasidagi intilishlari yakdilligini ta’kidladi.

Afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘p yillardan buyon yetakchi donor va sherik mamlakatlar qatorida bo‘lib kelayotgan Yaponiyaning izchil pozitsiyasi yuksak baholandi.

O‘zbekiston Prezidenti so‘zining yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha qarorlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Sammitda boshqa yetakchilar ham nutq so‘zladilar. Tadbir yakunida Tokio deklaratsiyasi qabul qilindi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

O‘zbekiston AQSh tovarlari uchun tariflarni pasaytiradi

Published

on


O‘zbekiston va AQSh o‘zaro savdo va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, tomonlar so‘nggi bir yilda ikki tomonlama munosabatlarda salmoqli natijalarga erishgan va kelishuv yaqin vaqt ichida imzolanishi kutilmoqda. Saida Mirziyoyeva bu jarayon ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.

AQSh Savdo vakili idorasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, savdoda o‘zaro manfaatdorlik, muvozanat va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan savdo majburiyatlarining dastlabki to‘plami bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston AQShning sanoat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi tovarlarining keng ro‘yxati uchun bojxona tariflarini bekor qilish yoki pasaytirish majburiyatini oldi.

AQSh esa o‘z navbatida, Amerika qonunchiligi doirasida va bu o‘rinli deb topilgan hollarda O‘zbekistondan import qilinadigan sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan tarif choralarini ijobiy ko‘rib chiqish niyatini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama investitsiyalarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda o‘zaro savdo va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga kelishib oldi.

AQSh Savdo vakili idorasiga ko‘ra, ushbu kelishuvlar prezidentlar Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi uchrashuvlari davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Idoraning eslatishicha, ikki davlat avvalroq umumiy qiymati 32 milliard dollarlik tijorat bitimlari, jumladan, «Boeing» bilan 8,5 milliard dollarlik shartnoma, shuningdek, muhim minerallar, tog‘-kon sanoati, energetika, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida investitsiyalar bo‘yicha kelishuvlarni e’lon qilgan.

AQSh, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlab, dastlabki kelishuvlar yaqin haftalarda rasman qayd etilishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Baxtiyor Saidov Eron TIV rahbari bilan gaplashdi: tafsilotlar

Published

on


TIV rahbari Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. 

Suhbat davomida Yaqin Sharqdagi ziddiyatni yakunlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonining so‘nggi bosqichlari yuzasidan ma’lumot olingan hamda mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekistonning mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, muloqotni davom ettirish va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligini qayd etildi. 

«Shuningdek, O‘zbekiston–Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilib, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldik», deya ta’kidlaydi Saidov. 



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Savdo vakili Jeymison Grini qabul qildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni AQSh Savdo vakili Jeymison Greerni qabul qildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish, iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv avvalida AQSH delegatsiyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va tabriklarini yetkazdi.

Muhokamalarda asosiy e’tibor o‘zaro savdo va sarmoyalarning barqaror o‘sishiga qaratildi, har ikki tomon ham ishbilarmonlar o‘rtasidagi qoniqarli aloqalar ko‘payib borayotganini ta’kidladilar. Davlat rahbarlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yaqinda AQSH ishbilarmonlari bilan oʻtkazilgan davra suhbatlarining amaliy natijalarini koʻrib chiqdilar.

Muzokaralarda asosiy e’tibor O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoniga qaratildi. Prezident Mirziyoyev va Amerika Qoʻshma Shtatlari Savdo vakili idorasi mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini ragʻbatlantirishda Qoʻshma Shtatlarning doimiy qoʻllab-quvvatlashi va hamkorligini muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar Amerika-O‘zbekiston biznes va sarmoyaviy kengash imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish muhimligini ta’kidladilar. Bu mexanizm endilikda Amerika kompaniyalari va Oʻzbekiston hamkorlari oʻrtasida yangi loyiha tashabbuslarini aniqlash, ishlab chiqish va ilgari surish uchun asosiy platforma boʻlib xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vazirini qabul qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toni Bler Yangi O‘zbekistondagi izchil va keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlariga yuksak baho berdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi yurtimiz investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali xalqaro maydon bo‘lgani e’tirof etildi.

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, jumladan, ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy qilish kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan muloqot o‘tkazdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhim ekanini ta’kidladilar.

Amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida yuqori sur’at bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajadagi faol almashinuvlar alohida e’tirof qilindi. Yetakchilar ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sheriklik kun tartibini yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini olqishladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.