Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev bir guruh jurnalistlarni taqdirladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh OAV vakillarini mukofotladi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan
Doniyorov Salim Musurmonovich – «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati bosh muharriri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Mirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimovich – «Jadid» gazetasi bosh muharriri
«Do‘stlik» ordeni bilan
Amangeldiyeva Raixan Kdirbayevna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Nukus teleradiomarkazi filiali tasvir yozish guruhi katta elektr mexanigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kenjayeva Zoxida Abdullayevna – To‘raqo‘rg‘on tumani «Davr» gazetasi muharriri, Namangan viloyati
Matyakubov Kamol – «Adolat» gazetasi muxbiri
Mirsharipov Farxodjon Arislonovich – Farg‘ona viloyati teleradiokanali bosh muharririning o‘rinbosari, So‘x telekanali guruh rahbari
Oripov Shuxratjon Orip o‘g‘li – «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat bankining axborot xizmati rahbari
Raximov Abdijalol Abdiziyatovich – Chinoz tumani «Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, Toshkent viloyati
Titchuk Andrey Georgiyevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo‘ylab» telekanali axborot-informatsion dasturlar muharririyati montajchisi
Urinboyev Saydulla Mardonovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori
Xasanov Xaydar Xatamjanovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi direktori o‘rinbosari
Hasanov Ro‘zimboy – «XXI asr» gazetasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Nurmatov Akbar Normatovich – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining YuNESKO va ixtisoslashgan media kafedrasi mudiri
Xolbekova Baxor Shayimovna – «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalarining Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Djumayev Ibraxim – Navoiy viloyati «Salomatlik» gazetasi muharriri
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
G‘iyosov Mirali Abdulloh o‘g‘li – Toshkent shahridagi «Sharoit plus» nodavlat notijorat tashkiloti loyiha menejeri
«Shuhrat» medali bilan
Abilov Fazliddin Ibragimovich – «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati bosh muharririning o‘rinbosari
Avazov Dilmurod Batirovich – «Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri
Adilova Munojot Asrorovna – «Daryo.uz» internet nashrining tahrir bo‘limi musahhihi
Asanov Eldar Enverovich – «Asanov formati» telegram kanali asoschisi, bloger
Ahatov Sobit Temirovich – «Xabar.uz» internet nashrining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar bo‘limi muharriri
Gapirova Nigora Umurzakovna – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi muqovalovchisi
Djumayev Xidoyat Inoyatovich – Buxoro viloyati teleradiokanalining ijodiy ishlab chiqarish guruhi teleoperatori
Karshiyev Aziz Rajabovich – «Kun.uz» internet nashri muharriri
Koraboyev Shamshidin – Farg‘ona viloyati ommaviy axborot vositalari faxriylar kengashi faoli, fotosuratchi
Madatova Zilola Muxamadaliyevna – «Ma’rifat» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari
Makarenko Nikita Anatolevich – Ijtimoiy tarmoqlardagi «Effekt Makarenko» sahifasi asoschisi, bloger
Mamatrayimov Xolmumin Norkobilovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi
Muminova Gulrux Komilovna – Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari tahririyati maxsus muxbiri
Muslimov Shuxrat Zikrullayevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» davlat muassasasi televideniye va radio ko‘chma texnika xizmati boshlig‘i
Nur Ahmad Hojiboy o‘g‘li – Toshkent shahridagi «SAS-Myedia» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Rabbimov Kamoliddin Muxiddinovich – «Kamoliddin Rabbimov» telegram kanali asoschisi, siyosatshunos va bloger
Raximov Sarvarjon Xamidjonovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi siyosiy sharhlovchisi
Rashidova Nargizaxon Rashidovna – «Mening yurtim» telekanali efirga uzatish bo‘limi muharriri
Sakayeva Elina Ibragimovna – «Gazeta.uz» internet nashri muharriri
Samatova Salima Abdinazarovna – Kasbi tumani axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Xamidov Xayrulla Ubaydullayevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi sharhlovchisi
Sherova Laziza Shomilovna – «O‘zbekiston ovozi» gazetasining parlament faoliyati bo‘limi mudiri
Yaqubjonova Nilufar Oybekovna – Andijon viloyati teleradiokanalining radio guruhi katta muharriri
Jamiyat
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.
Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.
Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.
Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.
Jamiyat
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda. Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.
Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.
Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.
Jamiyat
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati:
“Do‘stlik” ordeni bilan
Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari
Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi
Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori
Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori
Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri
Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.
Jamiyat
Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.
Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.
Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.
Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.
-
Sport2 days ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Jamiyat1 day ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport1 day ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
-
Siyosat2 days ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Siyosat20 hours ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
-
Jamiyat14 hours ago
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
-
Siyosat12 hours ago
Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi
-
Sport3 hours ago
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
