Connect with us

Jamiyat

Shahzod Rismatov 9 yilga qamaldi

Published

on


Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining uyini aldov yo‘li bilan bloger Sanjar Karimovga rasmiylashtirib berib, evaziga undan qarzga pul olgani aytilgan Shahzod Rismatov ishida sud hukmi o‘qildi: sud uni juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topdi hamda 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Nizoli uy masalasi fuqarolik ish yuritish tartibida hal etilishi belgilandi.

Jamila Olimboyeva, Shahzod Rismatov va Sanjar Karimov

JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Shahzod Rismatovga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, e’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra Shahzod Rismatov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Sud hujjatida sudlanuvchi Shahzod Rismatovdan uch nafar jabrlanuvchi foydasiga jami 4 mlrd 879 mln so‘m miqdorida zarar undirilishi ham nazardu tatilgan. Shuningdek, nizoli uy yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha fuqarolik ish yuritish tartibida murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudining ushbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli ekani bildirilgan.

Bundan tashqari, sudning alohida ajrimi bilan Shahzod Rismatovga oid jinoyat ishi yuzasidan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasiga xabar qilinishi belgilangan. Mazkur ajrimdan norozi tomon o‘n sutka muddat ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasiga xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Qochoq “kuyov” ishi

Toshkentda yashovchi Jamila Olimboyeva yigiti Shahzod Rismatovni firibgarlikda ayblagandi. U Rismatov aldov yo‘li bilan uyini Sanjar Karimovga rasmiylashtirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olganini ma’lum qilgan.

“Shahzod to‘yimizga 25 kun qolganda kayfiyatsiz yurdi. Sababini so‘rasam, “Menda pul bilan muammo bo‘lyapti”, deb tushuntirdi. Keyin dadam Shahzodni uyga chaqirdi”, deya hikoya qilgan Jamila Olimboyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi bo‘lajak kuyov bilan o‘tirib suhbatlashgan, yigit to‘yni vaqtincha to‘xtatib turishni, boshqa chorasi yo‘qligini aytgan. Bunga javoban kelinning otasi to‘y uchun hamma hozirliklar ko‘rib qo‘yilganini, sarf-xarajatlar bo‘lganini, to‘xtatib bo‘lmasligini bildirgan. Keyin Shahzod Rismatov pul bilan muammosi borligini aytib, uylarini 12 kun garovga qo‘yib turishga ruxsat so‘ragan. Jamilaning ota-onasi bunga rozilik bildirgan.

Jamila Olimboyevaga ko‘ra, bu voqeadan 1-2 kun o‘tib, ota-onasi, Shahzod va uning bir o‘rtog‘i notariusga borishgan. U yerga keyin Sanjar Karimov ham kelgan. Olimboyeva va ota-onasi notariusda imzo qo‘yayotgan hujjatlari garov emas, oldi-sotdi shartnomasi ekanini ko‘rishgan. Ammo Shahzod ularni hujjatga tezroq imzo qo‘yishga undagan. Shu tariqa, uy rasmiy ravishda oldi-sotdi shartnomasi bilan Sanjar Karimov nomiga o‘tgan. Jamilaning aytishicha, ular notariusda ham, undan keyin ham qo‘llariga pul olishmagan.

Oradan ko‘p o‘tmay Shahzod Rismatov yo‘qolib qolgan. Keyinchalik uning qochib ketgani ma’lum bo‘lgan.

Olimboyevaning ushbu da’vosidan so‘ng Sanjar Karimov uyni egalaridan 240 ming dollar naqd to‘lov evaziga sotib olganini aytib chiqdi.

“Ular menga sotib olishim mumkin bo‘lgan uy borligini aytishdi. Uy egasiga naqd 240 ming dollar berdim. Oila a’zolarining hammasi notariusga borgan va o‘zlari rozi bo‘lishgan, shartnomani sinchiklab ko‘rib chiqishgan.

Bu mojaroga aloqam yo‘q. Uyni o‘z pulimga sotib oldim. Agar ularning biznesi muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, buning menga nima aloqasi bor? Men 240 ming dollar to‘laganman. Men uyni ularga yordam berish istagida sotib oldim”, degandi Sanjar Karimov.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Gaz ishlab chiqarish 1-chorakda 1,7 mlrd kub metrga kamaydi – stistika

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqaradigan tarmoq asosiy ulushni egallab, 246,1 trln so‘m (85,1foiz)ni tashkil etdi. Biroq energiya resurslari, xususan, tabiiy gaz ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrda respublikada 9,6 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamayganini anglatadi (2024–2025 yillarda 11 mlrd kub metrdan ortiq bo‘lgan).

Gaz bilan birga boshqa ko‘rsatkichlarda ham o‘zgarishlar bor:
– neft – 157,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 160,8 ming tonna atrofida);
– ko‘mir – 1,1 mln tonna (2025-yil 1-chorakda 1,2 mln tonna);
– gaz kondensati – 242,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 296,6 ming tonna).

Shu bilan birga, ayrim qayta ishlangan mahsulotlarda o‘sish kuzatildi:
– avtomobil benzini – 313,2 ming tonna;
– dizel yoqilg‘isi – 280,9 ming tonna;
– portlandsement – 4,1 mln tonna.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baliqlarni nobud qilgan korxonaga 90 mln so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani Achchisoy kanalida baliqlar nobud bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Zangiota tumani «Ittifoqchi» mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Damachi baliq” MChJga qarashli baliqchilik ko‘lida suv sathi pasaytirilgani sababli baliqlarda kislorod yetishmasligi yuzaga kelib, 200-300 grammli baliqlar nobud bo‘lganligi aniqlandi. Nobud bo‘lgan baliqlar jamiyat ishchisi tomonidan tozalanib, tuman hududidan oqib o‘tgan Achchisoy kanaliga oqizib yuborilgan.

Jamiyat faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan oqova suvlardan belgilangan tartibda laboratoriya tahlillari uchun namunalar olinib, atrof-muhitga ta’sirini aniqlash maqsadida chuqur o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bir qator muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yoriy talablardan sezilarli darajada oshish holatlari qayd etildi.

Xususan, azot ammoniy miqdori belgilangan me’yordan 1,7 barobar, azot nitrit 1,95 barobar, quruq qoldiq 1,28 barobar hamda umumiy fosfor 1,8 barobar ortiq ekanligi aniqlandi. Mazkur holatlar oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan tashlanayotgani hamda suv obyektlarining ifloslanishi, ekologik muvozanatning buzilishi va bioxilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatdi.

Holat bo‘yicha korxonaga 92 mln so‘m miqdorida kompensatsiya hisoblandi, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, holat qayta takrorlanmasligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kanal nobud bo‘lgan baliqlardan tozalandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiydagi YTHda haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Published

on


Joriy yilning 2-may kuni soat 07:20larda Konimex tumani «Karak-ata» OFY hududidan o‘tuvchi A-379 «Navoiy-Uchquduq» xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 142-143 km.lar oralig‘ida haydovchi N.J. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomobil «Zarafshon-Navoiy» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tezlikni oshirishi natijasida yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro M.A. boshqaruvida bo‘lgan «SKANIA 114L» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada «Nexia-3» rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tadigan OTB yig‘ilishida ishtirok etadi

Published

on


3-4 may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari tadbirning ochilish marosimida nutq so‘zlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Yig‘ilishning bosh mavzusi – «Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o‘zaro bog‘liq kelajagini ilgari surish». Forum global va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim xalqaro platforma bo‘ladi.

Ishtirokchilar asosiy e’tiborini «yashil» transformatsiya, energetik o‘tish, raqamlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoatda yetkazib berish zanjirlarining barqarorligi va boshqa masalalarga qaratadilar.

Besh kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa institutlar rahbarlari va xodimlari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, yetakchi kompaniyalar va banklar, transmilliy korporatsiyalar top-menejerlari hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etadi. Jami 4 mingdan ziyod delegat qatnashishi kutilmoqda.

O‘zbekiston 1995-yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining a’zosi bo‘lib, uning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi: loyihalar portfelining umumiy hajmi qariyb 16 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatimiz bankning yillik yig‘ilishiga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

San’atkorlar oyiga taxminan 45 ming so‘m soliq to‘layapti – Soliq qo‘mitasi

Published

on


O‘zbekistonda konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 1 100 nafar xonanda 2025-yil uchun soliq deklaratsiyasini taqdim etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jami 599,7 mln so‘m daromad solig‘i hisoblangan.

Hisob-kitobga ko‘ra, bu bir nafar san’atkorga yiliga o‘rtacha 545 ming so‘m, oyiga esa taxminan 45 ming so‘m soliq to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.

Deklaratsiyalar tahliliga ko‘ra, san’atkorlarning asosiy qismi past daromad segmentiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 375 nafar xonanda yiliga 1 mln so‘mgacha, 576 nafari esa 10 mln so‘mgacha daromad ko‘rsatgan. Faqat juda kichik qismi – 19 nafar san’atkor 60 mln so‘mdan yuqori daromad qayd etgan.

Reyting guruhlari kesimida ham shu holat kuzatiladi: yuqori daromadli I guruhda bor-yo‘g‘i 47 nafar bo‘lib, asosiy ulush – 953 nafardan iborat III guruh hissasiga to‘g‘ri keladi. Demak, bozorda ko‘pchilik san’atkorlar nisbatan kichik daromad bilan faoliyat yuritmoqda.

Guruhlar kesimida:


I guruh (47 nafar): yuqori daromad, 140,8 mln so‘m soliq
II guruh (100 nafar): 83,9 mln so‘m soliq
III guruh (953 nafar): asosiy ulush — 375,2 mln so‘m

Biroq bu raqamlar ikki xil talqin qilinishi mumkin. Bir tomondan, haqiqatan ham san’at bozorida daromadlar past bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tomondan esa, ayrim hollarda daromadlarning to‘liq deklaratsiya qilinmasligi ehtimoli ham mavjud.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.