Connect with us

Jamiyat

Shahrisabzdagi “Oqsaroy” klinikasi qanday imkoniyatlarga ega?

Published

on


Mazkur tibbiyot markazida bir kunda 25 tagacha jarrohlik amaliyotini o‘tkazish mumkin. 4 ta yuqori texnologiyali operatsion blok va 6 ta reanimatsiya bo‘limi mavjud. Klinikaga hozircha O‘zbekistonda yagona bo‘lgan sun’iy intellektli ultratovush apparati olib kelingan. 10 nafarga yaqin xorijlik shifokor doimiy faoliyat uchun jalb etilgan. Kun.uz muxbiri shifoxonada bo‘lib, operatsiya jarayonlari, laboratoriya va sterilizatsiya zonalari, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Qashqadaryoning tarixiy Shahrisabz shahri endi faqat me’moriy obidalari bilan emas, zamonaviy tibbiyot infratuzilmasi bilan ham e’tibor markazida. Ushbu hududda 2025 yil bahorida ish boshlagan “Oqsaroy” kardio-tibbiyot markazi yurak-qon tomir kasalliklarini zamonaviy darajada tashxislash va davolash imkoniyatini yaratmoqda. Markaz xorijiy investor – rossiyalik hamkorlar ko‘magi bilan 10 million dollar evaziga barpo etilgan bo‘lib, tibbiyot sohasida mintaqa uchun yangi model sifatida ko‘rilmoqda.

Bir kunda 25 ta operatsiya

Klinikada to‘rtta zamonaviy jarrohlik xonasi va oltita yuqori darajadagi reanimatsiya bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi. Operatsiya bloklari xalqaro standartlar asosida loyihalangan: ularda oddiy yurak jarrohligidan tortib, eng murakkab, yuqori aniqlik talab qiluvchi amaliyotlarni ham bajarish mumkin.

Xonalar katetirizatsiya laboratoriyasi, angiografiya tizimi, 3D-navigatsiya uskunalari, intraoperatsion ultratovush, shuningdek, yurakni ma’lum muddat davomida sun’iy ishlatib turuvchi kardiopulmonar apparatlar bilan jihozlangan. Bu jarrohga yurakni vaqtinchalik to‘xtatib, murakkab rekonstruktiv operatsiyalarni xavfsiz bajarish imkonini beradi.

“Jarrohlik bo‘limi sharoitlari poytaxtdagi yirik markazlar darajasiga teng. Ushbu jihat Shahrisabz va butun Qashqadaryo viloyati aholisi uchun yuqori texnologik yurak operatsiyalarini Toshkentga bormasdan o‘tkazish imkonini yaratadi. Klinikada bir kunda 25 tagacha jarrohlik amaliyotini bajarish mumkin. Buning uchun barcha kerakli jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va malakali mutaxassislar yetarli. Bizda eng muhim tamoyil — xavfsizlik hamda aniqlik. Har bir bemor uchun operatsiyaga individual tayyorgarlik algoritmi mavjud va texnika bizga muolajalarni nazorat ostida bajarish imkonini beradi”, – deydi kardiolog Olim Abdullayev.

Shifokorning ta’kidlashicha, klinikada quyidagi turdagi jarrohlik amaliyotlari bajariladi:

§ Stentlash;

§ Aorta-koronar shuntlash;

§ Tug‘ma yurak nuqsonlarini bartaraf etish;

§ Endoprotezlash va boshqa yuqori texnologik muolajalar.

Bundan tashqari, yurak klapanlarini almashtirish, aritmologik amaliyotlar, qon tomirlarni protezlash, minimal invaziv kardiojarrohlik operatsiyalari o‘tkazish imkoni mavjud:

§ Balon angioplastika (qon tomirlar torayishini kengaytirish);

§ Koronar angiografiya (yurak tomirlarini ko‘rish va baholash);

§ Kateter asosidagi muolajalar (kesmasiz, ingichka naychalar orqali);

§ Elektrofiziologik tadqiqot va aritmiyani ablatsiya qilish (yo‘q qilish, kuydirish yoki neytrallashtirish jarayoni;

§ Sun’iy yurak ritm generatori (stent/ICD/CRT) o‘rnatish shular jumlasidandir,

Mutaxassisga ko‘ra, bularning barchasi yurak kasalliklarini tez, aniq va minimal invaziv usullar bilan davolashga yordam beradi.

O‘zbekistonda yagona sun’iy intellektli ultratovush apparati

“Oqsaroy” kardiologiya markazining eng muhim yangiliklaridan biri – sun’iy intellektga ega ekokardiografiya (yurak UTT) apparati. Hozircha bu kabi texnologiya O‘zbekistonda yagona hisoblanadi. Oddiy UTT faqat tasvir ko‘rsatib bersa, mazkur apparat shifokorga yurak faoliyatini chuqur tahlil qilishda ko‘maklashadi.

“Sun’iy intellekt yurak devorlari, klapanlari, qon oqimi va yurak bo‘limlarining o‘lchamlarini aniq hisoblaydi. Ushbu jihat inson ko‘zi sezmaydigan nozik o‘zgarishlarni ham erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Masalan, yurak mushaklari kuchsizlana boshlagan yoki klapanda kichik nuqson bo‘lsa, apparat darrov bu masalaga e’tibor qaratadi. Oddiy aytganda, sun’iy intellekt bemor yuragini “mikroskop ostida” ko‘rgandek tahlil qiladi. Natijada diagnostika tezroq bo‘ladi va xatolik ehtimoli kamayadi. Xalqaro tibbiy tadqiqotlarda bunday qurilmalar yurak kasalliklarini aniqlashda xatolikni 30–40 foizgacha kamaytirishi qayd etilgan. Uskunaning yana bir afzalligi shundaki, u diagnostikani standartlashtiradi, ya’ni qaysi shifokor tekshirmasin, natija bir xil aniqlikda chiqadi. Ayniqsa, yosh shifokorlar uchun bu katta yordam bo‘ladi”, – deydi Olim Abdullayev.

Premium palatalar

Tibbiyot markazi jami 5 qavat bo‘lib, 100 dan ortiq o‘ringa mo‘ljallangan. Palatalar bir va ikki kishilik variantlarda tashkil etilgan: xona bemorning shaxsiyati va davolanish ehtiyojiga ko‘ra tanlanishi mumkin. Palatalar shinam, yorug‘ va shovqindan himoyalangan holda jihozlangan. Har bir xonada televizor, bepul Wi-Fi, konditsioner, alohida oshxona qismi, kiyim shkafi, sanuzel mavjud.

Bundan tashqari, barcha palatalarga hamshira chaqirish tugmasi o‘rnatilgan: bemor bir tugmani bosishi bilan tibbiyot hodimiga murojaat qilishi mumkin.

“Palatalarda sanitariya talablari qat’iy bajariladi: xonalar muntazam dezinfeksiya qilinadi, gigiyena vositalari va yuvinish uchun zarur materiallar doimiy ta’minlanadi. Toza choyshab va buyumlarni yetkazib berish uchun ichki kir yuvish va tozalash xizmati mavjud. Sterilizatsiya va asbob-uskunalarni zararsizlantirishga alohida bo‘limlar tashkil etilgan”, – deydi klinika rahbari Jahongir Shukrullayev.

Qo‘shimcha qulayliklar

§ Shifokor ko‘rigi: mutaxassislar kundalik vizitlar olib boradi, kunlik konsultatsiyani amalga oshiradi; 

§ 24/7 hamshira xizmati: malakali hamshiralar kunu tun navbatchilik qiladi;

§ Taom servisi: shifoxona oshxonasi bemorlar uchun terapevtik parhezlar asosida 3 mahal ovqat taqdim etadi (qandli diabet, yurak parhezi, allergik diyetalar va boshqalar);

§ Fizioterapiya va reabilitatsiya xonasi: jarrohlikdan keyingi tiklanish uchun maxsus uskunalar va mutaxassislar mavjud;

§ Kutish xonalari: mehmonlar va oilalar uchun dam olish zonalari ajratilgan.

Mobil diagnostika: tibbiyot mashinalari chekka hududlarga boradi

Shahrisabz va qo‘shni tumanlarda aholining katta qismi chekka, tog‘li hududlarda yashaydi. Shu sababli, ko‘plab bemorlar klinikaga kelish uchun uzoq yo‘l bosishi yoki transport masalalarini hal qilishi kerak. Bu masalaga yechim sifatida “Oqsaroy” klinikasi mobil diagnostika majmualarini ishga tushirgan. Mobil brigadalar maxsus jihozlangan avtomobillarda ishlaydi va bemorlarni uydan chiqmasdan professional tibbiy xizmat bilan ta’minlaydi. Ular quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

§ UTT (ultratovush tekshiruvi): yurak, buyrak, jigar va boshqa organlarni aniqlik bilan ko‘rikdan o‘tkazish;

§ MSKT (multispiral kompyuter tomografiya): 3D tasvir yordamida organ va to‘qimalarni batafsil tahlil qilish;

§ EKG (elektrokardiogramma): yurak ritmi va faoliyatini o‘lchash;

§ Dastlabki kardiologik tekshiruvlar: qon bosimi, puls, nafas olish va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni baholash.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, mobil diagnostika tizimi yurak va qon tomir kasalliklari bo‘yicha xavf guruhiga kiradigan bemorlar uchun juda muhim. Bu xizmat orqali keksalar, yurak kasalligi xavfi yuqori bo‘lganlar va uzoq hududlarda yashovchi bemorlar tez hamda sifatli tibbiy yordamga ega bo‘ladi.

Xalqaro hamkorlik 

Klinika faoliyatida xalqaro hamkorlik alohida yo‘nalish sifatida yo‘lga qo‘yilgan. Tibbiyot markazi yetakchi xorijiy klinikalar va tibbiyot universitetlari bilan tajriba almashadi, qo‘shma dasturlarni amalga oshiradi. Mutaxassislar chet elda malaka oshirib, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganadi, shuningdek xorijdan tajribali shifokorlar taklif etilib, murakkab operatsiyalar va ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkaziladi. Ayni vaqtda Rossiya, Kuvayt, Hindiston kabi mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Kelishuvlar doirasida 10 nafarga yaqin rossiyalik shifokorlar Shahrisabzda yashab, “Oqsaroy” klinikasida faoliyat olib bormoqda.

“Bemorlar ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir nechta kasallikdan shikoyat qiladi. Shuning uchun yondashuvimiz kompleks bo‘lishi kerak. Jamoamizda endokrinolog, gastroenterolog, kardiolog va boshqa soha mutaxassislari faoliyat yuritadi. Men endokrinolog sifatida qandli diabet, semizlik, qalqonsimon bez kasalliklari kabilarni davolayman.

Amaliyotimda progressiv texnologiyalardan foydalanaman, ayniqsa, semizlikni bartaraf etishda. Bu juda muhim, chunki semizlik – surunkali kasallik. Uni davolashda zamonaviy usullar yordamida tana tarkibini boshqarish, qayta semirishning oldini olish, mushak to‘qimasini saqlab qolish hamda miya tomirlari, yurak, buyrak, jigar kabi a’zolarni himoya qilish zarur. Bundan tashqari, men andrologiya bo‘yicha ham ishlayman. Mazkur yo‘nalishda erkaklar bepushtligi, testosteron yetishmovchiligi, prostatit kabi kichik tos a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarini davolayman”, – deydi tibbiyot fanlari nomzodi, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining professori, androlog, endokrinolog, dermatovenerolog Chigrinets Stanislav Vladimirovich.

Tibbiyot ta’limi va ilmiy baza

Klinika davolash bilan cheklanmaydi, mazkur tibbiyot muassasasi mintaqada tibbiy ta’lim va ilmiy muhitni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy markaz sifatida ham faoliyat yuritadi. Shifoxonada bugungi kunda 130 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

“Markaz tarkibida klinik ordinatura yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur jihat hududda malakali shifokorlar tayyorlash jarayoniga katta turtki bo‘lmoqda. Yosh mutaxassislar xalqaro tajribaga ega shifokorlar bilan yonma-yon ishlash imkoniga ega. Bu ularga zamonaviy tashxis va davolash uslublarini o‘rganish, bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu ta’limiy va ilmiy yondashuv natijasida hududda malakali shifokorlar yetishmovchiligi bosqichma-bosqich kamayib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yanada oshadi”, – deydi klinika rahbari Jahongir Shukrullayev.

Shifoxona rahbarining ta’kidlanishicha, yaqin yillarda respublikaning boshqa hududlarida ham ayni shu ko‘rinish va tibbiy imkoniyatlarga ega klinikalarni qurish reja qilingan.

Diyoraxon Nabijonova,

Abduqodir To‘lqinov

Jahongir Aliboyev

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.