Jamiyat
Sergelida skuter haydovchisi halok bo‘ldi
Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida “Damas” va skuter to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Joriy yilning 2 iyun kuni soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, “Damas” rusumli transport vositasi va skuter mototransport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida skuter mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Endi ilovalar orqali bank kartalariga pul o‘tkazilganda o‘tkazma maqsadini ko‘rsatish kerak bo‘ladi
Markaziy bank P2P (bank kartalaridan bank kartasiga) o‘tkazmalarini amalga oshirishda o‘tkazma maqsadini ko‘rsatish talabini qo‘ymoqda.
Ma’lum qilinishicha, regulyator tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga bu borada tegishli ko‘rsatma xatini jo‘natgan.
Unga ko‘ra, endi foydalanuvchi o‘tkazmani amalga oshirganida majburiy ravishda 16 turdagi o‘tkazma maqsadlaridan birini tanlashi kerak bo‘ladi.
Spot’ning regulyator rasmiysiga tayanib yozishicha, ma’lum qilishicha, «foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar (ya’ni iste’molchi maqsadi, -tahr.) faqat mobil ilova faoliyati doirasida qayta ishlanadi va uchinchi shaxslarga uzatilmaydi». Rasmiy, shuningdek, bu talab «xizmat ishini takomillashtirish va tranzaksiyalarning to‘g‘ri qayta ishlanishini ta’minlashga qaratilgani»ni ta’kidlagan.
Bu funksiya ayrim ilovalarda allaqachon ishga tushirilgan.
Jamiyat
Dehqon bozorlarida savdo nuqtalarini noqonuniy sotish holatlari fosh etildi
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda dehqon bozorlarining ayrim mansabdor shaxslari auksion orqali sotilishi kerak bo‘lgan savdo nuqtalarini shaxsiy moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolarga noqonuniy ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.
Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi dehqon bozori raisi va nazoratchisi o‘zaro til biriktirib, bozor hududida yangi qurilgan 110 m² maydondagi savdo do‘konini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 80 ming AQSh dollari talab qilgan. Ular oldindan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Buxoro shahrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji sotiladigan bozor rahbari va ish yurituvchisi o‘zaro til biriktirib, bozor hududida yengil konstruksiyali savdo do‘koni qurib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun 120 m² yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 11 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolar kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlarga duch kelsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishi mumkin. Shaxsning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Jamiyat
Erondan Turkmaniston orqali 13 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi
O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi mamlakatning Erondagi vakolatxonasi va Turkmaniston TIV hamda boshqa vakolatli idoralari bilan hamkorlikda vatandoshlarni chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda ortga qaytarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, Turkmaniston davlat idoralarining ko‘magida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida Ashxobod shahridagi elchixonamiz xodimlari 13 nafar fuqarolarimizni «Saraxs» turkman–eron chegara posti orqali O‘zbekistonga xavfsiz kuzatib qo‘yilgan.
2026-yil 2-martdan fuqarolar va transport vositalari o‘tishi uchun turkman–eron davlat chegarasining «Gaudan–Bajgiran», «Artik–Lyutfabad», «Akyayla–Incheburun» va «Oltin Asir–Incheburun» nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati ham qayta tiklandi.
Ma’lum qilinishicha, Elchixona xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini Turkmaniston–Eron chegarasidagi «Gaudan–Bajgiran» nazorat-o‘tkazish punktida kutib olmoqda. O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi ushbu tadbirlar uchun avtotransport vositalarini safarbar etgan.
Nashr, Eronda bo‘lib turgan fuqarolar uchun O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining telefon raqamlarini ilova qilmoqda:
+993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov
+993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev
+993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul)
Jamiyat
Marhum inspektor «Jasorat» medali bilan mukofotlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Hosilbek Beknazar o‘g‘li «Jasorat» medali bilan mukofotlandi.
Farmonda qayd etilishicha, u mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini mustahkamlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari uchun munosib taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 25 fevral kuni soat 21:48 larda Toshkent shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori kichik serjant Hosilbek Eshnazarovni 10-sinf o‘quvchisi — voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi «BMW» rusumli avtomashina urib yuborgan edi. Og‘ir tan jarohatlari olgan xodim uch kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kichik serjant Hosilbek Eshnazarov 2022 yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan. Uning ortidan ota-onasi, rafiqasi, ikki nafar o‘g‘il va bir nafar qiz farzandi qoldi.
Jamiyat
Toshkentda IIBBning ikki nafar tezkor xodimi pora bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ichki ishlar organlarining ikki nafar mas’ul xodimi tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi (JQB) katta tezkor vakili Toshkent shahar IIBB JQB katta tezkor vakili bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 3 gramm «gashish» moddasi topilganligi holati bo‘yicha yuritilayotgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari doirasida, gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga undan 2 200 AQSh dollari miqdorida pora talab qilishgan.
Shayxontohur tumani IIO FMB xodimi mazkur mablag‘dan 1 000 dollarini oldindan olgan, u qolgan 1 200 dollarni o‘z xizmat xonasida qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tezkor tadbir davomida uning sherigi — shahar IIBB JQB katta tezkor vakili ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan har ikki xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
-
Jamiyat5 days ago10:10 “Hovlimizda doim bahor” – angrenlik qulupnaychi
-
Jamiyat5 days ago
55 metrli shokoladli poyezd Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
-
Iqtisodiyot3 days agoYanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
-
Jamiyat5 days ago1200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
-
Siyosat3 days agoEnergetika vazirligi 1 martdan tabiiy gaz narxi oshishi haqidagi mish-mishlarni rad etadi
-
Iqtisodiyot3 days agoTaxiatosh IES davlat ixtiyoriga qaytariladi
-
Jamiyat3 days agoTurkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston–Yaponiya: startaplar yo‘nalishida hamkorlik imkoniyati mavjud
