Jamiyat
O‘zbekistonning uch hududida qalbaki alkogolning yirik partiyasi qo‘lga tushdi
Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “J.S.” xususiy korxonasi rahbari J.Sh. korxonaga qarashli savdo do‘konida qalbaki aksiz markali va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 17 turdagi 737 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O.A.” MChJ savdo do‘koni sotuvchisi N.A. tegishli hujjatlari bo‘lmagan va qalbaki aksiz markali 630 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.R.” MChJ rahbari J.A. va sotuvchisi J.K.dan qalbaki aksiz markali 607 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Davomli yo‘tal saraton alomati bo‘lishi mumkinligi aytildi
Davomli yo‘tal saraton kasalligi alomati bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya Milliy Sog‘liqni Saqlash Xizmati uch hafta yoki undan ko‘proq davom etadigan yo‘tal saraton kasalligining alomati bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Mirror gazetasi.
“Bu davrda davom etadigan yo‘tal o‘limga olib keladigan kasallik tufayli kelib chiqishi mumkin”, deb yozadi Mirror gazetasi. Nashr har yili 33 000 dan ortiq britaniyaliklar ushbu kasallikdan vafot etishini ta’kidladi.
Gazetaning ta’kidlashicha, yo‘tal ko‘pincha COVID-19 yoki oddiy shamollash kabi ko‘plab kasalliklarga xos bo‘lgan zararsiz alomatdir, ammo u o‘limga olib keladigan kasallikning alomati ham bo‘lishi mumkin.
Jamiyat
Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi
Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 6-noyabrdagi qarori bilan Rasulov Dilshod Ozodovich Toshkent viloyati hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.
Dilshod Rasulov mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi-iqtisodchi, siyosatshunos.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Toshkentda issiq suvdagi zang holatlari tekshiriladi
Veolia Energy agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqilishi haqida xabar berdi.
Sun’iy intellekt chizgan surat
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv rangining vaqtincha o‘zgarishi bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha issiqlik tarmoqlari va tugunlari holatini tekshirish ishlarini davom ettirmoqda.
Qayd qilinishicha, fuqarolarning shu mazmundagi barcha murojaatlari ro‘yxatga olinadi va boshqaruv kompaniyalari, MJTK va bevosita boshqaruv vakillari bilan birgalikda uylar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
«Agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqiladi. Qayta hisob-kitob uchun asos bo‘lib, kompaniya vakili va iste’molchi tomonidan birgalikda tuzilgan, aniqlangan og‘ishlarning xarakteri va davomiyligini qayd etgan dalolatnomalar xizmat qiladi. Ushbu dalolatnomalar imzolangach, ular tuman bo‘limiga topshiriladi va shu asosda hisob-kitoblar belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi», deyiladi xabarda.
Poytaxtning qator tumanlarida issiq suv ta’minotida zangli suv kelishi avval ham aniqlangan edi. Veolia buni isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlab, murojaat qilgan iste’molchilar bilan dalolatnoma asosida qayta hisob-kitob etilishini ma’lum qildi.
Jamiyat
Ehtiyot bo‘ling: xavfli radiatorlar!
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xavfli radiatorlardan ogohlantirdi.
Inspeksiyaning Surxondaryo va Samarqand viloyatlari bo‘limlari tomonidan nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada Xitoyda ishlab chiqarilgan TDS va Valencia nomli isitish radiatorlari amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar:
• Suv bosimiga bardosh bera olmaslik;
• Xonani yetarlicha isitmaslik;
• Suv bosimi oshganda suv toshishi xavfi mavjud.
Bu kabi nuqsonlar o‘rnatilgan radiatorlardan foydalanish vaqtida xavfsizlikni jiddiy xavf ostiga qo‘yadi Jumladan, uy va mol-mulkka zarar yetkazishi, elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvga olib kelishi, hatto yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Jamiyat
Toshkent viloyatida salkam 2,5 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik fosh etildi
Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.X.” MChJ rahbari X.R. savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.T. Zangiota tumani, “Keng-kichik” MFY hududidagi savdo do‘koni va umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda aholiga mo‘ljallangan gazni pullagan rahbar ushlangandi.
-
Jamiyat4 days agoIsitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli berilishi boshlandi
-
Jamiyat4 days agoBekobodda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi
-
Iqtisodiyot3 days agoPokiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy operatsiyalar yo‘lga qo‘yiladi
-
Dunyodan5 days agoMeksikadagi fojiali olovda 22 kishi halok bo’ldi
-
Sport2 days agoDevid Bekhem ritsar unvonini oldi
-
Dunyodan2 days agoBritaniyaning eng boy odami 85 yoshida vafot etadi
-
Iqtisodiyot1 day agoO‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
-
Dunyodan2 days agoDik Cheyining o’limi milliy yo’qotish, deydi Jorj V. Bush
