Connect with us

Jamiyat

Sergeli tumanida avtobus haydovchisi ikki avtobus orasida qolib ketib hayotdan ko‘z yumdi

Published

on


Sergeli tumanida avtobus haydovchisi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 20 dekabr kuni soat 16:56 larda “1-avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan “YuTONG” rusumli avtobus haydovchisi I.A Sergeli tumanidagi temir yo‘l kesishmasida poyezd o‘tayotganligi sababli avtobusni to‘xtatib turgan.

Shu vaqtda uning orqasida to‘xtab turgan “12-avtobus saroyi” filialiga tegishli yana bir “YuTONG” rusumli avtobus haydovchisi E.R boshqaruvidagi transportni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushib avtobus oldiga o‘tgan.

Avtobus o‘z inersiyasi bilan yurib ketib E.R.ni qisib qo‘yishi natijasida haydovchi voqea joyida vafot etgan.

“Toshshahartransxizmat” AJ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bokuda BMTning urbanizatsiya bo‘yicha yirik forumi bo‘lib o‘tadi

Published

on


Boku shahrida BMTning urbanizatsiya bo‘yicha eng yirik global forumi — WUF13 bo‘lib o‘tadi. 

2026-yilning 17–22-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon shaharlar forumi o‘n uchinchi sessiyasi (WUF13) bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli tadbir shaharlarni barqaror rivojlantirish va zamonaviy urbanizatsiya masalalariga bag‘ishlangan jahondagi eng asosiy, bosh platforma hisoblanadi.

BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi (UN-Habitat) va Ozarbayjon hukumati hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu Forum davlat tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillarini yagona muloqot maydonida birlashtiradi.

Jahon shaharlar forumi (WUF) ilk bor 2001-yilda BMT tomonidan dunyodagi eng dolzarb muammolardan biri — jadal urbanizatsiya jarayonlarini hamda uning jamiyatlar, iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi va siyosatga ta’sirini o‘rganish maqsadida ta’sis etilgan. 2002-yilda Nayrobida (Keniya) bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishdan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinayotgan mazkur Forum o‘z ko‘lami va qamrovini muttasil kengaytirib bormoqda.

Bugungi kunda WUF ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar bilan o‘rtoqlashish, shuningdek, barqaror urbanizatsiya muammolarini hal qilish uchun yuqori darajadagi ochiq va inklyuziv minbar sifatida e’tirof etiladi.

Bokuda o‘tkaziladigan navbatdagi Forumda qator dolzarb masalalar muhokama qilinib, quyidagi ustuvor maqsadlarga erishish ko‘zlangan:

• Aholi va barcha manfaatdor tomonlarning barqaror urbanizatsiya haqidagi xabardorligini oshirish;

• Ochiq bahs-munozaralar, siyosiy yondashuvlar va tajriba almashinuvi orqali shaharlarning barqaror taraqqiyoti bo‘yicha umumiy bilimlarni boyitish;

• Ushbu jarayonga jalb qilingan turli soha vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.

Ozarbayjon mezbonlik qiladigan WUF13 doirasida qator yirik tadbirlar, xususan, assambleyalar, maxsus sessiyalar, muloqotlar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar BMT, Ozarbayjon hukumati va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etiladigan «Urban Expo» yirik ko‘rgazmasida shaharsozlik sohasidagi eng so‘nggi yechimlar bilan tanishishlari mumkin.

Asosiy dasturdan tashqari, Forumda hamkor tashkilotlar tomonidan yettita yo‘nalishda maxsus tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

• «Harakatdagi Barqaror rivojlanish maqsadlari» (SDGs in Action);

• «Yagona BMT» (ONE UN);

• «Shaharlar ovozi»;

• Aloqalarni mustahkamlashga oid uchrashuvlar (Networking Events);

• WUF akademiyasi anjumanlari;

• «Shahar kutubxonasi» (Urban Library);

• «Shahar kinosi» (Urban Cinema).

Mazkur Jahon shaharlar forumi global kun tartibidagi eng muhim urbanistik yondashuvlarni ishlab chiqish va kelajak shaharlarining qiyofasini belgilab berishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi

Published

on


Shirin shahar prokurori 29 yoshli gumondorga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llash haqida sudga iltimosnoma kiritdi. Sud uni qanoatlantirdi. Ayol tergov hibsxonasiga joylashtirilgan. 

Sirdaryoda qotillik jinoyatini sodir qilishda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shirin shahar prokurori Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a, v, j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi N.X.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritgan.

Prokurorning iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan JIB Shirin shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Sudning 2026 yil 30 apreldagi ajrimi bilan N.X.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan hamda ayolni tergov hibsxonasiga joylashtirish belgilangan. 

Avvalroq Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va uning ikki qizini pichoqlagani xabar qilingandi. Oqibatda ona va 5 yoshli qizi vafot etgan. 3 yoshli qizaloq esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

44 ta elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ishdan olindi

Published

on


44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari ishdan olindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Joriy yilning 24-aprel kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari energiya samaradorligi masalalariga alohida to‘xtalib, elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi holatni tanqid qilgan edi. 

Shu munosabat bilan, xulosa chiqarmagan rahbarlarni zudlik bilan ishdan olish, ularning o‘rniga yosh kadrlarni tayinlash hamda yo‘qotishlarni kamida ikki barobar qisqartirish bo‘yicha aniq KPI belgilash zarurligi ta’kidlangan edi. 

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda tarmoq rahbarlari, hududiy elektr va gaz korxonalari mutasaddilari ishtirok etib, energiya samaradorligi va energiya resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Yig‘ilishda, shuningdek, elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish loyihasini jadallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham tanqidiy ko‘rib chiqilib, bu borada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun «Hududgaz Xorazm» gaz ta’minoti filiali rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi. 

Shuningdek, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish, gaz quyish shoxobchalarini «UGaz» tizimiga ulash ishlarini qisqa vaqtda yakunlash, gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda aholiga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq topshiriq va ustuvor vazifalar belgilab berildi. 

Yig‘ilish yakunida elektr energiyasi yo‘qotishlari 20 foizdan yuqori bo‘lgan hududlar kesimida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Andijon filialidagi 14 ta, Jizzax filialidagi 7 ta, Samarqand filialidagi 10 ta, Qashqadaryo filialidagi 4 ta, shuningdek Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona filiallaridagi 2 tadan tuman (shahar) elektr korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etildi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Jaloliddin Manguberdi» poyezdining qatnov jadvali e’lon qilindi

Published

on


«Toshkent – Xiva – Toshkent» yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» yuqori tezlikdagi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Transport vazirligi mazkur poyezdning harakat jadvali bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Harakat jadvali: 

Toshkent Markaziy vokzali — Xiva 

 Jo‘nash: 07:00 

 Yetib borish: 14:31 

 Xiva — Toshkent Markaziy vokzali 

 Jo‘nash: 07:20 

 Yetib kelish: 14:51 

 Qatnov kunlari: 

Toshkent — Xiva: haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari 

Xiva — Toshkent: haftanig chorshanba, juma, yakshanba kunlari 

Qatnov boshlanish sanalari: 

– 3-may — Toshkentdan ilk qatnov 

– 4-may — Xivadan ilk qatnov



Source link

Continue Reading

Jamiyat

29 yoshli ayol va uning 5 yoshli qizi pichoqlab o‘ldirildi

Published

on


Holat 29 aprel kuni Shirin shaharchasida sodir bo‘lgan: ayol va ikki qizini kundoshi rashk tufayli pichoqlagan. Oqibatda ona va 5 yoshli qizi vafot etgan. 3 yoshli qizaloq esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda.

Sirdaryo viloyati Shirin shaharchasida qotillik jinoyati sodir etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat 29 aprel kuni kechga yaqin sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan M.S. o‘z xonadonida uy yumushlari bilan band bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘ining sha’riy nikohdagi ayoli 29 yoshli N.X. uyga bostirib kelib, u va ikki qizini pichoqlagan. So‘ngra voqea joyidan yashiringan. Qizaloqlarning kattasi 5, kichigi 3 yoshda bo‘lgan.

Oqibatda ayol va 5 yoshli qizi Sh.S. voqea joyida vafot etgan. 3 yoshli qizi I.S. esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda u jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Kun.uz marhumaning yaqinlari bilan bog‘landi. Ularning aytishicha, ayol Toshkent viloyatining Bekobod shahridan Sirdaryoga kelin bo‘lgan.

“U ayol bir necha bor kuyovimga borib xotiningni o‘ldiraman deb aytgan ekan. Kuyovim qo‘lingdan kelmaydi, degan. Mana, nima bo‘ldi, qizim va nevaramdan ayrildim. Qizimning 4 farzandi bor edi. 8 yoshli o‘g‘li va 20 kunlik chaqalog‘i qoldi.

Shifoxonadagi nevaram ham og‘ir ahvolda. Tegishli tashkilotlardan iltimos qilaman, ularni bizning qaramog‘imizga olib berishsin”, deydi ayolning otasi.

“O‘sha kuni opam uyida kir yuvib o‘tirgan bo‘lgan. U ayol borib, pichoq bilan tashlangan. Baqir-chaqirni eshitib, uydan ikki qizi yugurib chiqqan. Ularga ham pichoq urgan”, deydi marhumaning jiyani.

Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. Unga ko‘ra, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan oam o‘ldirish) 2-qismi “a,v,j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi N.X. protsessual tartibda ushlangan.  



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.