Connect with us

Jamiyat

Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganlarni urib ketgan haydovchi 7 yilga qamaldi

Published

on


Haydovchi jami 8 kishini urib yuborgan. Piyodalar zarbdan bir necha metrga otilib ketgan. Ulardan biri vafot etgan. Marhumaning 3 nafar farzandi onasiz qoldi. Jabrlanuvchilardan biri 2 yoshli qizi 20 metrga uchib ketgani va uning oyog‘i singanini aytgan.

Samarqand shahrida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqarolarni urib ketgan haydovchi jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Millar dasturi xabar berdi.

YTH 11 aprel kuni soat 20:00 larda Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasi hududidan o‘tuvchi Rudakiy ko‘chasida sodir bo‘lgandi. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti mashinasini yuqori tezlikda boshqarib borib, yo‘lning belgilangan qismida piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtab turgan Labo ortidan urilgan. So‘ngra boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 8 kishini urib yuborgan.

“O‘sha yerda 3 qator mashina yo‘l berdi. Biz o‘tayotgan vaqtda to‘rtinchi qatordan katta tezlikda kelib, to‘xtamasdan bizni urib yubordi. 2 yoshli qizim 20 metrga uchib ketdi. Oyog‘i sindi. Nogiron bo‘lib qolishi mumkin edi. Hozir yurganda oqsoqlanib yuradi. Jiyanim ham bor edi. Vafot etgan opam homilador edi”, degan jabrlanuvchilardan biri.

YTH oqibatida 33 yoshli ayol shifokorlar ko‘rsatgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.

“Shokka tushdim. Yetib kelgunimcha turmush o‘rtog‘im olamdan o‘tgan ekan. Farzandlarim onasining suratiga qarab qachon onamni olib kelasiz, deb so‘rashadi, eng qiyini shu savolga javob berish”, degan YTHda vafot etgan ayolning turmush o‘rtog‘i.

JIB Samarqand shahar sudi hukmi bilan haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Qoidabuzarning onasi “baxtsiz hodisa” tufayli jabrlanganlardan uzr so‘rab, yolg‘iz boquvchisi bo‘lgan o‘g‘li yaqinda Rossiyadan qaytganini, “shunday ish qilaman deb ko‘chaga chiqmagani”ni aytib, intervyu bergandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

Published

on


O‘zgidromet 28 iyun – 3 iyul kunlari respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘irlar kuzatilishi munosabati bilan sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida suv bosish holatlari ham kuzatilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hamda tog‘oldi tumanlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Xususan, xavf Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot, shuningdek Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qator tog‘li va tog‘oldi tumanlarida kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu hududlar orqali harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Shu bilan birga, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu pastqam joylarning suv ostida qolishiga va mahalliy suv toshqinlari yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar aholiga ob-havo haqidagi rasmiy ma’lumotlarni muntazam kuzatib borish, xavfli hududlarga bormaslik hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishni tavsiya etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ijtimoiy himoya tizimida ish haqi shartlari yangilandi

Published

on


O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq to‘lash shartlari tasdiqlandi. Shuningdek, mazkur muassasalar xodimlari uchun ish haqi razryadlari hamda ko‘p yillik mehnat faoliyati uchun har oylik ustamalar miqdori belgilandi.

Adliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq to‘lash shartlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Tegishli idoraviy hujjat 2026 yil 25 iyun kuni 3589-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Hujjatga muvofiq, quyidagi muassasalarda faoliyat yurituvchi direktor, bosh vrach, ularning o‘rinbosarlari, bosh hamshira, bosh buxgalter, buxgalter, iqtisodchi, kadrlar bo‘yicha inspektor hamda ijtimoiy xodimlar uchun mehnatga haq to‘lash razryadlari belgilandi:


Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari;



Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «G‘amxo‘rlik» markazlari;



Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;



Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar.


Shuningdek, ushbu lavozimlarda ishlovchi xodimlarga mehnat stajiga qarab har oylik ustama to‘lanishi belgilandi. Unga ko‘ra:


1 yildan 3 yilgacha — 30 foiz;



3 yildan 5 yilgacha — 60 foiz;



5 yildan 10 yilgacha — 80 foiz;



10 yildan 15 yilgacha — 100 foiz;



15 yil va undan ortiq mehnat stajiga ega xodimlarga — 120 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.


Yangi tartib ijtimoiy himoya tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnatiga munosib haq to‘lash va ularni uzoq muddatli faoliyatga rag‘batlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Valyuta bozorida talab va taklif keskin oshdi – Markaziy bank

Published

on


Markaziy bank 2026-yilning yanvar–may oylari bo‘yicha ichki valyuta bozori sharhini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatda chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif sezilarli darajada oshgan bo‘lsa-da, milliy valyuta kursi nisbatan barqaror saqlanib qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning dastlabki besh oyida yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan jami talabi 25,7 milliard dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,1 foizga yuqori.

Shu jumladan, korxonalar tomonidan 20,2 milliard dollarlik valyuta xarid qilingan bo‘lsa, aholi 5,5 milliard dollar miqdorida chet el valyutasini sotib olgan.

Ayni vaqtda valyuta taklifi ham o‘sishda davom etgan. Hisobot davrida bozorga jami 22,3 milliard dollar taklif qilingan bo‘lib, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 28,6 foiz yoki qariyb 5 milliard dollarga ko‘pdir.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, besh oy davomida aholi tijorat banklariga 10,2 milliard dollar sotgan. Yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valyuta hajmi esa 12,1 milliard dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, valyuta bozoridagi yuqori faollikka qaramasdan, milliy valyuta kursi nisbatan barqaror qolgan. Yanvar–may oylarida dollar kursi 11 938 so‘mdan 12 320 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda harakatlangan va yil boshiga nisbatan deyarli o‘zgarmagan.

Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu davrda dollar kursining o‘rtacha kunlik tebranishi 30 so‘m yoki 0,25 foizni tashkil etgan.

Mutaxassislar fikricha, valyuta taklifining o‘sishi, aholi va biznesning banklar orqali valyuta operatsiyalarini faol amalga oshirayotgani ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Farg‘onada 100 mln so‘m talab qilgan elektr korxonasi muhandisi ushlandi

Published

on


Muhandislarning noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Farg‘ona tumani elektr ta’minoti korxonasi muhandisi xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga elektr tarmog‘i tortish, elektr hisoblagich o‘rnatib, ulab berish, shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 100 mln so‘m talab qiladi.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan muhandis so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Sharof Rashidov tumani elektr ta’minoti korxonasi muhandisi ham o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fermer xo‘jalikning elektr energiyasidan mavjud 122 mln so‘m qarzdorligini mansabdor tanishlari orqali yo‘q qilib berish evaziga 50 mln so‘m talab qilib, muqaddam 10 mln so‘m olgan.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 40 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha muhandislarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Published

on


Energetika vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi. 

Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mamadaminov 2024-yildan beri vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Baxtiyor Mamatkarimov o‘rnini egallagan. 

Umarjon Egamberdiyev energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasining yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.