Connect with us

Sport

Rustam Qosimjonov terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi

Published

on


Xalqaro grossmeyster, 2004-yilgi FIDE Jahon chempioni Rustam Qosimjonov O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Rustam Qosimjonov – o‘zbek shaxmatining faxrli vakili, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. U nafaqat dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri sifatida tanilgan, balki xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining telegramdagi rasmiy kanalida qayd etilishicha, uning rahbarligida milliy jamoa oldida bir qator yangi vazifalar turibdi. Jumladan:


xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash;
yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

FIFA rahbari jahon chempionatlarini xususiylashtirmoqchi

Published

on


FIFA rahbari Janni Infantino futboldan yanayam ko‘p pul ishlamoqchi. The Times nashri qo‘lga kiritgan ma’lumotlarga ko‘ra, Infantino milliy terma jamoalar hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlarini boshqaradigan kompaniyaga asos solmoqchi.

Kelgusi yili FIFA prezidenti saylanadi, Infantino — yagona nomzod, u saylansa, 2031-yilgacha tashkilotni boshqaradi. Shundan so‘ng u mazkur kompaniyaga rahbarlik qilishi mumkin.

Yangi kompaniya aksiyalari xususiy sarmoyadorlarga taklif etilishi aytilmoqda. Xabarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga yaqin doiralar bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi — Joshua Kushner va JPMorgan banki Infantino kompaniyasining asosiy sarmoyadorlaridan biri bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Aksiyalarni taqsimlash tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: nazorat paketi FIFA ixtiyorida qoladi, xususiy sarmoyadorlar esa dastlabki bosqichda aksiyalarning 20–30 foizini sotib olish imkoniga ega bo‘ladi. Qolgan qariyb 20 foiz aksiya esa FIFA tarkibidagi 211 ta milliy futbol uyushmasiga ajratiladi. Har bir uyushmaga taxminan 20 million AQSh dollariga teng qiymatdagi aksiyalar tegadi, ular o‘z xohishlariga ko‘ra, bu aksiyalarni sotishlari ham mumkin. Moliyaviy imkoniyatlari cheklangan kichik futbol uyushmalari bu jozibador taklifni quchoq ochib kutib olishlari aniq.

Bu islohotning ehtimoliy kutilmalaridan biri jahon chempionatlari — milliy terma jamoalar hamda klublar o‘rtasidagi musobaqalarni tez-tez o‘tkazish bo‘lishi mumkin. Chunki kompaniyaning asosiy maqsadi daromadni imkon qadar ko‘paytirishdir. Qolaversa, musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar sonini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqilyapti.



Source link

Continue Reading

Sport

FIFA prezidenti o‘ziga qarshi tanqidlarga javob qaytardi

Published

on


Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino so‘nggi jahon chempionati doirasida o‘ziga qarshi bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda post chop etgan Infantino AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tgan jahon chempionatini (JCh) “dunyodagi eng yaxshi shou” deb atagan va hakamlik, intizomiy choralar hamda boshqa mojarolarga oid e’tirozlarni rad etgan.

Jahondagi millionlab muxlislar qiziqishini uyg‘otgan JCh mojarolar, bahsli qarorlar bilan ham e’tiborga tushdi.

“Aslida hakamlarning bahsli qarorlari yoki “g‘alati” intizomiy hukmlar, masalan, ehtimoliy yanglish qizil yoki sariq kartochkalar va ayrim vaziyatlarda futbolchilarni chetlatmaslik haqidagi keyingi qarorlar oddiy amaliyot hisoblanadi va dunyoning eng yirik ligalarining ayrimlarida keng qabul qilinadi”, –  deya FIFAning bahsli qarorlarini oqlashga uringan Janni Infantino.

FIFA rahbari, shuningdek, Vashington va Tehron harbiy ziddiyatiga qaramay, Eron terma jamoasi JChda qatnashganini yutuq o‘laroq sanagan. Ammo u Eron terma jamoasi AQShga viza olish va kelib-ketishda duch kelgan qiyinchiliklar masalasiga to‘xtalmagan.  

Tahlilchilarga ko‘ra, JCh-2026 siyosatchilar ko‘p marta aralashgan va aralashishga uringan musobaqa sifatida tarixga kirdi.  

Chempionat arafasidayoq AQSh prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli JChda Eron o‘rniga Italiya terma jamoasini tiqishtirishga urindi.

AQSh termasi jamoasi vakili Folarin Balogan bilan bog‘liq mojaro esa siyosat va sport sarhadlari qorishib ketganini ko‘rsatdi.

Balogan Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olgani uchun Belgiya bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak edi. Biroq FIFA Intizom qo‘mitasi FIFA Intizom kodeksining 27-moddasiga tayanib, diskvalifikatsiya ijrosini bir yillik sinov muddatiga almashtirdi. Ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Balogan masalasini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan FIFA rahbariyatiga murojaat qilgani ortidan shunday qaror qabul qilingan.

Buning ortidan Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UYeFA) Baloganga nisbatan qabul qilingan qaror yuzasidan FIFAni keskin tanqid qildi. UYeFA tarqatgan bayonotda mazkur qaror “misli ko‘rilmagan, tushuntirib bo‘lmaydigan va asossiz” deb baholandi.

Norvegiya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati esa ushbu holat bo‘yicha  Tramp ustidan shikoyat qilish niyatini bildirdi.

Bu yilgi JChning kumush medali sovrindori Argentina termasi jamoasini FIFA musobaqalaridan chetlatishga doir petitsiya rekord darajada – 23,3 millionta ovoz yig‘di.

Ko‘p million sonli muxlislar FIFA rahbariyati va hakamlar jamoasini mashhur futbolchi Lionel Messiga yon bosishda aybladi. Xususan, Lotin Amerikasi davlatining Shveysariya hamda Misrga qarshi o‘yinlardagi g‘alabalari shubha uyg‘otgan.

Darvoqe, final o‘yinidan keyin ham Messi jamoadoshlari mojaroli holatni yuzaga keltirdi. Xususan, futbolchilar Nauel Molina, Leandro Paredes va Tyago Almada hamda Argentina termasi bosh murabbiyi yordamchisi Roberto Ayala Ispaniya futbolchilariga nisbatan kuch ishlatgan.

Kuchli norozilik va tarmoqlardagi bosim ortidan FIFA Argentina futbolchilarining xatti-harakati tekshirilishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

Abduqodir Husanov «Manchester City» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi

Published

on


«Manchester City» O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan yangi besh yillik shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchi klub safida 2031 yilgacha to‘p suradi.

Husanov Angliya klubiga 2025 yil yanvar oyida kelib qo‘shilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida u Mark Geyi bilan markaziy himoyada ishonchli tandem hosil qilib, jamoaning so‘nggi 19 ta APL uchrashuvidan 16 tasida maydonga tushdi. Shuningdek, Angliya kubogi va Liga kubogi finallarida ham muhim rol o‘ynadi, deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Ta’kidlanishicha, 22 yoshli himoyachi «Manchester City» safida atigi 47 ta o‘yin o‘tkazganiga qaramay, yuqori tezligi va samarali himoyaviy harakatlari bilan Premyer-liganing eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etildi. U, shuningdek, klubning 2025/26 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar uchligidan ham joy olgan edi.

Bundan tashqari, Husanov O‘zbekiston terma jamoasining tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olishi yo‘lida ham muhim hissa qo‘shdi.

Yangi shartnoma imzolangach, Abduqodir Husanov klubda qolayotganidan mamnunligini bildirib, «Manchester City»da har kuni rivojlanayotganini ta’kidladi.

«Bu men va oilam uchun juda quvonchli kun. Manchesterga kelganimdan buyon har bir lahzadan zavq oldim va futbolchi sifatida ko‘p narsani o‘rgandim. Endi yangi vazifam — Enso Mareska va uning murabbiylar shtabiga o‘zimni namoyon etish hamda jamoada muntazam o‘rin egallash. Muxlislarga qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat. Endi bor e’tiborim klub muvaffaqiyati uchun bor kuchimni berishga qaratilgan», — dedi Husanov.

Klubning futbol bo‘yicha direktori Ugu Viana esa Husanovning Angliyaga kelganidan buyon rivojlanishidan mamnun ekanini bildirib, uning jahon darajasidagi markaziy himoyachiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining eng yaxshi yillari hali oldinda va u Enso Mareskaning rejalarida muhim o‘rin tutadi.



Source link

Continue Reading

Sport

Fransiya va Germaniya birgalikda jahon chempionatini o‘tkazishi mumkin

Published

on


Kelasi mundiallardan biri Fransiya va Germaniya o‘tishi mumkin. 

​«Le Parisien» nashrining xabar berishicha, Fransiya va Germaniya Jahon chempionatini birgalikda o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda.

​Ikki mamlakat 2038 yoki 2042-yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza topshirishi kutilyapti. 2030-yilgi Jahon chempionati Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi.

​Ochilish o‘yinlari Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi. 2034-yilgi Jahon chempionati Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari aniq bo‘ldi

Published

on


Yaponiyada o‘tkaziladigan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarining jamoaviy sport turlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Unga ko‘ra, futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi S guruhida Vetnam, Filippin va Kuvayt bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.

A guruhi: Yaponiya, Tailand, Qirg‘iz Respublikasi, Gongkong

B guruhi: Xitoy, BAA, Eron, KXDR

C guruhi: Vetnam, O‘zbekiston, Filippin, Kuveyt

D guruhi: Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Qatar.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.