Iqtisodiyot
Reklamachilarning 67 foizi Toshkentda faoliyat yurityapti
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga, respublikamizda reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 766 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda (ular eng ko‘p Toshkent shahrida — 1 189 ta yoki jami reklama bilan shug‘ullanuvchilarning 67,3 foizi).
Ko‘rsatkich yil boshidan 173 taga oshgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 110,1 foizni tashkil etgan.
Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 1 189 ta
Samarqand viloyati — 98 ta
Toshkent viloyati — 84 ta
Jizzax viloyati — 70 ta
Farg‘ona viloyati — 63 ta
Buxoro viloyati — 47 ta
Surxondaryo viloyati — 34 ta
Andijon viloyati — 33 ta
Namangan viloyati — 29 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. — 28 ta
Qashqadaryo viloyati — 27 ta
Navoiy viloyati — 26 ta
Xorazm viloyati — 22 ta
Sirdaryo viloyati — 16 ta