Sport
«Real»da kambek, «MYu»da infarkt qiluvchi g‘alaba. Kun o‘yinlari
APLda hozircha «Chelsi» yakkapeshqadam, la ligada «Atletiko» g‘alabasiz seriya qayd etmoqda. Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Ispaniya: «Atletiko» depsinmoqda
La Liga. 3-tur
«Real» – «Malyorka» 2:1
Gollar: Guler 37, Vinisius 38 – Muriki 18.
«Real»: Kurtua, Trent (Karvahal 72), Militao, Hausen, Fernandes, Valverde, Chuameni, Mastantuono (Dias 66), Guler (Sebalos 72), Vinisius (Rodrigu 72), Mbappe (Garsiya 90+5)
«Malyorka»: Roman, Kumbulla, Raylo, Valent, Lato (Moxika 78), Morey (Sanches 78), Morlanes (Asano 87), Pablo Torre (Koshta 64), Darder, Muriki, Jozef (Virxili 87)
Ogohlantirishlar: Hausen 67, Eder Militau 89.
Mavsum boshidagi taqvim «Real»ni «Barselona»ni ortdan quvishga majbur qilgandi. Kataloniyaliklar dastlabki ikki turni ertaroq o‘tkazgan va o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozongandi, ammo bu safar madridliklarning o‘yini bir kun oldinroqqa qo‘yilgandi. «Real» o‘z uyida «Malyorka»ni qabul qildi va bu o‘yinda alohida intriga kutilmayotgandi. Orolliklar jamoasi yil boshidan buyon safar o‘yinlarida faqat bir g‘alabaga erishgandi. Ammo o‘yin kutilmagan ssenariy bo‘yicha rivojlandi.
«Malyorka» sxemani o‘zgartirdi va besh himoyachi bilan maydonga chiqdi. Jamoa bosh murabbiyi
a himoyachilardan qochib ketib, darvozani ishg‘ol etdi. Faqat vaziyatga VAR aralashdi va kichik ofs
ayd qayd etdi. Birinchi bo‘lim davomida Mbappening yana bir goli «o‘yindan tashqari holat» tufayli bekor qilindi.
Keyin esa kutilmaganda «Malyorka» hisobni ochdi. Va bu ishni Muriki amalga oshirdi, u birinchi turda «Barselona»ga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ishlagandi va diskvalifikatsiyani o‘tab qaytishga ulgurgandi. Gol qaysidir ma’noda tasodifiy chiqdi. Hujumchi barcha bilan birgalikda sakradi, to‘p esa uning yelkasiga tekkan holda darvoza to‘riga yo‘l oldi.
«Real» bungacha ham, bundan keyin ham ishonchli o‘ynadi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq muvozanatni o‘z tomoniga og‘dirdi. 37-daqiqada Hausen olis ustun oldida barchadan baland sakrab, to‘pni bosh bilan Guler va Mastantuono turgan joyga tashlab berdi. Turkiyalik yarimhimoyachi ildamroq harakat qilib, deyarli bir metr masofadan turib darvozani ishg‘ol etdi.
Keyingi daqiqada esa «Real» hisobda oldinga chiqib oldi. O‘tgan turda gol va assist muallifi bo‘lgan Vinisius yana o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Braziliyalik vinger jarima maydoniga yorib kirib, chap oyog‘ida olis burchak tomon ideal zarba yo‘lladi – darvozabonda hech qanday imkoniyat yo‘q edi. «Real»ning ikki goli orasida atigi 73 soniya o‘tdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida «Real»ning uchinchi goli ham bekor qilindi. VAR bu safar Gulerni dubldan mahrum etdi. Videotakror goldan oldin to‘p uning qo‘liga tekkanini ko‘rsatdi. Uning qo‘li tanasiga yopishgan holatda edi, ammo arbitrlar buni baribir fol deb hisobladi. «Malyorka»da esa ikkinchi bo‘lim davomida bir necha yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Hujumlardan birida Darder raqib jarima maydoni tomon ajoyib yurish amalga oshirdi, boshqasida to‘p «Real» himoyachisi Fernandesning qo‘liga tegdi, ammo hakam bunga e’tibor qaratmadi.
Keyin esa kechaning eng yorqin haylayti kuzatildi. Zaxiradan tushgan Koshta kuchli zarba berdi va Kurtua unga yeta olmasligi tayin edi. Videotakrorda to‘p darvoza sohasiga to‘g‘ri borayotgani va Fernandes sakragan holda to‘pni olib chiqayotganini ko‘rish mumkin.
Shundan keyin Alonso uchtalik almashtirish qildi – Trent, Guler va Vinisius o‘rniga mos ravishda Karvahal, Sebalyos va Rodrigo tushishdi. Buning evaziga mezbonlar o‘yinni sovitishga erishishdi. O‘yinda hisob o‘zgarmay qoldi va uch turda uch g‘alabadan keyin madridliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Bugun «Barselona» safarda «Rayo Valekano»ni yengib, madridliklarga yetib olishga harakat qiladi.
«Alaves» – «Atletiko» 1:1
Gollar: Visente 14 (pen) – Simeone 7.
«Alaves»: Sivera, Diarra (Gevara 58), Tenalya, Garses, Xonni, Ibanes (Benavides 80, Suares 89), Blanko, Visente, Guridi (Gonsales 57), Alenya, Martines (Dias 80).
«Atletiko»: Oblak, Liorente, Le Norman, Langle, Gansko (Rudjyeri 73), Simeone (Koke 89), Kardoso (Gallaher 73), Barrios, Almada (Grizmann 73), Alvares (Raspadori, 89).
Ogohlantirishlar: Diarra 38, Gonsales 84 – Kardoso 29, Serlot 42, Koke 90+5.
«Atletiko» esa hamon g‘alabasiz qolmoqda. Mag‘lubiyat va ikki durang — Diyego Simeone jamoasi uchun dahshatli tush, lekin «Alaves»ga qarshi safar o‘yini qiyin kechishini statistika ham ko‘rsatib turgandi. «Matraschilar» bu jamoaga uning stadionida qatorasiga uch o‘yinda gol urolmagan. Bu safargi o‘yin boshida Juliano Simeone noxush seriyaga chek qo‘ydi, ammo golni nishonlamadi, chunki u Madrid klubiga qaytgunicha «Alaves»da ham ijara asosida o‘ynagandi. Madridliklar muvaffaqiyatni rivojlantira olishmadi, hisob tenglashganidan keyin ham ko‘plab golli vaziyatlar yo‘qqa chiqarildi. Mezbonlar esa yil boshidan buyon sakkizinchi bor penalti tepish orqali hisobni tenglashtirishgandi. «Alaves» 11 metrlik jarima zarbalari ishlash borasida la ligada «Real» bilan birgalikda yetakchilik qilmoqda.
Angliya: «Tottenhem»da ilk yo‘qotish
APL. 3-tur
«Chelsi» – «Fulhem» 2:0
Gollar: Pedro 45+9, Enso 56 (pen).
«Chelsi»: Sanches, Gyusto, Adarabioyo, Chaloba, Kukurelya, Fernandes, Kaysedo, Estevao (Gittens 68), Pedro, Netu (Jyeyms 81), Delap (Jorj 14 / Santos 81).
«Fulhem»: Leno, Tete, Andersen, Bessi, Sessenion (Robinson, 67), Lukich, Berge, Kastan (Uilson, 60), King (Smit-Rou, 67), Ivobi (Traore, 84), Munis (Ximenes, 60).
Ogohlantirishlar: Kaysedo (38), Santos (90+4) – Ivobi (74), Lukich (90+7).
O‘tgan turda «Fulhem» «MYu»ga jiddiy muammo tug‘dirgandi (1:1), endi esa «Stemford Brij» mezbonlarini hujumkor o‘yin kutayotgandi. Qolaversa, o‘yin debyutidayoq «Chelsi» tarkibida yo‘qotish ro‘y berdi. Jamoa yetakchisi Palmer ortidan Delap ham lazaretga yo‘l oldi. Mehmonlarning tarkib borasida muammolari yo‘q edi. Ko‘klar faqat VAR aralashuvi tufayli o‘yin boshidagi hujumlardan omon chiqishdi, Kingning ajoyib goli bekor qilindi, hakamlar bu hujum boshlanishida Rodrigo Muniz Chalobaning oyog‘ini bosib olganiga e’tibor qaratishdi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Kaysedo Kastanning zarbasidan keyin darvoza to‘riga kirib ketayotgan to‘pni to‘sib qoldi. Shundan keyin ko‘klar jamoasi oldinga tashlandi va bo‘limga qo‘shib berilgan sakkiz daqiqa tugaganidan keyin amalga oshirilgan burchak zarbasida Enso Fernandes va Joau Pedruning sa’y-harakatlari bilan hisobni ochishdi. Bu gol o‘yin mantig‘iga umuman mos emasdi, ikkinchi bo‘lim boshida esa mehmonlar yana hakam qaroridan jabrlanishdi. Hakam monitor qarshisiga borib, mezbonlarning bir hujumi davomidagi bir necha epizodni ko‘rib chiqdi, jumladan, Pedru to‘pni qo‘l bilan o‘ynaganini ham, ammo bunga e’tibor qaratmadi. Lekin to‘p Sesenonning qo‘liga tekkani uchun «Fulhem» darvozasiga penalti belgiladi. Enso esa zarbani benuqson amalga oshirdi va ko‘klar hisobni o‘yin oxirigacha ushlab qolishdi.
«MYu» – «Byornli» 3:2
Gollar: Kallen 27 (avt), Mbeumo 57, Fernandesh 90+7 (pen) – Foster 55, Antoni 66.
«Manchester Yunayted»: Bayindir, Yoro (Mazraviy 86), De Ligt, Shou, Diallo, Fernandesh, Kazemiro (Sheshko 72), Dalot, Mbeumo, Maunt (Maynu 46), Kunya (Zirkze 32).
«Byornli»: Dubravka, Uoker, Ekdal (Uorrell 83), Estev, Hartman, Ugochukvu (Loran 76), Kallen, Bruun-Larsen (Sonne 83), Mejbri (Chauna 65), Entoni, Foster.
Ogohlantirishlar: Fernandesh 76 – Chauna 89, Entoni 90+5, Uoker 90+7, Loran 90+10.
«MYu» nihoyat omadni o‘ziga kulib boqishga majbur qiloldi. Kamida birinchi golni omad kelishi deyish mumkin: to‘p darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi, ammo «Byornli» sardori Kallenga tekkan holda yana darvoza tomon yo‘l oldi, darvozabon Dubravka esa to‘pni faqat chiziqdan o‘tganidan keyingina qaytardi. Mankunianliklargacha APLda hech kim mavsumning dastlabki uch o‘yinida raqibni ikki bor avtogol urishga majbur qilolmagandi. Shu bilan birga, «qizil iblislar» standart vaziyatlar ustida ham ishlagani ko‘rinib turdi. Birinchi bo‘lim davomida ular standartdan yana bir gol urishi mumkin edi, ammo Mauntning boshda yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p to‘singa bordi, boshqa bir vaziyatda mehmonlarni darvozabon qutqardi. Barchasi nazorat ostida ketayotgandek edi, faqat mankunianliklar va xotirjamlik — bir-biriga begona tushunchalardir.
Ikkinchi bo‘lim boshida Brun-Larsenning jarima maydoniga uzatmasidan keyin qo‘riqchisiz qoldirilgan Foster hisobni tenglashtirganida Ruben Amorimning holatiga havas qilib bo‘lmasdi. To‘g‘ri, Mbemo darhol «Yunayted» safidagi birinchi goli bilan mezbonlarga hisobdagi ustunlikni qaytardi, ammo bu ustunlikni saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi, o‘n daqiqa o‘tmasdan Entoni navbatdagi golini urib, yana muvozanatni tikladi. Ammo aynan shu futbolchi antiqahramoniga aylandi. O‘yin taqdiri hakam tomonidan qo‘shib berilgan yettinchi daqiqada hal bo‘ldi, Entoni jarima maydoni ichida Amadning futbolkasidan tortib qoldi va hakam nuqtani ko‘rsatdi.
O‘tgan turda penaltidan foydalana olmagan Brunu Fernandesh bu safar to‘pni burchakka yo‘lladi va xuddi jamoasi bilan titul yutgandek xursandchilik qildi.
«Tottenhem» – «Bornmut» 0:1
Gol: Evanilson 5.
«Tottenhem»: Vikario, Porro(Udogi, 71), Romero, Van den Ven, Spens, Sarr (Tel, 76), Palinya (Bergvall 54), Bentankur, Quddus, Risharlison, Jonson (Odober 54).
«Bornmut»: Petrovich, Tryuffer, Senesi, Diakite, Smit (Hill, 26), Adams, Semenyo, Tavarne (Krupi, 81), Skott (Kristi 63), Bruks (Adli, 64), Evanilson (Klyuyvert, 81).
Ogohlantirishlar: Semenyo (12), Petrovich (72), Adams (88), Hill (90+7) – van de Ven (14), Spens (65).
«Tottenhem»ning ikki g‘alabasi jamoa muxlislarining kutilmalarini oshirib yuborgandi, ammo bu tur Tomas Frank shogirdlari uchun kutilmagan syurpriz tayyorlab qo‘ygandi. «Shporlar» tanaffusga qadar birorta zarba berolmadi, bu esa jamoa uchun so‘nggi o‘n mavsumda uy o‘yinlaridagi ikkinchi shunday holat bo‘ldi. Taqqoslash uchun, «Bornmut» dastlabki 45 daqiqalikda Vikario qo‘riqlagan darvoza tomon o‘nta zarba yo‘lladi va shulardan bittasi muvaffaqiyatli chiqdi. 5-daqiqadayoq Senesi jarima maydonida ochilgan Evanilsonni golli uzatma bilan ta’minladi. Bu «Tottenhem» joriy mavsumda o‘tkazgan birinchi gol bo‘ldi, «giloslar» jamoasiga esa g‘alaba uchun shu gol ham yetarli bo‘ldi.
Italiya: «Napoli»ning xarakteri va Dibalaning klassi
«Napoli» – «Kalyari» 1:0
Gol: Angissa, 90+5
«Napoli»: Meret, Juan Jyezus (Buondjorno 68), Rraxmani, Spinatssola (Olivera 81), Di Lorenso, Lobotka, De Bryuyne (Lang 81), Zambo Angissa, Maktominay, Politano, Lukka (Ambrozino 75)
«Kalyari»: Kaprile, Mina, Obert, Luperto, Adopo, Deyola, Prati (Gaetano, 65), Pelestra (Idrissi, 83), Dzappa (Luvumbu, 58), Folorunsho (Di Pardo, 83), Espozito (Borrelli, 66)
Ogohlantirishlar: De Breyne 52, Juan Jyezus 67 – Dzappa 5.
Neapoldagi o‘yinning birinchi bo‘limida amaldagi chempionlar «Kalyari» ustidan ustunlikka erisha olmadi. Faqat tanaffus arafasida Maktominayda dastlabki xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo Kaprile yaqin burchakka yo‘llangan zarbani bartaraf etdi. O‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan ushbu shotlandiyalik yarimhimoyachi ikkinchi bo‘lim oxirida ham o‘yin taqdirini hal qilish uchun qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo uning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga bordi. Ammo bu hali Antonio Konte jamoasi qo‘ldan chiqargan so‘nggi imkoniyati emasligi ma’lum bo‘ldi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda yana Maktominay yaxshi pozitsiyada turib, qaychi uslubida zarba yo‘llashga harakat qildi, faqat standart vaziyatda markaziy himoyachi Buondjorno qanotdan pas berib, Zambo-Angissani qulay vaziyatga chiqarishi mezbonlar joniga ora kirdi. Zerikarli kechgan o‘yin so‘nggida g‘alabani ilib ketish orqali janubliklar chempionlik xarakterini yana bir bor namoyish etishdi.
«Piza» – «Roma» 0:1
Gol: Sule, 55
«Piza»: Shemper, Lusuardi (Kalabrezi 64), Karachcholo, Kanestrelli, Ture, Marin (Stengs 83), Ebisher, Angori (Leris 83), Moreo (Nzola 65), Tramoni, Meyster
«Roma»: Svilar, Manchini, Ndika, Ermoso (Zeki Chelik 82), Kristante, Kone, Anxelinio (Rench 90+1), Uesli Vinisius, Soule (Al-Aynaviy 90+1), Al-Sha’roviy (Dibala 46), Fergyuson (Dovbik 73)
Ogohlantirishlar: Marin 32, Meyster 90 – Fergyuson 33
V seriyadan ko‘tarilgan «Piza» maydonidagi o‘yinda rimliklar 45 daqiqa davomida hujumda faol bo‘la olishmadi. Natijada Jan Piyero Gasperini tanaffusdayoq Dibalani tarkibga qo‘shdi, argentinalik hujumchi jarohat tufayli mavsumoldi yig‘inlarini deyarli to‘liq o‘tkazib yuborgandi va faqat chempionat startiga bir hafta qolganida bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinda qatnashgandi. Birinchi turda «Bolonya»ga qarshi kechgan o‘yinda esa Pauloga 20 daqiqadan ko‘proq o‘yin amaliyoti berildi. Bu safar hujumchi bir bo‘lim o‘ynadi va hal qiluvchi golni tashkillashtirdi, u jarima maydoni markazida ochilgan Fergyusonni to‘p bilan ta’minladi, darvozaga orqa qilib turgan irlandiyalik hujumchi esa zarba berish nuqtasiga ochilgan Soulega uzatma berdi. Bu g‘alaba goli bo‘lib qoldi, Dibalaning uzatmasidan keyin urilgan yana bir gol esa VAR aralashuvi bilan bekor qilindi.
Germaniya: «Ayntraxt»ning kuchli starti va «Bavariya»da asabiy o‘yin
«Verder» – «Bayyer» 3:3
Gollar: Shmid 44 (pen), Shmidt 76, Kulibali 90+4 – Shik 5, 64 (pen), Tillman 35.
«Verder»: Bakxaus, Shtark, Kulibali, Agu, Sugavara, Linen, Chovich (Bittenkurt, 65), Shmid, Mbangula (Shmidt, 71), Ndjinma (Alvero, 65), Gryull (Topp, 71)
«Bayyer»: Flekken, Kuansa, Tapsoba, Tap (Bade, 72), Andrix, Garsiya (Echeverri, 61), Grimaldo, Tella (Maza, 87), Tillman (Palasios, 61), Kofane (Poku, 72), Shik
Ogohlantirishlar: Linen 37, Shtark 45, Shmidt 90 – Kofane 57, Tella 70, Kuansa 86.
Chetlatish: Shtark 63 (ikkinchi sariq)
Birinchi turda juda nursiz o‘yin ko‘rsatgan «Bayyer» Bremendag o‘yinni tezkor va chiroyli gol bilan boshladi. Asosiy rolni Tella bajardi, u markaziy zonada to‘pni egallab olib, jarima maydonigacha olib bordi va Shikka namunali pas uzatdi. Yozda PSVdan sotib olingan AQSh milliy jamoasi yarimhimoyachisi Tillman esa muvaffaqiyatni rivojlantirdi, «Verder» bo‘lim oxirida hisobni qisqartirdi, ammo 64-daqiqada mehmonlar uchinchi golni ham urishdi. Shtarkning qo‘polligi uning uchun ikkinchi sariq kartochkaga aylandi va Shik penaltidan dublni nishonlagach, Erik ten Hagdan final hushtagini kutish va bundesligadagi ilk g‘alaba uchun tabriklarni qabul qilish qolgandi. Ammo bu faqat nazariyada shunday, amalda esa Flekken o‘z himoyachilarini sug‘urtalashda o‘zini g‘alati tutdi, natijada Isak Shmidt uni aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng leverkuzenliklar sarosimaga tushib qolishdi va oxir-oqibat qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi. «Verder» uchun bu ikki karra tarixiy lahzadir. Birinchidan, oq-yashillar jamoasi o‘z tarixida ilk bir kishi kam bo‘lib o‘ynab ham ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarishdi. Ikkinchidan, hisobni tenglashtirgan golni urgan Kulibali bremenliklarning bundesligada gol urgan eng yosh futbolchisi (18 yoshu 99 kunlik) bo‘ldi.
«Hoffenhaym» – «Ayntraxt» 1:3
Gollar: Premel 90+1 – Doan 17, 27, Uzun 51.
«Hoffenhaym»: Baumann, Granach (Haydari, 72), Chaves, Bernardu (Prass, 86), Tsoufal, Avdullahu, Tuxumchi (Premel, 59), Kramarich (Damar, 59), Ture, Asllani (Moerstedt, 73), Lemperle
«Ayntraxt»: Tsetterer, Kox, Kollinz, Teat, Kristensen (Hoylund, 82), Shaibi, Larsson, Uzun (Braun, 63), Baoyya (Knauff, 63), Doan (Buta, 78), Vahi (Batshuayi, 82)
Ogohlantirishlar: Tuxumchi 57 – Shaibi 45, Buta 84.
«Ayntraxt» bir hafta oldingi taassurotlarni mustahkamladi va hujum yetakchilari – Marmush va Ekitikedan ayrilishni og‘riqsiz o‘tkazganini namoyish etmoqda. Birinchi turda «burgutlar» safida Jan Uzun va Baoyya boshchiligidagi yoshlar yakkaxon chiqish qilgan bo‘lsa, «Hoffenhaym» maydonida kechgan 2-tur o‘yinida Doan katta sahnaga chiqdi. Frankfurt klubi shu yozda «Frayburg»dan 21 million yevro evaziga sotib olgan yaponiyalik futbolchi dubl bilan o‘ziga sarflangan pullarni oqlashni boshladi. U Germaniya kubogida ham «Ayntraxt» safida rasmiy debyut qilgan kuni dubl qayd etgandi va endi o‘n daqiqa ichida ikkita golli zarba bilan «qishloq jamoasi»ni dog‘da qoldirdi. Bundan tashqari, Doan ikkinchi bo‘lim boshida Uzunga hisobni yirik ko‘rinishga olib chiqishga yordam berdi. Hozircha Dino Topmeller jamoasi bundesligada «Bavariya»ga raqobat qilishga urinib ko‘rishi mumkin bo‘lgan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Shunisi e’tiborliki, «Ayntraxt» XXI asrda faqat ikkinchi marta (2012 yildan beri birinchi marta) chempionatni ikkita g‘alaba bilan boshladi.
«Augsburg» – «Bavariya» 2:3
Gollar: Yakich 53, Komur 76 – Gnabri 28, Dias 45+4, Olise 48.
Augsburg: Damen, Matsima, Gaueleu, Shlotterbek, Volf, Jakich, Massengo (Benks, 90), Yannulis (Kade 64), Fellhauer, Saad (Tits 64), Komur.
«Bavariya»: Noyyer, Laymer (Boe, 71), Upamekano, Ta, Stanishich, Kimmih, Goretska (Pavlovich 71), Olise, Gnabri (Gerreyru 86), Dias, Keyn.
Ogohlantirishlar: Gaueleu 31, Shlotterbek 86, Tseziger 90 – Laymer 60, Olise 60, Dias 90, Boe 90.
Bu hafta «Bavariya» ham bo‘shashishi mumkinligi ko‘rsatdi. Hafta o‘rtasida Germaniya kubogida ham myunxenliklar uchinchi divizion vakili «Veyen»ga qarshi o‘yinning faqat qo‘shimcha daqiqalarida g‘alabaga erishgan (3:2) va muxlislarni asabiylashishga majbur qilgandi. O‘shanda Keynning goli hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, shanba kuni esa Harri Gnabri va Olisega assistentlik qilish uchun maydonga tushgandi, Dias esa qatorasiga ikkinchi turda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. «Augsburg» 0:3 hisobidan keyin sinib qolmadi va ikkinchi bo‘lim boshida Yakich o‘zini ko‘rsatdi. U avvaliga hisobni qisqartirdi, keyin Mert Komurga assistentlik qildi. Mavsumlar oralig‘ida «Augsburg» boshqaruviga kelgan Germaniya terma jamoasi sobiq forvardi, bungacha terma jamoada Yulian Nagelsmanga assistentlik qilgan 37 yoshli Sandro Vagner bu o‘yin uchun shogirdlaridan mamnun bo‘lishi mumkin.
Fransiya: «PSJ»ning rekordi
«Tuluza» – «PSJ» 3:6
Gollar: Charli Kressuell 37, Yann 89, Vossa 90+1 – Nevesh 7, 14, 78, Barkolya 9, Dembele 31 pen., 51 pen.
Aniq ijro etilmagan penalti: Kasseres, 45+8’
«Tuluza»: Reste, Kressuell, Nikolaysen (Kamanzi, 63), Makkenzi, Kasseres, Sauer (Vossa, 63), Metal (Koumbassa, 79), Sidibe (Edjuma, 63), Gboo, Dennum, Magri (Idalgo, 70)
«PSJ»: Shevale, Beraldo, Zabarniy, Nunu Mendesh (Pacho, 46), Hakimi, Vitinya (Zair-Emeri, 46), Ruis, Joau Nevesh, Barkolya (Mbay, 75), Due (Kvaratsxeliya, 63), Dembele (Ramush, 70)
Yevropa Superkubogidan bir hafta oldin ta’tildan qaytgan «PSJ»Fransiya chempionatini minimal hisobdagi g‘alabalar bilan boshlagandi. Ikkita 1:0 hisobidagi g‘alaba Luis Enrike jamoasi uchun noodatiy natija edi. Ammo asta-sekin parijliklar qizib olishi aniq edi va bu uchinchi turga kelib sodir bo‘ldi. «Tuluza» oldingi ikki turda darvozasidan to‘p o‘tkazmagan va 100 foizlik natija qayd etib, turnir jadvalida to‘plar nisbatiga ko‘ra amaldagi chempionni ortda qoldirayotgan jamoa edi, bu o‘yinda esa chorak soat ichida uchta zarbani o‘tkazib yubordi. «PSJ» hech qachon va hech qaysi turnirda bunchalik tez uchta gol urmagandi.
Joau Nevesh va Barkolya birgalikda tarix yozishdi. Birinchi bo‘lim yakuni esa Shevalening benefisiga aylandi. Parijliklarning yangi birinchi raqamli futbolchisi Magri ijrosidagi penaltini qaytardi va hakam nuqtadan takroriy zarba ijro etish kerakligini ko‘rsatganida esa Kasseres ham uning qarshisida ojiz qoldi. Venesuelalik futbolchining markazga yo‘llagan zarbasi ko‘krak bilan qaytarildi. Dembele esa ushbu futbolchilarga saboq berib, ikkinchi bo‘lim davomida ikki marta 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Nevesh esa o‘yin oxiriga borib faoliyatidagi ilk het-trikka erishdi. Shanba kungi o‘yin kalendar yildagi 46-uchrashuvi bo‘lgan Duening ko‘rsatkichini ham alohida ta’kidlash lozim. Top-5 ligalarda hech kim bunchalik ko‘p o‘ynamagandi.
Sport
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Afsonaviy futbolchi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Leo ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi maktubni e’lon qildi.
«Finaldan keyingi voqealar va uzoq o‘ylanishlardan so‘ng barchaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu og‘riqli qaror bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Biroq hozir buning uchun eng munosib vaqt ekanini tushunyapman.
Qasam ichaman, men nafaqat so‘nggi yillarda, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan davrimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuchimni berib keldim. Har doim kurashdim va sizlarga quvonch ulashish, futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun ushbu kiyim sharafi uchun borimni berdim.
Vaqt oz qoldi. Yangi boblar ochilmoqda, ammo bu bob menga chuqur og‘riq bermoqda. Men milliy terma jamoada bo‘lishni sevdim, sevaman va har doim sevib qolaman. Bor kuchimni berdim. Endi beradigan boshqa narsam qolmadi.
Bundan tashqari, ortimdan juda iste’dodli yosh futbolchilar kelmoqda va ular terma jamoada bo‘lishga loyiq. 20 yil davomidagi mehringiz uchun rahmat», — deb yozdi Messi.
Messi Argentina terma jamoasida 2005 yildan buyon o‘ynab kelgan. U jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan, shuningdek, 2008 yilgi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Leo bilan Argentina 2014 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida finalga chiqqan. Jamoa 2007, 2015 va 2016 yillardagi Amerika kubogida ham kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
-
Sport2 days ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Jamiyat2 days ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport2 days ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
-
Siyosat3 days ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Siyosat24 hours ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
-
Jamiyat18 hours ago
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
-
Siyosat17 hours ago
Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi
-
Sport7 hours ago
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
