Connect with us

Sport

«Real» «Siti»ga yutqazdi, «Arsenal»da yana yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari

Published

on


«Arsenal» 100 foizlik ko‘rsatkich bilan amalda pley-offni hal qildi, «PSJ» gol urolmadi. Chorshanba oqshomida YeChLning 6-turi doirasidagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

Alonsoning kursisi qimirlamoqda

«Real» – «Manchester Siti» 1:2

Gollar: Rodrigu, 28 (1:0). O`Rayli, 35 (1:1). Holand, 43 – penalti (1:2)

«Real»: Kurtua, Raul Asensio (Endrik, 79), Ryudiger, Karreras, Valverde, Tshuameni, Bellinghem, Sebalyos (Dias, 67), Vinisius Junior, Rodrigu, Garsiya (Arda Guler, 58)

«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Mateus Nunes, Gonsales, Foden (Reynders, 70), Bernardu Silva, Sherki (Marmush, 70), Doku (Ake, 88), Holand (Savio, 70)

Ogohlantirishlar: Ryudiger, 43. Rodrigu, 87. Karreras, 88 – Foden, 11. O`Rayli, 76. Bernardu Silva, 90

«Real»da qulashda davom etdi, bu safar jamoa o‘z uyida «Manchester Siti»ga yutqazdi – 1:2.

Habi Alonsoni to‘g‘ri tushunish mumkin, hozirda «Real» mudofaasi ayanchli ko‘rinishda qolgan – Militao, Hausen, Karvahal, Trent va Mendi jarohatlangan. Natijada Alonso markaziy himoyada Ryudigerga yosh Asensioni sherik qilib tushirdi, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Martines va Valdepenyas kabi futbolchilarni jamoa muxlislari ham tanimasdi. Hujumda esa bundan ham jiddiyroq yo‘qotish bor edi, Kilian Mbappe o‘yindan bir kun oldin oyog‘ida og‘riq his qildi va mashg‘ulotlarni ham o‘tkazib yubordi, o‘yin kuni esa zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. Uning o‘rniga hujumda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida porlagan, lekin shundan buyon o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Gonsalo Garsiyani tushirishga to‘g‘ri keldi.

Shunga qaramay, mezbonlar o‘yinni hujumkor boshlagan va tezkor gol urishi mumkin edi. O‘yinning 2-daqiqasidayoq bosh hakam Kleman Tyurpen avvaliga mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi, ammo VAR uning xatosini tuzatdi: videotakrorda Mateush Nunesh Vinisiusni jarima maydoni tashqarisida yiqitgani ma’lum bo‘ldi. Mezbonlar hujumkorlikni davom ettirishdi, 28-daqiqada esa «Siti»ga qarshi o‘yinlarda porlaydigan Rodrigo yana o‘zini ko‘rsatdi.

Braziliyalik vinger bungacha qatorasiga 32 o‘yinda (mart oyidan buyon) gol ura olmagandi, lekin o‘zi uchun sevimli bo‘lgan raqibga qarshi o‘yinda bu seriyasini buzishga qaror qildi.

O‘tkazib yuborilgan gol «Siti»ga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va darhol javob qaytarildi. Gol burchak zarbasidan keyin urildi: Gvardiol to‘p uchun kurashda Bellinghemdan ustun keldi va bosh bilan zarba yo‘lladi, Kurtua to‘pni qaytardi, ammo to‘pga birinchi bo‘lib O’Rayli yetib keldi.

43-daqiqada esa mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi: Antonio Ryudiger jarima maydoni ichida Erling Holandni ushlab qoldi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Erling zarbani aniq ijro etdi.

Shundan keyin «Real» ochiqchasiga sochilib ketdi va faqat Kurtuaning seyvlari jamoani yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin qarama-qarshi kurslarda kechdi. «Real» va «Siti» navbati bilan hujum uyushtirdi, ammo shunday xaotik o‘yinda ham madridliklar vaziyatni o‘z tomoniga og‘dira olmadi. «Siti» asosan Dokuning qanotidan oldinga o‘tdi va ikkinchi bo‘limda ham Kurtua Doku va Sherkining murakkab zarbalarini qaytarib, jamoasini o‘yinda olib qoldi. 

Mezbonlarda ham bir necha yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, ammo Bellinghem va Vinisiusga qulay pozitsiyalardan zarba berishda aniqlik yetishmadi. O‘yin oxirlarida, Alonso va-bankka qo‘l urib, Endrikni ham maydonga tushirganida esa Vini superimkoniyatni yo‘qqa chiqardi – u olis ustun yaqinida turib to‘g‘ri zarba berolmadi. Endrikning boshda yo‘llagan zarbasidan keyin esa to‘p to‘singa tegib, maydondan chiqib ketdi. «Real» o‘yinni ajablanarli statistika bilan yakunladi: jamoa o‘yin davomida jami 16 bor zarba berdi va shundan faqat bittasi (Rodrigoning goli urilgan vaziyatda) darvoza sohasiga to‘g‘ri bordi.

● «Real» so‘nggi sakkiz o‘yinda atigi ikki g‘alabaga erishgan: bu oraliqda «Liverpul» va «Selta» kabi klublardan ham yutqazdi, yana uch o‘yinda durang o‘ynadi.

● «Manchester Siti» «Real»ni 2023 yildan buyon so‘nggi besh o‘yinda ilk bor mag‘lub etdi.

● Holandning goli – YeChLdagi 55-gol bo‘ldi. U turnirdagi o‘yinlari sonidan gollari soni ko‘proq bo‘lib turgan yagona futbolchi. 

Keyingi turda «Real» «Monako»ni qabul qiladi, «Siti» Holandning vataniga safar qilib, «Bude-Glimt» mehoni bo‘ladi.

«Arsenal»da ideal ko‘rsatkich

«Bryugge» – «Arsenal» 0:3

Gollar: Madueke, 25 (0:1). Madueke, 47 (0:2). Martinelli, 56 (0:3)

«Bryugge»: van den Hevel, Ordones, Mehele, Seys (Sabbe, 74), Sike (Meyyer, 67), Onedika (Vetlesen, 74), Stankovich, Vanaken, Tzolis, Borjyesh (Dyakon, 83), Tresoldi (Furo, 67)

«Arsenal»: Rayya, Inkapiye (Kalafiori, 63), Norgar, Lyuis-Skelli, Uayt (Salmon, 83), Subimendi, Merino, Edegor (Nvaneri, 72), Martinelli, Madueke (Saka, 71), Yokeresh (Gabriel Jyezus, 62)

Ogohlantirishlar: Norgar, 65. Uayt, 68

Tarkib borasida muammolarga uchrayotgan Arteta YeChLdagi vaziyat yengilroq ekanini hisobga olib, «Bryugge»ga qarshi aralash tarkibni tushirdi. Saka, Eze, Rays, Timber, Kalafiori kabi yetakchilarga dam berildi, yarimhimoyachi Norgar esa markaziy himoyada tushdi.

Yaqinda murabbiyni almashtirgan mezbonlar esa o‘yinga katta ishtiyoq bilan tushishgandi va qator vaziyatlarga ega bo‘ldi, ammo David Rayya ishonchli harakat qildi. Bo‘lim o‘rtalarida esa shu kuni Saka o‘rnida o‘ng qanot hujumida tushgan Noni Madueke shedevr gol muallifiga aylandi. U maydon markaziga yaqin hududda to‘pni egallab, jarima maydoni atrofigacha bordi va qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi.

Shundan keyin «Arsenal» o‘yinni xotirjam nazorat qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida avvaliga Madueke dublni rasmiylashtirdi, 56-daqiqada Gabriel Martinelli turnirda qatorasiga beshinchi o‘yinda gol urib, hisobni yiriklashtirdi. O‘yin taqdiri hal bo‘lgach, Arteta uzoq vaqt (qariyb bir yil) jarohatini davolagan Gabriel Jyezusni, shuningdek, 16 yoshli himoyachi Marli Salmonni ham maydonga tushirdi. Rayya esa o‘yin oxirigacha 7 ta seyv amalga oshirib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

● «Arsenal» APLda «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda qayd etilgan 1:2 hisobidan keyin o‘ziga kelib olganini namoyish etdi. Jamoa o‘sha mag‘lubiyatgacha uch oy davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmagan (18 o‘yin), ammo sobiq bosh murabbiyi Unai Emeridan yana bir bor yengilib (5), turnir jadvalida ta’qibchilarini yaqinlashtirib olgandi. Ammo Mikel Arteta bosimni yengib o‘ta oldi.

● «Arsenal»ning YeChLdagi ishlari ideal darajada: olti g‘alaba, 18 ochko va to‘plar nisbati 17:1. Hozircha umuman ochko yo‘qotilmayapti va amalda keyingi bosqich masalasi hal qilindi.

● Gabriel Martinelli YeChLda o‘zi tushgan qatorasiga besh o‘yinda gol urdi. Bunaqasi «Arsenal» tarixida kuzatilmagan: u «Atletik Bilbao», «Olimpiakos», «Atletiko», «Bavariya» va «Bryugge»ga qarshi o‘yinlarda golli seriya qayd etdi.

Keyingi turda «Arsenal»ni «Inter» maydoniga qiyin safar kutmoqda; «Bryugge» Qozog‘istonda «Qayrat» mehmoni bo‘ladi.

«PSJ»da nursiz durang

«Atletik» – «PSJ» 0:0

«Atletik»: Simon, Vivian, Berchiche, Boyro, Areso (Gorosabel, 73), Ruis de Galarreta (Vesga, 78), Xauregisar (Rego, 73), Sanset (Yyerro, 73), Uilyams, Berenger, Guruseta (Gomes, 62)

«PSJ»: Safonov, Markinos (Zabarniy, 46), Pacho, Nunu Mendesh, Zair-Emeri, Vitinya, Ruis, Joau Nevesh, Kvaratsxeliya, Barkolya (Ramush, 78), Mayulu (Due, 62)

Ogohlantirishlar: Xauregisar, 27. Berenger, 48. Gomes, 90 – Zair-Emeri, 30

«PSJ» 90 daqiqa davomida «Atletik» darvozasiga yo‘l topa olmadi va YeChLda ikkinchi bor ochko yo‘qotdi (avvalroq «Bavariya»ga yutqazgandi – 1:2). Umuman olganda, parijliklar bu mavsumda barqaror o‘yin namoyish eta olmayapti, noyabr oyida ichki chempionatda bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan «Monako»ga yutqazgan (0:1), YeChLda «Tottenhem»dan uchta gol o‘tkazib yuborgandi (5:3). Hozircha Luis Enrike shogirdlari YeChL turnir jadvalida 13 ochko bilan kuchli sakkizlikda qolmoqda, ammo endi qolgan ikki turda «Sporting» va «Nyukasl»ga qarshi o‘yinlarning ahamiyati ortib ketdi.

David Luis «Yuventus»ni to‘xtatolmadi

«Yuventus» – «Pafos» 2:0

Gollar: Makkenni, 67 (1:0). David, 73 (2:0)

«Yuventus»: Di Gregorio, Kelli, Kopmeyners, Kalyulyu, Lokatelli (Openda, 60), Miretti (Adjich, 74), Kambiyaso, Makkenni, Kenan Yildiz (Kabal, 84), Jyegrova (Konseysau, 46), David (Tyuram, 74)

«Pafos»: Mixail, David Luiz, Goldar (Pileas, 78), Lyukkassen, Shunich, Pepe, Orshich (Bassauamina, 78), Brunu, Dragomir (Jaja, 78), Joau Korreya (Langa, 89), Anderson Silva (Kina, 62)

Ogohlantirishlar: Lokatelli, 55 – Shunich, 45

Hozirgi «Yuventus»ga hech qaysi o‘yinda ishonib bo‘lmaydi. O‘yinning birinchi bo‘limida turinliklar faqat darvozabon Di Gregorioning qahramonliklari evaziga gol o‘tkazmadi. Kiprliklar muntazam ravishda xavfli qarshi hujumlar uyushtirishdi, bu hujumlardan biri Andersonning zarbasi ustunga borishi bilan yakunlandi, yana bir hujumda darvozabon Dragomirning zarbasidan keyin to‘sin ostiga borayotgan to‘pni qaytarib qoldi.

Ammo ikkinchi bo‘limda vaziyat o‘zgara boshladi. Fransishku Konseysau zaxiradan tushishi «Yuve»ning o‘yinini kuchaytirdi va 67-daqiqada David Luiz boshchiligidagi mehmonlar himoyasi baribir gol o‘tkazib yubordi: Kambiyazoning uzatmasidan keyin Makkenni hisobni ochdi. Olti daqiqa o‘tib Kenan Yildiz Devidni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va shu bilan o‘yin taqdiri hal bo‘ldi.

Keyingi turda «Yuventus» «Benfika»ni qabul qiladi, «Pafos» «Chelsi»ga qarshi safar o‘yiniga boradi – bu David Luiz uchun muhim o‘yin bo‘lishi tayin.

«Bayyer» darvozaboni qovun tushirdi

«Bayyer» – «Nyukasl Yunayted» 2:2

Gollar: Gimarayns, 13 – avtogol (1:0). Gordon, 51 – penalti (1:1). Mayli, 74 (1:2). Grimaldo, 88 (2:2)

«Bayyer»: Flekken, Andrix, Tapsoba, Kuansa, Garsiya, Maza, Grimaldo, Artur (Bade, 90), Poku (Tella, 71), Tillman (Echeverri, 85), Shik (Kofane, 46)

«Nyukasl Yunayted»: Ramsdeyl, Tshau, Bern, Holl, Livramento, Tonali, Joelinton (Mayli, 60), Gimarayns, Gordon (Remsi, 90+3), Barns (Merfi, 78), Voltemade (Vissa, 90+3)

Ogohlantirishlar: Poku, 47. Garsiya, 50 – Tshau, 21. Ramsdeyl, 82

«Bayyer» uyda «Nyukasl» bilan durang o‘ynadi – 2:2. O‘yin qarama-qarshi kursda kechdi va yakuniy natija o‘yinga mos bo‘ldi.

Nemislar 13-daqiqadayoq hisobni ochishdi: Robert Andrix burchakdan oshirilgan to‘pga u qadar muvaffaqiyatli zarba bera olmagandi, ammo to‘p mehmonlar sardori Bruno Gimaraesning orqasiga tegib, darvoza to‘riga yo‘l oldi. «Bayyer» shundan keyin ham hujumkor o‘ynashda davom etdi, «Nyukasl» esa odatdagi kabi safar o‘yinida qiynaldi. 

Ammo tanaffusdan keyin darvozabon Mark Flekken Eddi Hau shogirdlari joniga ora kirdi: u oddiy vaziyatda to‘pni yo‘qotdi va raqib forvardi Nik Voltemadega qo‘pollik ishlatishga majbur bo‘ldi. Entoni Gordon esa bu fol uchun belgilangan penaltini aniq ijro etdi.

Shundan keyin «Nyukasl» tashabbusni qo‘lga oldi va vaziyat yaratish borasida mezbonlardan o‘zib ketdi. Bu hisobda ham aks etdi va 74-daqiqada Mayli Gordonning uzatmasini golga aylantirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Mehmonlar o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi, ammo Flekken aybini yuvdi va muqarrar goldan qutqardi, yana bir vaziyatda to‘p darvoza ustuniga tegdi. 88-daqiqada esa mezbonlar himoyachisi Grimaldo yana bir bor katta sahnaga chiqib, hisobni tenglashtirdi. «Bayyer» xarakter ko‘rsatdi va muhim ochkoga ega bo‘ldi.

Keyingi turda «Bayyer» «Olimpiakos» mehmoni bo‘ladi, «Nyukasl» o‘z uyida PSVni qabul qiladi.

«Napoli»da safar o‘yinlari kompleksi

«Benfika» – «Napoli» 2:0

Gollar: Rios, 20 (1:0). Barreyru, 49 (2:0)

«Benfika»: Trubin, Otamendi, Arauju, Dal, Dedich, Barrenechea, Rios, Barreyru (Netu, 90+5), Sudakov (Silva, 76), Eursnes (Freytash, 90+4), Ivanovich (Pavlidis, 76)

«Napoli»: Milinkovich-Savich, Rraxmani, Buondjorno (Juan Jyezus, 59), Bekema (Spinatssola, 46), Maktominay, Elmas (Vergara, 81), Olivera (Politano, 46), Di Lorenso, Lang (Lukka, 74), Neres, Hoylund

Ogohlantirishlar: Dedich, 78 – Lang, 52. Vergara, 87

«Da Luj»dagi o‘yinning birinchi bo‘limi boshida ikki murabbiyda ham maydonda bo‘layotgan voqealar uchun haqli e’tirozlar yuzaga keldi. Antonio Konte o‘z shogirdlarining bu qadar ilojsiz holda qolganini tushana olmasdi, Joze Mourinio esa «Benfika» futbolchilari vaziyatlarni ko‘kka sovirishidan fig‘oni falakka chiqardi. Xususan, shu kuni markaziy hujumchi pozitsiyasida tushgan Ivanovich mehmonlar darvozaboni Milinkovich-Savich bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi.

Ammo bo‘lim o‘rtalarida mezbonlar baribir hisobni ochishdi, Ivanovich «Napoli» jarima maydonida ikkinchi qavatda to‘p uchun kurashda Maktominaydan ustun keldi va qulay pozitsiyada o‘zini taklif etgan Riosni golli pas bilan ta’minladi. Ikkinchi bo‘lim ham ushbu kolumbiyalik yarimhimoyachining golli harakati bilan boshlandi, uning qanotdan uzatmasini Leandru Barreyru darvoza to‘riga to‘g‘rilab yubordi – 2:0. Mourinio asta-sekinlik bilan lissabonliklarning holatini yaxshilamoqda (oxirgi ikki turda ikki g‘alabaga erishgan jamoa turnir jadvalining quyi qismidan 25-o‘ringa ko‘tarildi). YeChLdagi barcha safar o‘yinlarida yutqazayotgan (bungacha «Siti» bilan 0:2, PSV bilan 2:6 hisoblari qayd etilgandi) «Napoli» esa 23-o‘ringa quladi va bu tempda o‘tish o‘yinlariga o‘tish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi mumkin.

Keyingi turda «Napoli» «Kopenhagen» mehmoni bo‘ladi, «Benfika» «Yuventus» maydoniga safar qiladi.

Dortmundda triller

«Borussiya» D – «Bude-Glimt» 2:2

Gollar: Brandt, 18 (1:0). Aleyesami, 42 (1:1). Brandt, 51 (2:1). Hauge, 75 (2:2)

«Borussiya» D: Kobel, Anton (Svensson, 33), Shlotterbek, Anselmino (Ryuerson, 76), Bellinghem, Nmecha, Bensebaini, Koutu (Emre Jan, 76), Brandt, Bayyer (Girassi, 67), Silva (Adeyyemi, 67)

«Bude-Glimt»: Xaykin, Bertuft, Aleyesami (Nilsen, 68), Myayattya (Klyunge, 82), Sevold, Berg, Fet (Saltnes, 46), Even, Hauge, Blomberg (Helmersen, 68), Heg (Yyergensen, 68)

Ogohlantirish: Adeyyemi, 90

Dortmundliklar kutilmaganda o‘z uyida «Bude-Glimt» bilan durang o‘ynadi – 2:2. Holbuki barchasi yaxshi boshlangandi: 18-daqiqada mezbonlar ikkita pas bilan «Bude» himoyasini yorib o‘tib, Yulian Brandt hisobni ochgandi. Tanaffus arafasida esa muammolar boshlandi, avvaliga «Borussiya» jarohat tufayli Valdemar Antonni yo‘qotdi. Keyin esa norvegiyaliklar hisobni tenglashtirishdi.

Bu holatni esa jamoaning sobiq futbolchisi va sodiq fanati Marko Roys tribunada ma’yus holda kuzatib o‘tirdi.

Ikkinchi bo‘lim ham nemislar uchun yaxshi boshlandi: 51-daqiqada Brandt dubl rasmiylashtirdi, keyin esa yana bir necha golli vaziyatlar yaratildi, ammo shu kuni darvozabon Nikita Xaykin ishonchli harakat qildi. Keyin esa «Bude» yana bir bor hisobni tenglashtirdi – vinger Yyens Heuge o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Qolgan vaqt mobaynida mehmonlar matonat ko‘rsatishdi va durang hisobni ushlab qolishdi. Bunday Xaykinning xizmatlari katta bo‘ldi: «Bude» darvozaboni yetti bor muqarrar goldan qutqardi.

Natijada «Borussiya» kuchli sakkizlikni tark etdi, Niko Kovach shogirdlarini keyingi turda «Tottenhem» maydoniga qiyin safar kutmoqda.

«Vilyarreal» – turnir omadsizlaridan biri

«Vilyarreal» – «Kopenhagen» 2:3

Gollar: Al-Yunussi, 2 (0:1). Komesanya, 47 (1:1). Ashuri, 48 (1:2). Oluvaseyi, 56 (2:2). Kornelius, 90 (2:3)

«Vilyarreal»: Luis Junior, Marin, Veyga, Pedrasa (Kardona, 83), Navarro, Komesanya, Geyye, Moleyro (Solomon, 63), Byukenen (Axomax, 46), Mikautadze (Oluvaseyi, 46), Pepe (Peres, 46)

«Kopenhagen»: Kotarski, Gabriel Pereyra, Sudzuki, Lopes, Zage (Meling, 71), Madsen (Dileyni, 81), Klem (Klasson, 81), Al-Yunussi, Robert (Ashuri, 46), Larsson, Dadason (Kornelius, 71)

Ogohlantirishlar: Pedrasa, 34. Axomax, 58. Geyye, 89 – Kornelius, 77. Ashuri, 83

«Kopenhagen» bungacha yevrokuboklarda biror marta ham ispan jamoalarini mag‘lub etolmagandi: to‘rt durang va sakkiz mag‘lubiyat. Ammo bu safar daniyaliklar «Vilyarreal» bilan o‘yinda noxush an’anaga barham berdi. «Sariq submarinalar» bu mavsum La ligada qanchalik muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan bo‘lsa («Atletiko»dan oldinda va zaxira o‘yinda g‘alaba qozonib, «Real»ni ham quvib o‘tishi mumkin), YeChLda shunchalik yomon o‘ynamoqda.

Marselino Toral shogirdlariga bu turda nisbatan osonroq raqib duch kelgandi, lekin 71-soniyadoq gol o‘tkazib yuborildi. Ikkinchi bo‘lim boshida hisob tenglashtirildi, ammo mezbonlarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi va bir daqiqa o‘tib Ashuri yana mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar shundan keyin ham o‘yinga qayta olishdi va 56-daqiqada Oluvaseyi muvozanatni tikladi. Ammo «Kopenhagen» 90-daqiqada baribir g‘alaba golini urib ketdi. Natijada 6 turda atigi bir ochko olgan ispanlar «Qayrat» bilan oxirgi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. «Kopenhagen» esa 24-o‘ringa ko‘tarildi va o‘tish o‘yinlari uchun imkoniyat saqlab turibdi. «Vilyarreal» keyingi turda «Ayaks»ni, «Kopenhagen» «Napoli»ni qabul qiladi.

«Ayaks»ning uzoq kutilgan g‘alabasi

«Qorabog‘» – «Ayaks» 2:4

Gollar: Duran, 10 (1:0). Dolberg, 39 (1:1). Silva, 47 (2:1). Gluh, 79 (2:2). Goei, 83 (2:3). Gluh, 90 (2:4)

«Qorabog‘»: Koxalski, Mustafozoda, Medina, Jafarguliyev (Bolt, 86), Silva (Bayramov, 86), Yankovich, Pedru Bikalyu (Montiel, 86), Zubir, Adday, Leandru Andrade (Oxunzoda, 59), Duran (Kashchuk, 70)

«Ayaks»: Yarosh, Bas, Bauman, Roza, Goei, Itakura (Reger, 65), Ster (Klassen, 76), Mokio (Fits-Jim, 84), Moro (Gods, 76), Gluh, Dolberg (Konadu, 65)

Ogohlantirish: Bas, 45

«Qorabog‘» o‘yin davomida ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi, ammo baribir inqirozdagi «Ayaks»ni mag‘lub etolmadi. Amsterdamliklar bungacha YeChLning besh turida ham yutqazgandi. Va ular faqat 79-daqiqaga borib o‘yinda burilish yasadi va o‘yin yakunida 1:2 hisobi 4:2 ko‘rinishiga keltirildi. Oskar Gluh ikkita gol bilan o‘yin taqdirini hal qildi. Natijada YeChLda 1135 kundan buyon ilk g‘alabasiga erishgan «Ayaks» Niderlandiyaning turnir guruh bosqichida qatorasiga olti o‘yinda yutqazgan ilk jamoasi bo‘lishdan qutulib qoldi. Dastlabki turlarda sensatsiya ko‘targan «Qorabog‘»ning vaziyati esa yomonlashmoqda. Jamoa hozircha o‘tish o‘yinlariga yo‘llanma olish imkoniyatini saqlab turibdi, ammo keyingi turlarda «Ayntraxt» (uy) va «Liverpul» (safar) kabi kuchli raqiblar kutmoqda.

YeChL umumiy guruhi jadvalidagi vaziyat:



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

«Real» sensatsion ravishda yutqazdi

Published

on


Alonsoni bo‘shatish va o‘rniga Arbeloani olib kelish xato tanlov bo‘lib chiqdi. Madridliklar «Osasuna» ortidan «Xetafe»ga ham mag‘lub bo‘ldi. «Barselona» bilan oradagi farq oshmoqda.

«Real» – «Xetafe» 0:1

Gol: Satriano, 39 (0:1)

«Real»: Kurtua, Alaba (Karvahal, 55), Ryudiger, Karreras, Aleksandr-Arnold (Hausen, 55), Tshuameni (Dias, 87), Pitarch (Rodrigu, 55), Arda Guler (Mastantuono, 69), Vinisius Junior, Valverde, Garsiya

«Xetafe»: Soriya, Boseli, Duarte, Romero, Riko, Iglesias, Milya, Arambarri, Satriano (Abkar, 90+1), Kiko Femeniya (Liso, 58), Vaskes (Martin, 69)

Ogohlantirishlar: Hausen, 68. Tshuameni, 71. Vinisius Junior, 90. Karreras, 90 – Kiko Femeniya, 8. Arambarri, 35. Riko, 64. Liso, 79. Satriano, 84

Chetlatish: Mastantuono, 90. Liso, 90 (ikkinchi sariq)

Ispaniya Superkubogi uchun bahsda yutqazgan va Ispaniya kubogini erta tark etgan «Real» Ispaniya chempionatidagi vaziyatini ham og‘irlashtirdi – jamoa la liganing bu mavsumida ilk bor qatorasiga ikki o‘yinda yutqazdi. O‘tgan turda «Osasuna» maydonidan mag‘lub bo‘lgan Alvaro Arbeloa shogirdlari uyda «Xetafe»dan ham ochko ololmadi.

Jamoa to‘purari Kilian Mbappening tizzasidagi jarohat jiddiy bo‘lib chiqdi va u yana kamida bir oy jamoaga yordam bera olmaydi. Arbeloa uning o‘rniga hujum markazida Gonsalo Garsiyani o‘ynatmoqda. Shuningdek, Bellinghem va Kamavinganing jarohati klubning boshqa bir tarbiyalanuvchisi – 18 yoshli Tiyago Pitarchga asosiy tarkib uchun yo‘l ochdi.

«Real» ilk daqiqalardan to‘pga egalik qildi va pozitsion hujumlar uyushtirdi, «Xetafe» chuqur himoyalandi: mehmonlar o‘z uslubidan chekinmasdan, yakkakurashlarga e’tibor qaratdi, ko‘p fol ishlatdi va to‘pni shunchaki uzoqlashtirish bilan shug‘ullandi. Maydonda har bir to‘p uchun kurash kechdi. 26-daqiqada esa Antonio Ryudiger va Diyego Riko o‘rtasidagi epizod mezbonlar son jihatdan ozchilik bilan yakunlanishi mumkin edi: «Real» himoyachisi yerda yotgan raqibi ustiga o‘zini tashladi va ochiqchasiga tizzasi bilan uning jag‘ qismiga zarba berdi. Hakam vaziyatni e’tiborsiz qoldirdi.

39-daqiqada esa mehmonlar kutilmaganda hisobni ochishdi. Shu qishda «Lion»dan ijaraga olingan forvard Martin Satriano jarima maydoni atrofida to‘pga ega chiqdi va uni to‘xtatmasdan yaqin to‘qqizlikka yo‘lladi. Kurtua joyidan qimirlashga ulgurmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Arbeloa uchtalik almashtirish amalga oshirdi: Pitarch, Alaba va Trent o‘rniga Rodrigo, Hausen va Karvahal tushirildi. Madridliklar ko‘plab golli vaziyatlar yaratishdi, ammo mehmonlar himoyachilari va darvozabon ishonchli harakat qildi. «Xetafe» to‘liq himoyalandi va minimal ustunlikni o‘yin oxirigacha saqlab qoldi.

O‘yinning so‘nggi qismida Arbeloa maydon chetida turib, o‘z futbolchilari asabini jilovlay olmasdan, energiya va vaqtini behuda sarflashini shunchaki kuzatib turdi. Bu daqiqalarda «Xetafe» maydonning raqib darvozasi joylashgan qismidan umuman ketmadi, chunki «Real» futbolchilari jarima maydoni atrofida ketma-ket fol ishlatishdi, mehmonlar esa bundan foydalanib, vaqt cho‘zishdi.

Murabbiy futbolchilariga provokatsiyaga berilmaslik haqida  kerakli ko‘rsatmalarni bermadi va bu yakunda Mastantuono qizil olishi bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida esa murabbiy yana bir bor barcha aybni o‘z zimmasiga olish bilan cheklandi va amalda yanvarda Habi Alonso iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga o‘zi tayinlangani xato qaror bo‘lganini tan oldi.

Bu mag‘lubiyat «Real»ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlariga jiddiy zarba bo‘ldi. Madridliklar ikki tur oldin «Barselona»ni quvib o‘tib, birinchi o‘ringa chiqib olgandi, endi esa peshqadamdan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda. La Liga oxirigacha yana 12 tur bor.

Chempionlar ligasida ham vaziyat yaxshi emas: jamoa guruh bosqichidan to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-offga o‘ta olmadi va qo‘shimcha ikki o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Natijada pley-offda qiyinroq raqibga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri keladi: qur’a yana bir bor «Manchester Siti»ni raqib qilgan.

Statistika

● «Real» La Ligada qatorasiga ikkinchi bor yutqazdi. Jamoa o‘tgan turda «Osasuna»dan mag‘lub bo‘lgandi.

● «Real» yil boshidan buyon ilk bor maydonni golsiz tark etdi. Natijada madridliklarning 18 o‘yindan iborat golli o‘yinlar seriyasi yakunlandi. Jamoa so‘nggi bor o‘tgan yil 7 dekabrida «Selta»ga qarshi o‘yinda gol urolmagandi (0:2).

● «Bernabeu»da 7 o‘yindan iborat g‘alabali seriya yakunlandi. «Real»  dekabrda «Selta» va «Manchester Siti»ga qarshi mag‘lubiyatlardan keyin o‘z maydonidagi shuncha o‘yinda qatorasiga g‘alaba qozongandi.

● «Real» «Xetafe»ga qarshi so‘nggi 9 o‘yinda ilk bor ochko yo‘qotdi. Ushbu jamoaga qarshi g‘alabali seriya 2022 yildan buyon davom etayotgandi.

● «Xetafe» bosh murabbiyi Pepe Bordalas o‘z faoliyatida ilk bor «Real»ni mag‘lub etdi. U bunga 17-o‘yinda erishdi, bungacha u jamoasi boshqaruvida 14 o‘yinda yutqazib, 2 bor durang qayd etgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Finalissima-2026. Ispaniya va Argentina uchrashuvi Qatarda o‘tkazilishi so‘roq ostida qoldi

Published

on


Ispaniya va Argentina futbol federatsiyalari Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat tufayli Finalissimani Qatardan boshqa davlatga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Har ikki tomon ayni damda muqobil imkoniyatlarni baholamoqda va yaqin kunlarda rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: Finalissima (Janubiy Amerika va Yevropa chempioni o‘rtasidagi o‘yin) 2026-yil 27-mart kuni Qatarning «Lusayl» stadionida o‘tkazilishi kerak edi. Ammo mintaqadagi xavfsizlik muammolari sabab uning o‘tkazilishi so‘roq ostida turibdi.

Qatar futbol assotsiatsiyasi mintaqadagi qurolli to‘qnashuvlar fonida barcha turnirlarni noma’lum muddatga to‘xtatgan. UEFA va KONMEBOL vaziyatni kuzatmoqda, ammo hozircha o‘yin rasman bekor qilinmagan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Real» o‘z maydonida chempionlikdan uzoqlashdi

Published

on


Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda Madridning ikki jamoasi «Real» va «Xetafe» o‘rtasida qimmatli ochkolar kurash kechdi.

Arbeloa boshqaruvidagi «Real» o‘z maydonida to‘p surishiga qaramay, qatorasiga ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi. O‘yin gollarga emas, ogohlantirish va chetlatishlarga boy bo‘ldi.

Shu tariqa «Real» 60 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi, peshqadam «Barselona» (64 ochko) yanada ilgarilab ketdi.

«Xetafe» esa 32 ochko bilan 11-pog‘onaga ko‘tarildi.

La Liga. 26-tur

Real — Xetafe 0:1

Gol: Satriano (39).

Real: Kurtua, Trent (Karvaxal, 55), Ryudiger, Alaba (Heysen, 55), Karreras, Valverde, Chuameni (Dias, 87), Guler (Mastantuono, 69), Pitarch (Rodrigo, 55), Gonsalo, Viniius.

Xetafe: Soria, Iglesias, Dominges, Boselli, Romero, Riko, Femenia (Liso, 58), Milya, Arambarri, Satriano (Abkar, 90+1), Vaskes (Martin, 69).

Ogohlantirishlar: Femenia (8), Arambarri (35), Riko (64), Heysen (68), Chuameni (71), Liso (79), Satriano (84), Karreras (90+4), Vinisius (90+4).

Chetlatishlar: Mastantuono (90+5), Liso (90+7).



Source link

Continue Reading

Sport

Isroillik dzyudochilar xavfsizlik sabab Toshkentda o‘tgan musobaqani tark etdi

Published

on


Isroil milliy dzyudo jamoasi xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatma ortidan Toshkentda o‘tayotgan xalqaro «Grand Slam» turnirida ishtirokni to‘xtatib, O‘zbekistonni zudlik bilan tark etdi.

Ma’lum qilinishicha, qaror Isroilning ichki xavfsizlik xizmati – «Shin Bet» tomonidan berilgan ko‘rsatma asosida qabul qilingan. Bu holat Eronga qarshi boshlangan «Operation Roaring Lion» amaliyotidan keyin mintaqada keskinlik kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Delegatsiya tarkibida Olimpiada kumush medali sovrindori Rats Xershko va milliy jamoa a’zosi Gili Sharir ham bor edi. Jamoa 2026 yilgi mavsumning ilk yirik startlaridan biri sanalgan Toshkent «Grand Slam» musobaqasida qatnashish uchun kelgandi.

Toshkent turniri yil boshidagi muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi nufuzli musobaqa hisoblanadi va xalqaro tajriba to‘plash imkonini beradi.

Ko‘rsatmaga muvofiq, sportchilar va Isroil dzyudo assotsiatsiyasi rahbari Moshe Ponte musobaqada ishtirokni darhol to‘xtatib, mamlakatni tark etishga chaqirilgan. Jamoa buyruqqa amal qilib, Markaziy Yevropadagi manziliga uchib ketgan.

Hozircha Isroil dzyudo assotsiatsiyasi rasmiy bayonot bermagan.



Source link

Continue Reading

Sport

Bokschilarimiz yana bir bor tengsiz bo‘lishdi

Published

on


Bolgariyaning Sofiya shahrida 22 fevraldan 1 martga qadar davom etgan “Strandja” turniri o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar o‘rtasida ham umumjamoa hisobida 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar jamoamiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 bronza bilan birinchi bo‘lgan bo‘lsa, ayollar jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 bronza bilan yetakchi bo‘lishdi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin Qozog‘istonga, uchinchi pog‘ona Ukraina bokschilariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-75 kg. Fazliddin Erkinboyev

-85 kg. Akmaljon Isroilov

-90 kg. To‘rabek Xabibullayev

-48 kg. Sabina Boboqulova

-57 kg. Nigina O‘ktamova

-65 kg. Navbahor Hamidova

-75 kg. Aziza Zokirova

Kumush medal:

-80 kg. Javohir Ummataliyev

+90 kg. Ozodbek Aliyev

-51 kg. Feruza Kazakova

+90 kg. Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:

-50 kg. Asilbek Jalilov

-70 kg: Shavkatjon Boltayev

-85 kg. Norbek Abdullayev

-90 kg. Samir Sobirov

-48 kg. Farzona Fozilova

-80 kg. Ruxshona Parpiyeva



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.