Sport
«Real» «Manchester Siti»ni tor-mor etdi, qolgan o‘yinlarda nima gap?
Yevropa chempionlar ligasida 1/8 final bosqichining yana to‘rt uchrashuvi o‘tkazildi. Chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan uchta bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi, Leverkuzendagi o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanladi.
«Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Madridliklarning barcha gollarini Federiko Valverde kiritdi. Bu uning faoliyatidagi ilk het-trikli o‘yini bo‘ldi. «Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Turnir favoriti deya sifatlanayotgan «Arsenal» safarda «Bayer» bilan durangga erishdi. Gollarga boy bahsda «PSJ» «Chelsi»ga imkoniyat qoldirmadi, «Budyo-Glimt» esa «Sporting» ustidan ishonchli g‘alabani nishonladi.
Javob uchrashuvlari bir haftadan so‘ng o‘tkaziladi.
1/8 final: Dastlabki o‘yinlar natijalari (11-mart)
Bayer — Arsenal — 1:1
Gollar: Andrix 46 — Xavers 89 (pen.)
Budyo-Glimt — Sporting — 3:0
Gollar: Fet 32 (pen.), Blomberg 45+1, Xyog 71
Real Madrid — Man Siti — 3:0
Gollar: Valverde 20, 27, 42
PSJ — Chelsi — 5:2
Gollar: Barkolya 10, Dembele 40, Vitinya 74, Xvicha 86, 90+4 — Gusto 28, Fernandes 57
Sport
«Bavariya» va «Atletiko»da yirik g‘alaba, «Barselona» durang o‘ynadi
Yevropa chempionlar ligasida 1/8 final bosqichining dastlabki to‘rt o‘yini bo‘lib o‘tdi. Seshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan bahslarda «Bavariya» va «Atletiko Madrid» yirik hisobda g‘alaba qozondi.
1/8 final: Dastlabki o‘yinlar natijalari (10-mart)
Galatasaroy — Liverpul — 1:0
Gol: Lemina (7)
Atalanta — Bavariya — 1:6
Gollar: Pashalich (90+3) — Stanishich (12), Olise (22), Gnabri (25), Jekson (52), Olise (64), Musiala (67)
Atletiko Madrid — Tottenhem — 5:2
Gollar: Lorente (6), Grizmann (14), Alvares (15), Le Normand (22), Alvares (55) — Porro (26), Solanke (76)
Nyukasl Yunayted — Barselona — 1:1
Gol: Barns (86) — Yamal (pen, 90+6)
11-martdan 12-martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar (Toshkent vaqti bilan):
22:45 — «Bayer Leverkuzen» — «Arsenal»
01:00 — «Real Madrid» — «Manchester Siti»
01:00 — «PSJ» — «Chelsi»
01:00 — «Budyo-Glimt» — «Sporting»
Sport
Eron JChda ishtirok etmasligi ma’lum qilindi
Mamlakat sport vaziri bu qarorni xavfsizlik masalalari bilan izohlagan.
Futbol bo‘yicha Eron milliy jamoasi 2026 yil yozida AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin.
Mamlakat sport vaziri Ahmad Dunyomoli OAVga bergan intervyusida bunga xavfsizlik masalalari va AQSh bilan urushni sabab qilib keltirgan.
«Bu korrupsiyalashgan hukumat rahbarimizni o‘ldirganidan so‘ng, jahon chempionatida ishtirok etishimizga imkon beradigan hech qanday sharoit qolmadi. Eronga qarshi olib borilgan dushmanlik harakatlari fonida bizga qarshi ikki marta urush olib borildi va bir necha ming fuqaromiz o‘ldirildi. Bunday sharoitda bizda ishtirok etish imkoniyati yo‘q», – degan u TV2 telekanali efirida.
Hozircha bu qanchalik yakuniy qaror ekani ma’lum emas. Hozircha Eron futbol federatsiyasi va FIFA bu xabar yuzasidan izoh bermadi.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Eron milliy jamoasi Osiyo saralashi uchinchi bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhda qatnashgan va birinchi o‘rin bilan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Qur’a natijalariga ko‘ra Eronga G guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalar raqib bo‘lgandi. Eronliklarning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlari AQShda, ikki o‘yin Los-Anjyelesda, yana bittasi – Sietlda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Sport
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan biri fikrini o‘zgartirdi
U Eron elchixonasi bilan aloqaga chiqqan va qayerdaligini fosh qilib qo‘ygan.
Osiyo kubogida ishtirok etish uchun kelgan Eron ayollar jamoasining yana ikki vakili (bir futbolchi va shtabning yana bir xodimi) Avstraliyadan boshpana so‘radi. Natijada vataniga qaytmaslikka qaror qilgan eronliklar soni yetti nafarga yetdi.
Ular o‘yindan oldin milliy madhiyani kuylashdan bosh tortishgandi va vatanida ularni «sotqinlar» deb e’lon qilishdi.
Ammo keyin ulardan biri Eronga qaytishga qaror qilgan boshqa futbolchilar bilan muloqotdan keyin o‘z qarorini o‘zgartirgan.
Avstraliya ichki ishlar vaziri Toni Byorkning ma’lum qilishicha, u Eron elchixonasi bilan aloqaga chiqqan va turgan joyini ma’lum qilib qo‘ygan. Natijada qolganlarni boshqa xavfsiz joyga ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan. «Men darhol futbolchilarni boshqa joyga ko‘chirishni buyurdim va bu darhol amalga oshirildi», – deydi Byork.
Vazir Avstraliya hukumati bu uning «o‘z qarori bo‘lganiga ishonch hosil qilgani»ni qo‘shimcha qilgan. «Avstraliyada odamlar fikrini o‘zgartirish huquqiga ega, odamlar erkin harakatlanish huquqiga ega. Biz uning yakuniy qarorini hurmat qilamiz», – degan u.
Byork Sidney aeroportida 10 mart kuni kechqurun uyga uchishdan oldin har bir futbolchi alohida xonaga olib kirilgani va boshpana so‘rash haqida o‘ylab ko‘rish taklif qilinganini ham aytgan. Ularni shoshiltirishmagan, tazyiq o‘tkazishmagan. Byorkning so‘zlariga ko‘ra, ba’zilar bu masalani muhokama qilish uchun Erondagi oila a’zolariga qo‘ng‘iroq qilishgan, ammo ular orasida Avstraliyada qolishga qaror qilganlar bo‘lmagan.
Sport
«Atletiko» 5 ta, «Bavariya» 6 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari «Tottenhem» o‘yin startidayoq ketma-ket xatolari tufayli darvozabonni almashtirib tashladi, «Barselona» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Liverpul» yutqazdi.
«Atletiko» 5 ta, «Bavariya» 6 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
«Tottenhem» o‘yin startidayoq ketma-ket xatolari tufayli darvozabonni almashtirib tashladi, «Barselona» so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Liverpul» yutqazdi.
Source link
Sport
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk bor Osiyo kubogi chorak finaliga chiqdi
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi futbol tarixida muhim natija qayd etdi — jamoa ilk bor Osiyo kubogining chorak finaliga yo‘l oldi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Avstraliyada tashkil etilayotgan ushbu chempionatning so‘nggi turida Bangladesh ustidan 4:0 hisobida yirik g‘alaba qozongan O‘zbekiston jamoasi “B” guruhida 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga, uchinchi o‘rin sohiblari orasida eng yaxshi to‘plar nisbatiga ega bo‘lgani uchun O‘zbekiston terma jamoasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq futbolchi qizlar ikkinchi turda Xitoyga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishgan, dastlabki bahsda esa KXDRga 0:3 hisobida yutqazishgan edi.
-
Jamiyat5 days ago
Гидрометеорология хизмати қор кўчиш хавфидан огоҳлантирди
-
Dunyodan4 days ago
Hormuz boʻgʻozi orqali neft tashish toʻxtatildi
-
Jamiyat4 days ago
Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi
-
Dunyodan5 days ago
Ozarbayjon diplomatlarini Erondan evakuatsiya qilmoqda
-
Jamiyat5 days agoAyrim mahkumlar uchun jazoni o‘tash tartibi o‘zgaradi
-
Jamiyat4 days agoFarg‘onada 90 tup tol noqonuniy kesildi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistonda pomidor, kartoshka va olma qimmatlashdi
-
Dunyodan2 days ago
2015 yilgi Suriya stsenariysi Eronda takrorlanishini istamaymiz.
