Sport
«Real» «Manchester Siti»ni tor-mor etdi, qolgan o‘yinlarda nima gap?
Yevropa chempionlar ligasida 1/8 final bosqichining yana to‘rt uchrashuvi o‘tkazildi. Chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan uchta bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi, Leverkuzendagi o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanladi.
«Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Madridliklarning barcha gollarini Federiko Valverde kiritdi. Bu uning faoliyatidagi ilk het-trikli o‘yini bo‘ldi. «Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Turnir favoriti deya sifatlanayotgan «Arsenal» safarda «Bayer» bilan durangga erishdi. Gollarga boy bahsda «PSJ» «Chelsi»ga imkoniyat qoldirmadi, «Budyo-Glimt» esa «Sporting» ustidan ishonchli g‘alabani nishonladi.
Javob uchrashuvlari bir haftadan so‘ng o‘tkaziladi.
1/8 final: Dastlabki o‘yinlar natijalari (11-mart)
Bayer — Arsenal — 1:1
Gollar: Andrix 46 — Xavers 89 (pen.)
Budyo-Glimt — Sporting — 3:0
Gollar: Fet 32 (pen.), Blomberg 45+1, Xyog 71
Real Madrid — Man Siti — 3:0
Gollar: Valverde 20, 27, 42
PSJ — Chelsi — 5:2
Gollar: Barkolya 10, Dembele 40, Vitinya 74, Xvicha 86, 90+4 — Gusto 28, Fernandes 57