Sport
Ravshan Ermatov Kannavaroning maoshi bo‘yicha gaplarni izohladi
O‘FA o‘tkazayotgan matbuot anjumanida yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaroning maoshi haqida gapirib o‘tildi.
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bunga izoh berdi:
“Kannavaro 4 million yevro olar ekan, degan xabarlar chiqdi. Aslida buning yarimi ham emas. Lekin etikaga ko‘ra, maoshni oshkor qila olmaymiz”.
Eslatib o‘tamiz, 6-oktyabr kuni Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.