Jamiyat
Quyoshli bolalar uchun yangi imkoniyat: Toshkentda “Tabassum” ustaxonasi ochildi
Mazkur ustaxona aqliy rivojlanishda tengdoshlaridan ortda qolayotgan o‘smirlarning hunar o‘rganishi, ijod qilishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga yordam beradi. Bu yerda bolalar o‘z qo‘llari bilan mahsulotlar yaratadi, jamoat tadbirlarida qatnashadi hamda kelajakda mehnat bozoriga kirib borish uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni egallaydi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Poytaxtdagi Katta Chilonzor mahallasida joylashgan xonadonlardan birida “Tabassum” inklyuziv ustaxonasi o‘z faoliyatini boshladi.
“Quyoshli olam” nodavlat-notijorat tashkiloti tashabbusi va UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha aqliy rivojlanishda nuqsoni mavjud bo‘lgan o‘smirlarning hunar o‘rganishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga yordam berish uchun mo‘ljallangan.
Loyiha doirasida autizmga chalingan, Daun sindromi bor bolalarga kulolchilik, tikuvchilik, sham va sovun tayyorlash kabi hunarlar o‘rgatiladi. Ustaxona sig‘imi jami 20 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 3 nafar professional mutaxassisi dars beradi. 2 nafar ko‘ngilli yoshlar trener sifatida bolalarning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordamlashadi.
“Ustaxonada kun davomida, odatda, yetti-sakkiz nafar o‘quvchi bilan ishlanadi. Aslida xona yigirma o‘quvchi uchun mo‘ljallangan, biroq bolalarning boshqa mashg‘ulotlari, to‘garaklari borligi tufayli hammasi bir vaqtda qatnasha olmaydi. Shu sababli, ba’zi o‘quvchilar kunora kelishadi, ammo o‘n nafardan ortiq bola har kuni muntazam ravishda darslarda ishtirok etadi. O‘quvchilar loy bilan ishlash, shakl berish, bezaklar yaratish, pishirish jarayonlarini amalda bajaradi. Kulolchilik darslari ularning diqqatini va estetik didini rivojlantiradi. Shu bilan birga, ustaxonada tikish darslari ham tashkil etilgan: bolalar matolar bilan ishlash, tikuv mashinasidan foydalanish va mustaqil mahsulot tayyorlashni o‘rganadi”, – deydi o‘qituvchilardan biri Ziyodaxon.
Ma’lum qilinishicha, ustaxonada bolalar o‘z qo‘llari bilan mahsulotlar yaratishdan tashqari, jamoat tadbirlarida qatnashish hamda kelajakda mehnat bozoriga kirib borish uchun zarur amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
“Ilgari ko‘pchilik bunday bolalarni himoya qilaman deb, aslida jamiyatdan ajratib qo‘yardi. Biz esa aksincha, ularni hayotga tayyorlayapmiz. “Tabassum” oddiy ustaxona emas, bu joy qarashlarni o‘zgartiradigan maktabdir. Har bir bola o‘z qobiliyatini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishi kerak”, – deydi “Quyoshli olam” nodavlat-notijorat tashkiloti rahbari Shahnoza Ikramova.
Ustaxonada tashkil etilgan mashg‘ulotlar, mutaxassislar bilan amaliy darslar va psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlari ota-onalarga ham o‘z farzandlarining ichki kuchini ko‘ra olish, ularni qo‘llab-quvvatlashni puxtaroq o‘rganish imkonini beradi.
Farzandini ushbu loyihaga olib kelgan onalarning fikricha, hunarmandchilik to‘garaklari bolalarda ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan. Xususan, ularda nutq yaxshilanishi, motorika rivojlanishi kabi holatlar kuzatilgan.
“Bizning bolalarda, ayniqsa, Daun sindromi bilan tug‘ilganlarda nutqqa bog‘liq qiyinchiliklar ko‘p uchraydi. Aynan shu to‘garak tufayli farzandimda mayda motorika yaxshilandi, talaffuzida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Endi o‘g‘lim gaplarini bemalol tuza olyapti. Aynan qo‘l mehnati bolalar uchun eng zarur mashg‘ulotlardan biri ekanini angladim. Ularning bir hunarni egallab voyaga yetishi ona sifatida meni quvontiradi”, – deydi Dildora Sharipova.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ustaxona o‘quvchilar tomonidan tayyorlagan mahsulotlar endi faqat ko‘rgazmalardangina o‘rin olmaydi, ularning sotuvi ham yo‘lga qo‘yiladi.
Jamiyat
O‘zbekistonda pensiya, nafaqa, ish haqi va stipendiyalar oshiriladi
Prezidentning «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori 7 foizga oshiriladi.
Shunga ko‘ra, yoshga doir eng kam pensiya oyiga 983 ming so‘m, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori esa 1 million 83 ming so‘m etib belgilandi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzandga har oylik nafaqa 386 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun 295 ming so‘mni tashkil etadi. Ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha 177 ming so‘m, uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun esa qo‘shimcha 118 ming so‘m to‘lanadi.
Shuningdek, mazkur toifadagi oilalar uchun moddiy yordam miqdori oyiga 450 ming so‘m etib belgilandi.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalar stipendiyalari ham 7 foizga oshiriladi.
Shu sanadan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 million 360 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘m etib belgilanadi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 504 ming so‘mni tashkil etadi.
Jamiyat
Olimlar kimlar tezroq qarishini aniqlashdi
Turli mamlakatlar olimlari inson organizmini vaqtidan oldin qaritadigan asosiy sabablarni aniqlashdi.
Kambag‘allik, past daromad va sifatli ta’lim olish imkoniyatining yo‘qligi inson tanasidagi biologik qarishni tezlashtirishi isbotlandi. Eng yomoni, bu salbiy jarayon ko‘pincha bolalikdanoq boshlanadi.
Xulosa chiqarish uchun mutaxassislar dunyoning 23 ta davlatidan 66 mingdan ortiq odam ishtirok etgan 140 ta ilmiy tadqiqot natijalarini o‘rganib chiqishdi. Unda chaqaloqlardan to 86 yoshgacha bo‘lgan odamlar ishtirok etdi. Olimlar odamlarning qarish tezligini maxsus «epigenetik soatlar» (organizmning ichki holatini ko‘rsatuvchi tizim) yordamida tekshirishdi. Bu haqda «Nature Human Behavior» nashri ma’lum qildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra agar biologik qarish sekinlashsa inson o‘z yoshiga nisbatan tetik, yosh va sog‘lom bo‘lib yuradi. Uning tashqi ko‘rinishi ham, ichki sog‘lig‘i ham xuddi pasportdagi yoshidek (yoki undan ham yoshroq) saqlanib qoladi.
Agar qarish jarayoni tezlashayotgan bo‘lsa odatda keksalikka xos bo‘lgan kasalliklar insonda vaqtidan ancha oldin paydo bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’minoti past va kambag‘al oilalarda o‘sayotgan bolalarning ichki organizmi (biologik yoshi) o‘ziga to‘q oilalardagi tengdoshlariga qaraganda ancha katta, ya’ni ertaroq qariyotgani ma’lum bo‘ldi. Xuddi shunday holat katta yoshli insonlar orasida ham kuzatilmoqda.
Jamiyat
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
U Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketganligi sababli hibsga olingan.
Yaponiya immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi.
Deportatsiya qilingan shaxs Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketganligi sababli rasmiylar tomonidan hibsga olingan.
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilishicha, agar mamlakatda noqonuniy yashash yoki noqonuniy ishlash holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga olish va ushlab turish, immigratsiya muassasalarida qamoqqa olish yoki deportatsiya qilish kabi choralar ko‘riladi.
Shuningdek, bildirilishicha, Yaponiyada qochqin maqomini olish uchun ariza berilsa, “uzoq muddat qolish mumkin” yoki “ishlash mumkin” degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan bo‘lib, shu kabi maqsadlar bilan qochqin maqomini olish uchun ariza berishga ruxsat etilmaydi.
Agar qochqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylashtirish yoki deportatsiya qilish kabi choralar qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, soxta ma’lumot berish yoki noqonuniy usullar bilan qochqin maqomini olish uchun murojaat qilish jiddiy huquqiy choralarni keltirib chiqarishi mumkin.
Jamiyat
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
Ikki fuqaro 5 000 AQSh dollarini, kadastrlar palatasi Pop tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i 1 500 AQSh dollari va 6 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda fuqarolar U.A. va M.B. kadastrlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali 381 000 AQSh dollari evaziga fermer xo‘jaligi balansidagi 50 sotix yer maydonining hujjatlarini fuqaro A.S.ning nomiga noturar joy sifatida rasmiylashtirib berishlarini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, kadastrlar palatasi Pop tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i S.A. 1 500 AQSh dollari va 6 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
Viloyat FVB xabariga ko‘ra, yorilish natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan, hech kim tan jarohati olmagan.
27 iyun kuni soat 19:00 larda Farg‘ona shahridagi AGTKSh hududida avtobus tom qismiga o‘rnatilgan gaz ballonlariga gaz to‘ldirish vaqtida gaz ballonlaridan birida yorilish paydo bo‘lgan.
Viloyat FVBning xabariga ko‘ra, yorilish natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan, tan jarohati olganlar yo‘q.
Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i va huquqni muhofaza qilish organlari hamda tegishli xizmat vakillari chiqqan.
Yorilish sababi vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlanmoqda.
-
Sport5 days ago🔴 LIVE: AQSh-Eron muzokaralari va Starmer iste’fosi
-
Jamiyat3 days ago«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
-
Sport2 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Dunyodan1 day agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Jamiyat2 days agoVatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman
-
Sport4 days agoEldor Shomurodov muxlislardan uzr so‘radi
-
Siyosat5 days agoPrezident Mirziyoyev Qatar amiriga gaz zavodi portlashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi
-
Dunyodan4 days ago
BAAda 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlangan
