Connect with us

Jamiyat

Quyosh paneli o‘rnatganlar davlatdan 9 oyda 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya olgan

Published

on


2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 153 mlrd 643 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:


Xorazm viloyati – 42,6 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 22,4 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati – 15,3 mlrd so‘m.

Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasi «Keshbek va imtiyozlar» xizmatining «Quyoshli xonadon» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan. 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) uchun imtiyozlar, yuridik shaxslarga:


Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan QTEM qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan daromad uchun foyda solig‘i 0 foiz stavkada qo‘llaniladi;
Mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan belgilangan muddatga ozod qilinadi.

Jismoniy shaxslar:


Mol-mulk solig‘i summasi kamaytiriladi (2 BHMdan oshmaydigan summaga);
Yer solig‘i summasi kamaytiriladi (1 BHMdan oshmaydigan summaga);
«Quyoshli xonadon» dasturi bo‘yicha subsidiya oladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

“Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” o‘tkaziladi

Published

on


G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” o‘tkaziladi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar https://8-dekabr.adliya.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tishi lozim (17 noyabrdan 22 noyabr 23:59 ga qadar).

Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda uy hayvonlariga mas’uliyat bilan g‘amxo‘rlik qilish madaniyati rivojlanmoqda

Published

on


O‘zbekistonda kundan kunga uy hayvonlariga bo‘lgan munosabat o‘zgarmoqda. Ular kam hollarda hovlida zanjirlangan holda, ko‘p hollarda esa xonadonlarda divan ustida dam olishadi. Bugun uy hayvoni turmush mushkullarini yechish uchun vosita emas, balki to‘la huquqli oilamiz a’zosidir. Shu bilan birga biz jonivorlarning sog‘lig‘i va uzoq umr ko‘rishi unga bo‘lgan e’tiborga va birinchi navbatda uning ovqatlanishiga bog‘liqligini anglashdek yangi mas’uliyatga ham ega bo‘lamiz.

Uy hayvoni egalari ularga stol ustidagi ovqatni tashlash o‘rniga ko‘proq balanslashtirilgan ovqatlanish tartibini tanlashmoqda. Ushbu ongli qarorga asoslangan trendni ishlab chiqaruvchilar ham faol qo‘llab-quvvatlashmoqda. Miratorg savdo belgisi bir necha yillardan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritar ekan, jonivorlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarib, sifatli yemlarni nafaqat hamyonbop qilmoqda, balki uysiz hayvonlarga yordam berish, ularga g‘amxo‘rlik qilish har bir insonning qo‘lidan kelishini targ‘ib qilmoqda.

Fermadan uy hayvoni idishigacha: sifatni kafolatlovchi maydon

Miratorgning yem ishlab chiqarish tarixi – katta tizimning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Holdingning tashkil topganiga 30 yildan oshdi va bugungi kunda u 22 turdagi butun bir tuzilmani – urug‘larni yetishtirish va chorvachilikdan tortib, qayta ishlash va logistikagacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Ushbu keng maydonda 55 turdagi mahsulot qamrab olingan bo‘lib, dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlariga mahsulotlar yetkazib beriladi va bu sifatni ishlab chiqarishning har bir bosqichida nazorat qilish imkonini yaratadi.

Kimyoviy moddalar o‘rniga haqiqiy ovqat: turli xil talablar uchun yaratilgan xilma-xillik

Miratorgning insonlar uchun mahsulot ishlab chiqarish jarayonidan hayvon yemlarini tayyorlashda qo‘llaydigan asosiy tamoyili – maksimal darajadagi tabiiylik va yuqori sifatdir. Degidratsiyalangan go‘sht o‘rniga tabiiy go‘sht qo‘shish innovatsion texnologiyasi evaziga ushbu yemlar sun’iy to‘yim kuchaytiruvchilari va aromatizatorlarsiz go‘shtning o‘ziga xos ta’mini saqlab qoladi. Bunday yechim nafaqat hayvonlarni tabiiy oziqlanishga qaytaradi, balki ularning ishtahasini ochadi: jonivor o‘z porsiyasini ishtiyoq bilan yeydi va zarur oziq moddalarini to‘liq o‘zlashtiradi. Retseptlar asosini mol go‘shti, buzoq go‘shti, tovuq filesi, qo‘y go‘shti va baliq tashkil qiladi.

O‘zbekiston sharoitida mahsulot sifati masalasi doimgidek dolzarb bo‘lgan bir paytda, bu yondashuv iste’molchilarning e’tiborini tortmoqda. Yetakchi mahalliy distribyutor Balton Trading Asia bilan hamkorlik tufayli bu yemlar respublika bo‘ylab keng tarqalgan. Ushbu savdo belgisi assortimentida 150 dan ortiq mahsulot mavjud bo‘lib, ular FEDIAF va FSSC 22000 xalqaro standartlariga to‘liq mos keladi va uy hayvonlarining turli ehtiyojlarini hisobga oladi.

Masalan, Meat qatori kundalik oziqlanish uchun eng yaxshi tanlov bo‘lib, sterilizatsiya qilingan hayvonlarga ham mos tushadi. Extra Meat qatori esa yuqori oqsil va vitaminlar miqdori bilan ajralib turadi va ovqat hazm qilish tizimi sezuvchan bo‘lgan hayvonlar uchun yaratilgan. Shuningdek, Expert nomli veterinariya qatorini ham alohida ta’kidlash lozim — bu mahsulotlar ovqat hazm qilish, buyrak, jigar kasalliklari yoki allergiyaga moyilligi bo‘lgan hayvonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun nutritsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Biznes doirasidagi g‘amxo‘rlikdan tashqari

Ushbu falsafa korxona amaliyotida ham o‘z ifodasini topadi. Miratorg ijtimoiy mas’ul korxona sifatida hayvonlarga nisbatan mas’uliyatli munosabat madaniyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu maqsadda brend hayvonlar uchun boshpanalar yaratishda yordam beradi, uysiz mushuklar uchun uychalar tayyorlaydi va ularni himoya qilishga qaratilgan loyihalarni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Shu tariqa, ushbu savdo belgisining O‘zbekistonda ommalashuvi shundan dalolat beradiki, bugun uy hayvoni egalari uchun muhim narsa – shunchaki jonivorni to‘ydirish emas, balki uning sog‘lom oziqlanishini ta’minlash, tarkibi tushunarli, ishonch uyg‘otuvchi yemlarni tanlashdir. Bu esa, shubhasiz, hayvonlarga bo‘lgan yangi g‘amxo‘rlik madaniyati shakllanayotganidan darak beradi.

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Sirdaryoda soliq xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Sirdaryo, Andijon va Samarqand viloyatlarida bir qator korrupsiya holatlariga chek qo‘yildi.

Joriy yil 7 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi bosh inspektori tomonidan Sirdaryo tumanida faoliyat yurituvchi MChJda o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida korxonada 400 mln so‘m miqdorida soliq qarzdorligi mavjudligi aniqlangan.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday holatlar uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, Soliq boshqarmasi shu’ba boshlig‘i bosh inspektor bilan oldindan til biriktirib, qarzdorlik summasini 90 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 1500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi.

U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. Tezkor tadbir davomida soliq qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani jamiyat rahbariga topshirayotgan bosh inspektor ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur soliq xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Navbatdagi holat Andijon viloyatida qayd etildi. Viloyat Soliq boshqarmasining bo‘lim inspektori Ulug‘nor tumanida quyosh panellari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi MChJ yuridik manzili bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borish chog‘ida korxona ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotgani va hisobotlardagi tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha nomutanosibliklar mavjudligini aniqlaydi.

Inspektor holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirib, jamiyatning bank hisob raqami bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yadi. Shundan so‘ng u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasini rasmiylashtirmaslik, shuningdek, bank hisob raqamiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni va’da qilib, MChJ hisobchisidan 500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Soliq qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 6 mln so‘m ekvivalentidagi pul mablag‘ini qarindoshlariga tegishli 2 ta bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtda ushlangan.

Hozirda soliq inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Yana bir holat Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limida qayd etilgan. Davlat ijrochisi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining javobgar shaxsga nisbatan bank foydasiga 117 mln 804 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish haqidagi qaror bo‘yicha chiqarilgan ijro varaqasini sud tizimida ishlovchi tanishlari orqali bekor qilib berishini va’da qiladi.

Shuningdek, u ishni ko‘rib chiqish uchun belgilangan davlat bojidan go‘yoki ozod qilish, javobgarning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashini aytgan va bunga munosib “xizmat haqi” sifatida 500 AQSh dollari talab qilgan. Davlat ijrochisi talab qilingan pul mablag‘ini tanishi orqali olgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati va Byuroning viloyat boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik shu’basi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda davlat ijrochisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ohangaronda miltiq bilan savdo do‘koniga kirib, sotuvchini jarohatlagan erkak qamoqqa olindi

Published

on


Holat 22 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Ammo IIB oradan 20 kun o‘tib, 12 noyabrda Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan. Kun.uz xabaridan so‘ng jinoyat ishi bezorilik bilan qayta malakalandi hamda erkakka nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida savdo do‘koniga miltiq bilan bostirib kirib, bir erkak va sotuvchi ayolni qurol bilan kaltaklagan shaxs 2021 yildan Ovchilik jamiyati a’zosi bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati axborotida keltirilgan.

“Tumanning “Ko‘ksaroy” MFY hududida yashovchi 33 yoshli R.Q. (erkak), shar’iy nikohida bo‘lgan 35 yoshli N.Sh. (ayol)ning yoniga, o‘ziga tegishli ov quroli, (2021 yildan Ovchilik jamiyatiga a’zo) bilan kelib, o‘rtalaridagi nizo sababli ayolga tahdid qilgan va urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi fuqaro tergovga jalb qilingan. Unga 22.02.2021 yildan berilgan ovchilik guvohnomasi bekor qilinib, TOZ-34 rusumli ov quroli musodara qilingan.

Jabrlanuvchi N.Sh.ning olgan tan jarohati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, 11.11.2025 yilda olingan STE xulosasiga ko‘ra ayolda (sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan) yengil tan jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan”, deyiladi boshqarma rasmiy axborotida.

Shuningdek, hozirgi kunda holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan to‘liq nazoratga olinib, Ohangaron tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

IIBB matbuot xizmati rasmiy axborotida Kun.uz’ni ayblashni ham unutmagan va xabarda ayolning “IIB ishni yopishga urinmoqda” mazmunidagi gapi haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini yozgan. Biroq Toshkent viloyati IIBB erkakka nisbatan qachon jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ochiqlamagan. Qolaversa, rasmiy axborotdagi ayrim ma’lumotlar bir tomonlama va mazmunan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

D.Q. rasmiy axborotda aytilgani kabi Ohangaron tumanining Ko‘ksaroy mahallasida emas, Angren shahrining Nishbosh ko‘chasida yashaydi. Qolaversa, jabrlanuvchi ayolning bildirishicha, u D.Q. bilan er-xotin bo‘lmagan.

“Xato ma’lumot tarqatilishi sha’nimga ta’sir qilmoqda. Men u bilan na qonuniy, na sha’riy nikohda bo‘lmaganman. Biz er-xotin emasmiz. Turmush qurmoqchi edik, sovchi jo‘natgan. Dadam oldin uy ol, keyin ko‘ramiz, degan. Sha’riy nikohida bo‘lgan, degan xabarlar tarqatilishi ortidan barcha yaqinlarim, otam, sen bizdan yashirincha nikohdan o‘tib olganmiding, deya so‘roqqa tutyapti. Men u bilan bir kun ham bir tom ostida yashamaganman”, deydi Sh.N.

Erkakning harakatlari video dalillarda yaqqol ko‘rinib turganiga qaramay, Ohangaron tumani IIB holat sodir bo‘lganidan 20 kun o‘tib, 2025 yil 12 noyabr kuni, Kun.uz xabari e’lon qilinishidan bir kun oldin (!) D.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi “v” bandi, ya’ni qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatgan holda qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan.

Kun.uz 13 noyabr kuni holat yuzasidan xabar berdi. Shundan so‘ng D.Q.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan qayta malakalangan. Shuningdek, Sh.N.ga yetkazilgan jarohat bo‘yicha qayta sud-tibbiy ekspertizasi tayinlash haqida qaror qabul qilingan. Chunki o‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning 2025 yil 11 noyabrdagi xulosasida ayol “yengil tan jarohati” olgani keltirilgan. Sh.N. esa sudga oid tibbiy ekspertizaning ushbu xulosasidan norozi bo‘lib, og‘ir tan jarohati olganini aytmoqda.

JIB Ohangaron tuman sudining 2025 yil 14 noyabrdagi ajrimi bilan D.Q.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan qilmish uchun bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “b” bandi bo‘yicha esa uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda aholisi eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra mamlakat doimiy aholisi 38 million 69 ming kishidan oshgan. Shu munosabat bilan aholisi soni eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar bo‘yicha top-10 ro‘yxati taqdim etildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 069 116 kishini tashkil etgan.

Aholisi soni eng kam bo‘lgan tumanlar va shaharlar ro‘yxati quyidagicha:


G‘ozg‘on shahri – 9 429 kishi;
Tomdi tumani – 15 199 kishi;
Shirin shahri – 19 421 kishi;
Qorovulbozor tumani – 20 608 kishi;
Bo‘zatov tumani – 21 810 kishi;
Yangiobod tumani – 30 449 kishi;
Mo‘ynoq tumani – 34 065 kishi;
Konimex tumani – 36 922 kishi;
Taxtako‘pir tumani – 38 871 kishi;
Uchquduq tumani – 39 937 kishi.

Keltirilgan ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, aholisi eng kam hududlar asosan ekologik va tabiiy sharoiti qiyin bo‘lgan, hududi keng, lekin aholi zichligi past tuman va shaharlarga to‘g‘ri kelmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.