Jamiyat
Quvada IIB xodimlari va choyxonachi “kelisholmay” qoldi
Farg‘ona viloyati Quva tumanida ichki ishlar xodimlari uch aka-uka yuritadigan oshxonada kabob yeb, pulini to‘lamay kelgan. Qarzdorlik ko‘payib ketgach, o‘z haqini talab qilgan tadbirkorga xodimlar tomonidan bosim boshlangan. Hatto to‘ng‘ich aka Abror Sodiqov “ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagani” aybi bilan ma’muriy qamoqqa tiqilgan. “Xodimlar formada kelib, aroq ichib, oyoqda tura olmasdan yiqilgudek bo‘lib chiqib ketishadi”, deydi tadbirkor.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Tadbirkor Ahmadali Yunusovning aytishicha, hammasi Quva tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Hamroboyevning o‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramiga 3 ta “korobka” qilib berasan, degan topshirig‘i bajarilmaganidan keyin boshlangan.
“Quva tumani Iftixor mahallasida joylashgan “Ulfatlar” nomli oshxonani yuritaman. Shu paytgacha ichki ishlar xodimlari oshxonamizga kelib, yeb-ichib pulini bermay ketar edi. Akam Moskvadan kelib, qarz daftarni ko‘rdi va “Nasiya ko‘payib ketibdi, birovga nasiya qilma, qarzlarni tezroq yig‘”, deb qat’iy tayinladi. Avvalo Quva tuman IIB boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qildim. “Beraman, beraman, olasan”, deb va’da berdi. Undan keyin boshqa ichki ishlar tizimidagi qarzi borlarga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib chiqdim. Natija bo‘lmagach, ilojsizlikdan 1102 ishonch telefoniga aloqaga chiqib, bor gapni aytdim. Shundan keyin ayrim xodimlar qarzini berib ketishdi, ayrimlari esa yo‘q. Keyin esa bizga qarshi ishlashni boshlashdi. Akamga “statya” qo‘yib, 5 sutkaga qamashdi.
Ichki ishlar bilan nizo boshlanishiga sabab Quva tuman IIB xodimi Baxtiyor Hamroboyevning “Ustoz va murabbiylar kuniga “karobka” qilib bering”, degan topshirig‘ini bajarmaganim bo‘ldi. Narxini bilsam har bir “karobka” 1 mln so‘m ekan. 3 mln so‘mlik topshiriq og‘irlik qildi to‘g‘risi.
Topshiriq bajarilmaganidan keyin bizga qarshi har xil rejalar tuzishdi, amaliyotlar olib borishdi. Oshxonamni har xil bahonalar bilan berkitmoqchi bo‘lishdi. Quvada boshqa oshxonalar ishlab tursa, nega aynan mening oshxonam soat 22:00 da berkilishi kerak? Hayron qolasan kishi.
Xodimlar tahdidlar qilib, “ko‘chada yurishingni o‘yla, oshxona ochishingni o‘yla, tadbirkorlik qilishingni o‘yla”ga tushishdi. Prezident “tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatla”, “tadbirkorga tegma”, deyaptiku.
Odatda IIB xodimlari 200 ming so‘m “schyot” bo‘lsa, 100 ming so‘m, 100 ming so‘m “schyot” bo‘lsa, 50 ming so‘m beradi. Bermay chiqib ketgani ham bo‘ladi. Shunda ham rozi bo‘laman. Nega? Rahmatli otam ana shu tizimda ishlagan, shu tizimning nonini yeb, bizni voyaga yetkazgan. Tizimning, otamning hurmatidan xodimlarning ko‘nglini olishga harakat qildim. Lekin ular haddidan oshib ketishdi. Tizim menga qarshi ishlashni boshladi. Xodimlarni formada kelib aroq ichib, oyoqda tura olmay yiqilgidek bo‘lib chiqib ketishlarining ko‘p guvohi bo‘lganman. Lekin biror marta sotmadim. Akamni qamatgandan keyin ko‘zim ochildi. Halol ishlab topgan haqqimni so‘raganimdan keyin baloga qoldim”, deydi tadbirkor Ahmadali Yunusov.
“Yeydi, ichadi, bolalar berib ketadi, deb ketaveradi”
“Baxtiyor aka bor Quva IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, 1,8 mln so‘m qarzi bor. Bir marta pul bermagan. Keladi, yeydi, ichadi, bolalar berib ketadi, deb chiqib ketadi. Xo‘p, xo‘pdan boshqa gap ayta olmaymiz. Oxiri nasiya to‘lib ketganda hisoblab chiqsak, 10 mln so‘mdan o‘tib ketibdi. “Nachalnik GAI” Farruh akaning ham qarzi bo‘lgan. Uning xodimi O‘tkir aka ham qarz bo‘lgan. “Nachalnik militsiya”ning haydovchisi Ziyod aka ham qarz bo‘lgan. Sulton aka ham qarz bo‘lgan. Doston aka “uchastkavoy”ning ham 500 ming so‘m qarzi bor. Qarzlar to‘lib-toshgandan keyin ishonch telefoniga chiqishga qaror qildik.
Bunga javoban biz bilan olishishni boshlabsanlarmi, deb 15 oktyabr kuni akamni 5 sutkaga olib kirib qo‘yishdi. Avaz aka, JTSBning boshlig‘i. Skuterda ketayotgan bolani aynan jiyanimizligini bilib turib, atay to‘xtatgan. To‘xtatib, qo‘lini qayirib turgan akam borgunicha. Akam voqea joyiga yetib borib, tortishib ketgan. O‘zlari atay janjal chiqarishdi. Buning ortidan akamni 5 sutkaga qamab qo‘yishdi.
Akamning 1,5 mlrd so‘m krediti bor. Kredit olib, mana shu choyxonamizni yurityapmiz. IIBning sovg‘a olib ber, degan topshiriqlarini bizga ortiqchalik qiladi.
Ayrim IIB xodimlari formada oshxonamizga keladi-da, spirtli ichimliklar ichadi. Oyoqda tura olmaydigan darajada ichganidan keyin noiloj bir ikki marta uyiga tashlab qo‘yganman. Qilgan ishimni tana qilmayman, lekin shunga majbur qilishdi bular.
150 ming so‘mdan qo‘y go‘shti, 135 ming so‘mdan halol mol go‘shti olib ishlatamiz. Bular kelib yeb-ichib ketadigan bo‘lsa, pulini qayerdan olib qoplayman?! Kreditlarim, solig‘im, svetim, gazim bor, ishchilarim bor. Bu ketishda oshxonamni yopishim kerak. Ishlashdan foyda qolmadi. Faqat shularga ishlab berishim kerak.
Akamni 5 sutkaga qamab qo‘yishganidan keyin viloyatga yozdik, apellyatsiyaga berdik. 15 oktyabr kuni kirgan bo‘lsa, 17 oktyabr kuni chiqdi”, deydi Mashhurbek Yunusov.
“Qarzni to‘langlar desak do‘q-po‘pisaga o‘tishdi”
“Safardan Quvaga qaytib kelib, qarz daftarni ochsam, qarzdorlik to‘lib-toshib ketibdi. “Uchastkovoy”larning boshlig‘i 400 ming so‘m, 12-boshliqni 1,8 mln so‘m, IIB boshlig‘i haydovchisi 260 ming so‘m… Ukam qarzni qaytaringlar, deganida IIB boshlig‘ining haydovchisi kelib, do‘q-po‘pisa qilib, senlarga reyd boshlaymiz, deb ketibdi. JTSB boshlig‘i Avazbek aka bizga nihoyatda ko‘p bosim o‘tkazdi. Kelib oshxonani berkitasan, deb ovqatlanib o‘tirganlarni haydadi, boshqa qildi. Xo‘p dedik, ko‘zimizni yumdik. Bo‘pti dedik.
Jiyanim nomersiz skuter haydagini uchun IIB xodimi uni ushlab, qo‘lini qayiribdi. Voqea joyiga yetib borib jarimasini to‘layman desam ham tortishuv to‘xtamadi. Spirtli ichimlik ichgansan, deb 5 sutkaga olib kirib qo‘yishdi. Lekin aroq ichmagandim. Xudoga shukur, adolat bor ekan, sud oqlab, qamoqdan chiqarib berdi. Bizning aybimiz ichki ishlar xodimlaridan haqqimizni so‘rab qo‘yganimiz bo‘ldi.
Davlatga har oy 12,8 mln so‘m soliq to‘layman. Davlatga ziyon keltirmaganman. Prezidentimiz tadbirkorlarga keng yo‘l ochib beryapti. Lekin Quvada buning aksi bo‘lyapti: “uchastkavoy”lar o‘z vazifasini suiste’mol qilib, davlat bergan formasidan foydalangan holda bizga tazyiq, bosimlar o‘tkazyapti,” deydi tadbirkor Abror Sodiqov.
5 sutka qamoq
JIB Quva tuman sudining 2025 yil 15 oktyabrdagi qarori bilan Abror Sodiqov ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish hamda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarliklarini sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sud qarorida Abror Sodiqov hech qanday hujjatlarsiz skuter boshqarib ketayotgan voyaga yetmagan jiyanini to‘xtatgan IIB xodimlarining oldiga Malibu mashinasida kelib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda mashinasini yo‘lning qarama-qarshi tomoniga to‘xtatgani, IIB xodimlarining mashinani yo‘lning qatnov qismidan olishi haqidagi qonuniy talablarini bajarmagani keltirilgan. Tadbirkor esa sudda IIB xodimlari suhbat davomida qattiq gapirgani uchun tortishganini ma’lum qilgan.
Farg‘ona viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025 yil 17 oktyabrdagi qarori bilan dastlabki sud qarori bekor qilingan va ish qo‘shimcha o‘rganish uchun Quva tuman IIBga yuborilgan. Ammo bu orada Abror Sodiqov 3 kun umrini qamoqda o‘tkazib bo‘lgandi. Surishtiruvga qaytgan ishning taqdiri esa hozircha noma’lum.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.
Jamiyat
Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi
Prezident o‘z nutqida 7 milliy dastur haqida e’lon qildi.
Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi.
Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrov qisqa muddatda 100 foizga olib chiqiladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.
Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etiladi. Ularda yoshlarimizni yuqori daromadli kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yib, qamrovni 1 millionga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi.
Ikkinchi milliy dastur xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu maqsadda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarini kelgusi besh yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.
Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi
Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasi olib kelinadi.
Uchinchi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazish.
Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atini saqlagan holda, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.
Yoshlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda startap, venchur va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishga aylanadi.
Shuningdek, kichik biznes – o‘rta biznesga, o‘rta korxonalar esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylanishi uchun yaxlit ekotizimni yo‘lga qo‘yamiz. Bularning hisobiga kelgusi o‘n yilda jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 10 ming dollarlik marradan oshadi.
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.
Shu bois, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga olib chiqiladi. Bu – umummilliy marraga aylanadi.
Adolat qaror topgan joyda iqtisodiy o‘sish ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.
Bu borada beshinchi milliy dastur – sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlashni umumiy qadriyatga aylantirishdan iborat.
“Buning uchun huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab aniq tizim asosida yo‘lga qo‘yamiz. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz. Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish bo‘yicha choralarni yanada kuchaytiramiz.
“Yashirin iqtisodiyot”, uyushgan jinoyatchilik, ayollar va bolalar huquqini kamsitishga qarshi kurashni yangi bosqichga ko‘taramiz.
Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoshlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning tashabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun oltinchi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirishga yo‘naltiriladi.
Endi davlat dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yondashuv butkul o‘zgaradi. Tuman budjeti, investitsiya dasturi hamda infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqiladi. Bunda fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi – eng asosiy mezon sifatida belgilanadi”, dedi Prezident.
Yettinchi milliy dastur – O‘zbekistonning tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirishdan iborat.
Bizning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar siyosatimiz uzoq muddatli taraqqiyotimizni ta’minlashga qaratilgan.
Jamiyat
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.
Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.
“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.
Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.
Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!
Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.
Jamiyat
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.
Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:
– boshlang‘ich to‘lov – 35%;
– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;
– foiz stavkasi – 0%;
– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.
Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.
BYD CHAZOR UzPride haqida
BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.
132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.
55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.
Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.
360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.
Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.
BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari
Rasmiy ishonch telefoni: 1811
Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz
Instagram: @bydauto.uz
Telegram: t.me/bydautouz
Jamiyat
Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi
E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.
Shundan:
— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;
— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;
— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.
Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.
Jamiyat
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.
Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.
Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.
Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.
-
Siyosat3 days ago
Шавкат Мирзиёев Бишкекда кутиб олинди
-
Mahalliy3 days ago
«Enamdan qolgan dalalar» (Esse)
-
Jamiyat5 days ago
Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi
-
Jamiyat3 days ago
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
-
Jamiyat3 days ago
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
-
Siyosat5 days ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
-
Sport4 days ago
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
-
Siyosat5 days ago
Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi
