Connect with us

Iqtisodiyot

Qurilish vazirligi binosi 196 mlrd so‘mga sotildi. Bu dastlabki xususiylashtirishdan 14 mlrd so‘mga yuqori narx

Published

on


Bundan besh oy oldin xususiylashtirilib yana qayta auksionga chiqarilgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosi 196,6 mlrd so‘mga sotildi. Auksion 10 daqiqa davom etdi, yagona narx taklifi «Hamkorbank» tomonidan berildi. Vazirlik binosi birinchi auksionga nisbatan 14,4 mlrd so‘m qimmatroqqa sotildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Shayxontohur tumanida joylashgan ma’muriy binosi auksionda 196,6 mlrd so‘mga sotildi.

15 may kungi savdo 187,2 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan boshlandi. Auksion faqatgina bitta narx taklifidan iborat bo‘ldi va 10 daqiqa davom etdi.

Yakunda 196,6 mlrd so‘mlik taklif bilan «Hamkorbank» ATB g‘olib bo‘ldi.

Yetti qavatli bino Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasida, O‘rda massivi tomonda joylashgan. Binoning umumiy maydoni 11 725 kvadrat metrni, unga tutash hudud esa 0,48 gektarni tashkil etadi.

Obektda barcha kommunikatsiyalar — elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti va kanalizatsiya mavjud. Xaridor obektni shaharsozlik hujjatlariga muvofiq ofislar va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun ishlatishi kerak. 

Dastlabki xususiylashtirish

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining binosi bundan 5 oy oldin ham xususiylashtirilgandi. 16 dekabr kungi savdo 130,3 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan boshlangandi va 8 ta qadamdan iborat bo‘lib, 1 soat-u 7 daqiqa davom etgandi. Yakunda 182,2 mlrd so‘mlik taklif bilan “O‘zshahar qurilish invest” MChJ g‘olib bo‘lgandi.

“O‘zshahar qurilish invest” 2024 yil 26 noyabr holatiga davlatniki bo‘lgan: kompaniyaning 90 foiz ulushiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, 10 foiziga “Qurilish Invest Development” MChJ egalik qilgan. Davaktiv Kun.uz’ning ushbu kompaniyaning qachon va qancha narxga xususiylashtirilgani haqidagi savollarini javobsiz qoldirgandi. Sotilgan bino nega yana qayta auksionga chiqarilganining sabablari ma’lum emas.

Avvalroq Qurilish vazirligi Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tishi hamda u yerda Transport va suv xo‘jaligi vazirliklari bilan bitta yangi binoda joylashishi ma’lum qilingandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

«Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Published

on


Ohangaronda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda Elektron kooperatsiya portali hamkorligida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazma doirasida tog‘-kon sanoati va metallurgiya yo‘nalishidagi yuqori texnologik mahsulotlar, sanoat startaplari, ilmiy ishlanmalar hamda istiqbolli loyihalar namoyish etildi. Shuningdek, mahalliy kontentni kengaytirish, “shatakka olish” tizimi orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, kafolatli xarid shartnomalari va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari taqdim etildi.

Tadbir davomida mahalliylashtirishga tayyor mahsulotlar, sanoat ehtiyojlari hamda hali o‘zlashtirilmagan yo‘nalishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Yirik sanoat korxonalari tomonidan import qilinayotgan mahsulotlar va ularni mahalliylashtirish imkoniyatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Ko‘rgazmada B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etilib, tadbirkorlar, yirik sanoat korxonalari, tijorat banklari hamda davlat tashkilotlari o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Tijorat banklari tomonidan sanoat loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va takliflar taqdim qilindi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Soliqdan milliardlab qarzi bor qurilish korxonalari ma’lum qilindi

Published

on


2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1 973 taga yetgan. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning jami qarzi qariyb 3 trillion so‘mni tashkil qilmoqda.

E’tiborlisi, umumiy qarzning 35,5 foizi yoki 1,1 trillion so‘mdan ortig‘i atigi 10 ta yirik korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu qurilish tarmog‘ida moliyaviy intizom va soliq majburiyatlari bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Yirik qarzdorlar

Eng katta soliq qarzi «New Building Trade Servis» MChJ hisobiga to‘g‘ri kelgan. Andijonda faoliyat yurituvchi mazkur korxonaning qarzi 364,8 milliard so‘mni tashkil etgan.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan Toshkent shahridagi «Tash Building» MChJ — 174,2 milliard so‘m va «Aziya Invest Favorit» MChJ — 138,6 milliard so‘m qarz bilan joy olgan.

Soliq qarzi eng yuqori bo‘lgan korxonalar qatorida «Tash Constructions House» MChJ — 101,9 milliard, «Tamirlash Qurish Servis» MChJ — 72,5 milliard va «Stroy Montaj Invest» MChJ — 54,9 milliard so‘m qarz bilan qayd etilgan.

Shuningdek, «Agro Asia Trade Servis» MChJning qarzi 39,4 milliard, «Usta Obid Brend» MChJniki 37,3 milliard va «Grand Road Tashkent» MChJniki 37,2 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Top-10 ro‘yxatini «Centris Ro77» MChJ yakunlagan bo‘lib, kompaniyaning soliq qarzi 31,9 milliard so‘mga yetgan.

Hududlar kesimida

Soliq qarzdorligi bo‘yicha Toshkent shahri respublikada birinchi o‘rinni egallagan. Poytaxtdagi qurilish korxonalarining jami qarzi 958,3 milliard so‘mga yetgan.

Ikkinchi o‘rinda Andijon viloyati qayd etilgan bo‘lib, hududdagi qurilish kompaniyalarining qarzi 666,1 milliard so‘mni tashkil qilgan. Uchinchi pog‘onadan esa 225,5 milliard so‘m bilan Toshkent viloyati joy olgan.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 185,7 milliard, Qashqadaryo viloyatida 119,1 milliard va Sirdaryo viloyatida 100,9 milliard so‘m soliq qarzi qayd etilgan.

Eng kam qarzdorlik ko‘rsatkichlari esa Xorazm viloyati — 62,5 milliard, Namangan viloyati — 64 milliard va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 66,3 milliard so‘mni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Yil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq sayyoh keldi

Published

on


2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 4 million 48 ming nafardan oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 931 ming nafarga yoki 29,9 foizga ko‘pdir.

Eng katta turistik oqim Qirg‘iz Respublikasidan qayd etildi. To‘rt oy davomida qo‘shni davlatdan 1 million 141 ming nafardan ortiq fuqaro O‘zbekistonga kelgan.

Ikkinchi o‘rinni Tojikiston egallagan bo‘lib, ushbu mamlakatdan 965,4 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan. Qozog‘istondan kelgan turistlar soni esa 935 ming nafardan oshgan. Shu tariqa, umumiy turistik oqimning asosiy qismi Markaziy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 341,8 ming nafarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston — 161,5 ming va Xitoy — 132,2 ming nafar bilan qayd etilgan.

Turkmanistondan 108,4 ming nafar fuqaro turizm maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Turkiyadan kelganlar soni esa 57,6 ming nafarga yetgan.

Statistikada Hindiston va Koreya Respublikasi ham O‘zbekistonga eng ko‘p turist yuborgan davlatlar qatoridan o‘rin olgan. Hindistondan 16 ming, Koreya Respublikasidan esa 12,1 ming nafar sayyoh kelgani qayd etildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bankomatda muammoga uchragan mijoz sarson bo‘lmasligi kerak

Published

on


Bankomatlar kiritilgan kartani “yutib yuborishi”, hisobdan pul yechilganiga qaramay, naqd pul bermasligi va shu kabi boshqa holatlarda banklar, to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlari mijozni o‘rtada “koptok” qilmasdan, uning muammosini mulkka oid ustuvor masala sifatida ko‘rib chiqishi shart. Markaziy bank bozor ishtirokchilariga talabnoma yubordi.

O‘zbekiston Markaziy banki iste’molchilarning bankomatlar bilan bog‘liq muammolari yuzasidan bozor ishtirokchilariga xat yubordi.

15 may kuni imzolangan xat regulyator rasmiy saytiga joylangan.

“Bank kartasidan mablag‘lar yechib olinishi, lekin naqd pul berilmasligi, uzoq kechikish bilan qaytarilishi yoki muvaffaqiyatsiz amaliyot bo‘yicha xizmat haqi ushlab qolinishi kabi holatlar – ikkinchi darajali texnik hodisa sifatida emas, balki iste’molchilarning mulkiy manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan masala sifatida ko‘rib chiqilishi shart”, – deyiladi hujjatda.

Karta bankomatda qolib ketgani yuzasidan mijozning murojaatlari holati haqida uni o‘z vaqtida xabardor qilmaslik hamda mazkur masala bo‘yicha bank, to‘lov tashkiloti va jarayonning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida mas’uliyatni biridan boshqasiga o‘tkazib yuborish kabi holatlarni Markaziy bank karta egalariga nisbatan adolatsiz munosabat deb atadi.

Rasmiy xatda tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlariga bankomatlar bilan bog‘liq ish sifatini oshirish bo‘yicha quyidagi ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan:


bankomat bilan bog‘liq muammo yuz berganda mijozning harakatlar ketmaketligi bo‘yicha tushunarli ma’lumot e’lon qilish;
xizmat haqlari (komissiya) haqida amaliyotdan oldin shaffof ma’lumot berish va xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
naqd pul berilmasligi yoki kartani ushlab qolish kabi holatlarni mijozning mulkiy manfaatiga daxldor ustuvor murojaat deb belgilash, murojaat qabul qilinganda uning identifikatsion raqami va ko‘rib chiqish muddatini tasdiqlovchi tasdiqnoma taqdim etish;
agar muammoni ichki manbalar (jurnallar, video, inkassatsiya dalolatnomasi va h.k.) orqali tasdiqlash mumkin bo‘lsa, mijozni bank ofisiga takroran chaqirmaslik hamda muammoni hal qilishda turli bo‘linmalar yoki tashkilotlar o‘rtasida sarson qilmaslik;
mijoz murojaat qilgan aloqa kanalidan (koll-markaz, mobil ilova, sayt yoki filial) qat’i nazar, yuzaga kelgan hodisa bo‘yicha sifati va mazmuni bir xil bo‘lgan aniq va tushunarli ma’lumot olishini ta’minlash;
“murojaatni ko‘rib chiqish”dan “kafolatlangan natija” modeliga o‘tish, bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida puldan foydalanish imkoniyati tiklangan vaqtni hisobga olish hamda to‘lov tizimlari tomonidan tasdiqlangan xatoliklar bo‘yicha mablag‘larni mijoz murojaatisiz (proaktiv tarzda) qaytarishni kengaytirish;
lozim darajada bajarilmagan amaliyotlar bo‘yicha ushlab qolingan komissiyani asosiy summa bilan bir vaqtda yoki avtomatik ravishda mijozga qaytarish;
muvaffaqiyatsiz amaliyotlarni tezkor qayta ishlashga qaratilgan texnologik yechimlarni joriy etish, inson omili ishtirokini qisqartirish va nosozliklar sababini tahlil qilgan holda chora-tadbirlar ko‘rish;
bankomatlarning texnik jihatdan ishchi holatda bo‘lishini, shu jumladan aloqa, elektr ta’minoti, UPS tizimlari ishlashini ta’minlash, eskirgan uskunalarni almashtirish hamda ko‘cha yuzalarida joylashgan yoki ko‘p shikoyat tushayotgan qurilmalarga alohida profilaktik e’tibor qaratish lozim.

“Bankomatlar infratuzilmasini yanada rivojlantirish nafaqat miqdoriy o‘sishda, balki xizmat ko‘rsatish standartlarining sifatida ham namoyon bo‘lishi zarur va texnik nosozlik yuz berganda tizim iste’molchini muammo bilan yolg‘iz qoldirmasligi, balki uni tushunarli va adolatli tarzda hal etishi shart”, – deyiladi regulyator talabnomasida.

Markaziy bank bozor ishtirokchilarini yuqorida bayon etilganlarga mas’uliyat bilan yondashish, bankomatlar ish sifatini oshirish hamda iste’molchilarning huquqlari buzilishi holatlarini kamaytirish bo‘yicha tezkor amaliy choralar ko‘rishga chaqirgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik xalqaro aksiyadorlik bitimi amalga oshirildi

Published

on


O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi. 

O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik xalqaro aksiyadorlik bitimi amalga oshirildi — «O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi» AJ (UZNIF) o‘z aksiyalarini London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqardi. 

Mazkur IPO orqali mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 604 million AQSh dollari jalb qilindi. Bugungi kunda jamg‘armaning umumiy bozor qiymati esa 1,95 milliard dollarga baholanmoqda. 

Eng muhim jihati — endilikda oddiy fuqarolarimizdan tortib xalqaro yirik fondlargacha yirik davlat aktivlariga sarmoya kiritish va iqtisodiy o‘sishdan daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahalliy investorlar uchun aksiyalar narxi 4,65 so‘m etib belgilandi, jismoniy shaxslarga esa qo‘shimcha 5 foizlik chegirma taqdim etildi. 

«Black Rock», «Franklin Resources», «Rehwheel» kabi dunyoning eng yirik investitsiya fondlari loyihaga investor sifatida kirib kelgani O‘zbekistonga xalqaro ishonch keskin oshganini ko‘rsatmoqda. 

Bu shunchaki aksiyalar savdosi emas. Bu – O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi, shaffofligi va jahon moliya bozorlariga ishonch bilan kirib borayotganining amaliy natijasidir.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.