Connect with us

Jamiyat

Qurbon nega ideal bo‘lishi kerak yoxud «adolatli dunyo illyuziyasi»

Published

on


Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan tahqirlangan ayol Gulira’no Qosimova «Kun.uz» saytiga intervyu berdi. Va jamoatchilikning aksar qismi zo‘ravonlikni emas, ayolning o‘zini turli gumonlar bilan ayblashga urinishlar kuzatildi. Maqola voqea haqida emas, jamoatchilikning ushbu holatga munosabati haqida. Shu kuni jamiyat bir necha guruhga bo‘lindi: zo‘ravonni qoralaganlar, ayolni ayblaganlar, gumonu shubhaga botganlar…

Gumon bu shunchaki oddiy xalq iborasi emas, psixologiyada, sotsiologiyada va hatto siyosatshunoslikda o‘rganilgan fenomen! Gumon nafaqat insonni masxara qiladi, balki jabrlanuvchini ham aybdorga aylantiradi, tom ma’noda gumon zaif huquqiy tafakkurning mevasi. Qolaversa, bejizga «gumon iymondan ayiradi», deyishmaydi-da.  

«Nega pulni so‘rash uchun uyiga boradi», «nega telefon orqali so‘ramaydi», «balki ayolga soliq boshlig‘i ichki ishlar xodimlari taklif qilgan puldan ham ko‘proq pul taklif qilgandir…»

 

 

Xuddi shunday bo‘ldi, ayol tahqirlandi, ammo jamiyat uning xatti-harakatini tahlil qilishga tushib ketdi. «Nega erkak bilan uchrashadi, nega yolg‘iz boradi…» Bu klassik patriarxal yondashuvda ayol qurbon emas, «shubhali shaxs»ga aylandi. Bu jamiyatda ayolning sha’ni himoyaga arzimaydigan narsa sifatida qabul qilinayotganini ko‘rsatadi. Odamlar ayolning nega u yerda bo‘lganini muhokama qilib, asosiy jinoyatni ikkinchi darajali qilib qo‘ymoqda.

Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishida biz bunday ayblov va gumonlarga doimo duch kelamiz, «balki o‘zi aybdordir, balki xiyonat qilgani uchun eri uni o‘ldirgandir…»

Qurbonni ayblash ijtimoiy psixologiyada (victim blaming) deb nomlanadi — qurbonning xatti-harakatlari, kiyimi yoki qarorlari tahqirlanadi, voqeaning ayblovchisi emas, qurbonning o‘zi aybdor ekanligi haqida tasavvur shakllanadi. Hozir ayni paytda ayolning shaxsiy hayotiga qiziqatyoganlar, uning kiyinishi va yurish turishini kuzatuvga olishga shaylar «yo‘lga chiqqan» bo‘lsa ajab emas.

Bu qanday ijtimoiy oqibatlarga olib keladi?

Tadqiqotchilar fikricha, bunday vaziyatda qurbon jamiyatdan o‘zini izolyasiyalaydi, da’vo qilmaydi, adolat kutmaydi. Jamiyatda pattern-shablon shakllanadi: «xatolik qurbonning o‘zida», natijada boshqa jabrdiydalar haqiqat uchun kurasha olmaydi, ovozini o‘chirib yurishga majbur.

Jamiyatimizda jabrlanuvchi gumon va shubhada qolmasligi uchun qanday kriteriyalarga ya’ni talablarga javob berishi kerak? Norvegiyalik kriminolog, yozuvchi   Nils Kristi ta’kidlaganidek: «Jamiyat faqat «passiv, begunoh, ideal» qurbonga ishonadi. Ya’ni ishonchga loyiq qurbon faqat passiv, begunoh, ideallashtirilgan ayol obraziga mos kelgandagina jamiyat tomonidan himoya qilinadi Agar jabrlanuvchi bu obrazga mos kelmasa, uning haqiqatini eshitishmaydi, uning so‘zi hatto dalillar bo‘lgan taqdirda ham shubha ostida qoladi. Gulira’no Qosimova keysida shuni ko‘rish mumkin, u o‘qimishli, yosh, o‘z haq-huquqini biladi, bechora va g‘arib ko‘rinmaydi. Agar shu ayol o‘rnida keksa bir shaxs, jamiyatning eng oddiy qatlamidan, ana boringki yeyishga noni yo‘q kambag‘al bo‘lganida edi haqiqiy ideal qurbon hisoblanardi… Maqolada aytmoqchi bo‘lgan gaplarimiz bular ham emas.

Maqsadimiz odamlar nimaga haqiqat uchun kurashishdan ham ko‘ra qurbonning o‘zini ayblashga moyilligi haqida, «adolatli dunyo gepotezasi» (Just-World Hypothesis) ya’ni adolatli dunyo illyuziyasiga barham berish haqida.

Just-world hypothesis nazariyasini 1960 yillarda amerikalik psixolog Melvin J. Lerner asoslab bergan. Uning tadqiqotlariga ko‘ra, insonlar fojea va zo‘ravonlik holatlarini ko‘rganda voqeani ob’yektiv tahlil qilishdan ko‘ra, qurbonning xatti-harakatida «mantiq» izlashga moyil bo‘ladi, shu orqali o‘zlarining xavfsizlik hissini saqlaydi. Lernerning klassik eksperimentlaridan birida tomoshabinlar boshqalarning azob chekkanini ko‘rishgan va vaqt o‘tishi bilan ularning ko‘pchiligi «demak, bu odam shunday jazoga loyiq» degan xulosaga kelgan. Negaki, agar jabrlanuvchi begunoh bo‘lsa bu har birimizning xayolimizga «ertaga men bilan ham shunday bo‘lishi mumkin», degan qo‘rqinchli haqiqatni keltiradi. Shu qo‘rquvdan qochish uchun odamlar jabrlanuvchini ayblaydi, o‘zini esa «xavfsiz» his qiladi. Bu mutaxassislarning tili bilan aytganda psixologik himoya mexanizmi.

Hattoki, shu keys bilan bog‘liq postlarga qoldirilgan izohlar orasida «men nomusliman, bunday holat men bilan yuz bermaydi» degan fikrlarni ham uchratish mumkin. Ya’ni zo‘ravonlikka va tahqirlanishga nomussiz odamlar loyiq degan ma’noni ko‘ramiz.

 

«Men u holatga tushmayman, chunki men u kabi xato qilmayman», degan fikr illyuziyani saqlab qoladi va hayotda yashash xavfsizdek ko‘rinadi. Mana shu yerda jinoyatchilar o‘zini erkin his qila boshlaydi. Chunki qurbonning o‘zi shunga sharoit yaratib berdi, axir qurbon shunday jazoga loyiq…

Yana bir tomoni odamlar ongi xaosni yoqtirmaydi. Har bir fojea, nohaqlik ongda «adolatli dunyo» tasavvuriga zarba beradi. Shuning uchun odamlar: «Uning boshiga shunday ish tushishi bekorga emas…», «Demak, u ham bir joyda xato qilgan» degan gumonlarga boradi, hatto o‘zi borgan shubha-gumonlardan xotirjam tortadi.   

Aytaylik zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol haqida: «O‘zi yomon yo‘lda yurgani uchun javobini oldi»…  

Qashshoq odam haqida: «Ular mehnat qilmagani, uchun shunday qashshoq bo‘lishi kerak»…

Bolalikda zo‘ravonlikka uchraganlar haqida: «O‘zi ham aybdor bo‘lgan» degan qarash…

Bu adolatni izlash emas, adolatli dunyo illyuziyasini saqlab qolish uchun ongda tug‘ilgan gumondir.

Natijada nima bo‘ladi?

Jamiyatda qurbonlar ikkinchi marta jabr chekadi — ilk fojeadan va ikkinchi marta jamoat gumoni, ayblovi…dan. Ikkinchi chekayotgan jabri, psixologik bosim qurbonni battar chorasiz qoldiradi.  

1970 yillarda AQShda zo‘ravonlik qurbonlarini ayblash odatiy hol bo‘lgan. Ammo keyingi o‘n yilliklarda ommaviy muhokama va huquqiy islohotlar bu tendensiyani buzdi. Qurbonni ayblash fenomeniga qarshi jamoatchilik kampaniyalari o‘tkazildi. RAINN kabi tashkilotlar qurbonni himoya qiluvchi media qarashlarni kuchaytirdi.

Shvetsiyada 1980 yillarda qurbonni gumon qilish nafaqat axloqan, balki huquqiy jihatdan ham qabul qilinmaydigan holga keldi.  Politsiyada maxsus «victim support units» tashkil etildi va tergov jarayonida qurbonni ayblovchi savollar taqiqlandi.

Fransiyada ayollarga qarshi zo‘ravonlikka oid jamoatchilik fikrini o‘zgartirish uchun katta milliy mediakampaniyalar o‘tkazilgan. Davlat organlari javobgarlikka tortiladigan holatlar ommaviy muhokama qilinadi, jamiyat gumon bilan emas, tizim aybdorligini muhokama qiladi. Kanada ta’lim tizimida maxsus dasturlar orqali gumon va ayblovga qarshi ta’lim beriladi. Maktab va universitetlarda «jabrlanuvchini ayblash  —zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlash» deb tushuntiriladi.

Germaniya sud jarayonlarida jabrlanuvchi psixologik himoya oladi, uning shaxsiy hayoti muhokama ob’yekti bo‘lishi mumkin emas. Bu odamlar orasida «ayb qurbondan boshlanadi», degan yondoshuvni yo‘qotgan.

Illyuziyadan reallikka o‘tish har qanday jamiyat uchun og‘riqli bosqich. Ammo aynan shu bosqichdan o‘tgan mamlakatlargina qurbonni ayblash madaniyatidan voz kechib, haqiqiy huquqiy davlatga aylangan. Ular bunday zo‘ravonliklardan xato qilsa ham, qilmasa ham, farishtadek oppoq bo‘lsa ham kafolatlanmaganini allaqachon tushunib yetishgan. Adolatli dunyoni miyasida emas real hayotida qurish uchun harakat qilishmoqda…

Tasavvur qiling…

Gumonchilar, qoralovchilar, ayblovchilar intiqlik bilan kutganidek, jabrlanuvchining xatolari dalillar bilan keltirilsa ham bu uning insoniy qadr-qimmatini toptagan zo‘ravonlikni oqlamaydi. Bu holatda muhokama qilinishi kerak bo‘lgan narsa ayolning shaxsiy hayoti emas, tizim ichida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilgani va jamiyatning unga javobsiz qarayotganidir.
Adolatli dunyo illyuziyasini yo‘qotish jamiyat uchun shok. Ammo shunday «tarsakilarsiz» islohot bo‘lmaydi. Agar aybni qurbondan izlasak, jinoyatchilar zo‘ravonlik qilishda davom etaveradi.

Gap ayolning nima qilganida emas —   uning tahqirlanganida!

Juda ko‘pchilik izohlarda ayolning hattoki kiyinishi tilga olingan.

Bu esa sha’n va qadr qimmatni kamsitish va huquq buzilishi hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 27 va 48-moddalarida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanishi  hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur ekanliklari qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining (yangi tahrirda) 6-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanishi belgilangan.

Qaniydi, ayni paytda Gulira’no Qosimova uning qadr-qimmatini kamsitib yozganlarni, sha’nini bulg‘ashga urinayotganlarning har birini bittama-bitta sudga bersa… va biz uni shubha-gumonlarsiz qo‘llab-quvvatlasak yoki adolatli dunyo illyuziyasiga ishonib yashashda davom etaveramizmi?

Barno Sultonova



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!

Published

on


Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.

Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.

“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.

Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!

Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif

Published

on


BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.

Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:

– boshlang‘ich to‘lov – 35%;

– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;

– foiz stavkasi – 0%;

– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.

Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.

BYD CHAZOR UzPride haqida

BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.

55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.

Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.

360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.

BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari

Rasmiy ishonch telefoni: 1811

Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz

Instagram: @bydauto.uz

Telegram: t.me/bydautouz





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi

Published

on


E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

Shundan:

— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;

— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;

— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.