Connect with us

Jamiyat

Qumariq ko‘chasining bir qismi sentabr oxirigacha yopildi

Published

on


Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasining bir qismi 10−30 sentabr kunlari avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Shu kunlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ko‘chadagi diametri 325 mm bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtiriladi.

Ishlar pudrat tashkiloti tomonidan yo‘l qismi yopilgan holda amalga oshiriladi. Jarayon davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari va yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta’minlanadi.

Shu munosabat bilan qator avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi. Xususan:


61-yo‘nalish — A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
106-yo‘nalish — Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
40-yo‘nalish — Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
66-yo‘nalish — Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali «RET» zavodi bekatigacha;
52-yo‘nalish — Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida harakatlanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Mahallalar budjetiga tushadigan mablag‘lar ko‘paytiriladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar moliyaviy mustaqilligini oshirishga qaratilgan yangi choralarni e’lon qildi. Ularga qo‘shimcha soliq tushumlari va boshqa manbalar hisobidan bu yil 1,6 trillion so‘m, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mgacha mablag‘ qoldirilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mahallalar budjetini mustahkamlash bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi. Joriy yil mahallalar budjetiga 600 milliard so‘m mablag‘ qolishi reja qilingan edi.

Iyun oyidagi Prezident farmoni bilan mahallada qoladigan yer va mol-mulk solig‘ining ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirildi. Sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun jarimalarning 10 foizi mahallaga tushadigan bo‘ldi.

Shuningdek, 5 ming kvadrat metrgacha bo‘sh binolarni mahallaning o‘zi sotuvga chiqarishiga ruxsat berildi. Buning hisobidan mahallalar budjetiga yana 405 milliard so‘m tushadi.

Endi mahalladagi noturar obektlardan tushgan yer va mulk solig‘ining 5 foizi ham mahallaning o‘ziga beriladi. Bu orqali mahallalar ixtiyorida yiliga yana 400 milliard so‘m mablag‘ qoladi.

Yil davomida eng ko‘p tadbirkorlarni ro‘yxatga olgan, eng ko‘p yangi ish o‘rni yaratgan, tushum darajasi eng yuqori bo‘lgan va eng ko‘p qo‘shimcha soliq bazasi topgan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi.

Umuman, yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum bu yil 1 trillion 600 milliard so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Har bir hokimga bittadan mahallani obodonlashtirish vazifasi yuklatildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarda obodonlashtirish ishlarini umummilliy harakatga aylantirish va eng namunali mahallalarni soliq imtiyozlari bilan rag‘batlantirishni taklif etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, har bir viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etadi.

Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil bo‘yi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi ta’kidlandi.

Mehnatga yarasha rag‘bat bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bois, yil yakuni bilan ko‘p qavatli uylardagi “Eng orasta xonadon”, mahalladagi “Eng fayzli hovli”, hududdagi “Eng obod ko‘cha”, tuman va viloyatdagi “Eng namunali mahalla” nominatsiyalari joriy etiladi.

Tanlov g‘oliblari bo‘lgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar uchun mol-mulk solig‘idan, hovli-joylar uchun esa yer solig‘idan imtiyoz beriladi.

Yaxshi tajriba yaratgan “mahalla yettiligi” mukofotlanadi, ularning ish uslubi boshqa hududlarga namuna qilib ko‘rsatiladi. Mahallalardagi ilg‘or tajribalarni keng yoritish zarurligi ham qayd etildi.

Hududlarda temir yo‘l atrofini obodonlashtirish ishlari boshlangan. Birgina Toshkent – Xiva yo‘nalishidagi temir yo‘l bo‘yida 285 ta mahalla bor, ushbu yo‘nalish 45 ta tumandan o‘tadi.

Qolgan viloyat hokimlariga ham bir haftada hududidan o‘tgan magistral yo‘llar va temir yo‘l bo‘ylari, ular atrofidagi uy-joy va tijorat obektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Ikki haftada ushbu hududlarni namunali qiyofaga keltirish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqib, amaliy natijaga erishish topshirildi.

“Mahalla – xalqqa eng yaqin boshqaruv bo‘g‘ini. Odamlarning kundalik masalalari shu yerning o‘zida, ortiqcha ovoragarchiliksiz hal bo‘lishi kerak”, dedi prezident.

Hozir “yettilik” orqali 100 ga yaqin xizmat ko‘rsatilmoqda. Endi barcha davlat xizmatlari bosqichma-bosqich mahallaga tushiriladi.

Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasi misolida samarali tajriba yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda Axborot va xizmat markazi tashkil etilib, 8 ta olis mahalla aholisi uchun bir joyda 980 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda.

Xovos tumanidagi Qahramon mahallasida ham Vengriyaning “aqlli qishloq” tajribasi asosida shunday markaz tashkil etilmoqda.

Yil yakunigacha Norin va Xovos tajribalarini Qo‘ng‘irot, Konimex, Boysun, Qamashi, Qo‘shrabot, Tuproqqal’a, G‘ijduvon, Forish, Beshariq, Jalaquduq va Ohangaron tumanlarida joriy etish topshirildi. Urganch shahridagi Olimpiya mahallasida yo‘lga qo‘yilgan “aqlli mahalla” tajribasi esa har bir viloyatning 10 tadan mahallasida tatbiq qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident ijtimoiy yordam so‘rayotgan odamlarning arizasi asossiz rad etilayotganini tanqid qildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy reyestrga muhtoj oilalarni asossiz kiritmaslik holatlarini keskin tanqid qildi. Yig‘ilishda yil yakunigacha 25 turdagi ijtimoiy xizmatni mahallalarga tushirish va reyestr yuritilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mahallalarda ijtimoiy yordamlar ko‘lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Joylarda ijtimoiy reyestrga kiritishni asossiz rad etish yoki sun’iy ravishda reyestrdan chiqarish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi.

Oqibatda ehtiyojmand oilalar ijtimoiy yordam olish, farzandini bog‘cha va to‘garakka berish kabi kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti. 184 ta mahallada bir oy ichida kelgan 2 ming arizaning barchasi asossiz rad qilingan.

Bunday holatlar Bo‘ston, Oltinko‘l, Xovos, Toshloq, Sharof Rashidov, Uchquduq va Dehqonobod tumanlarida ko‘pligi qayd etildi. Shu sababli reyestrga kirish masalasida prezidentga murojaatlar yil boshidan 1,5 barobar oshib, 30 mingdan 46 mingga ko‘paygan.

Bosh prokuraturaga ijtimoiy reyestr to‘g‘ri yuritilishini qat’iy nazorat qilish, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga reyestr haqqoniyligi yuzasidan prezidentga muntazam axborot berib borish topshirildi.

Mutasaddilar oldiga yil yakunigacha nogironlikni erta aniqlash, xonadonlarni moslashtirish, ijtimoiy uyga joylashtirish kabi 25 turdagi xizmatni mahallaga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Uch oyda demensiya va aqliy zaifligi bo‘lgan shaxslar uchun 250 ta mahallada kunduzgi va uyda parvarish xizmati hamda “Madad” uylari, 75 ta mahallada o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar uchun “Faol hayot” dasturi, shuningdek, qarovsiz qolgan va zo‘ravonlikka uchragan bolalar uchun “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi

Published

on


Prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, so‘nggi uch yilda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 1 162 ta mahallaning 571 tasida joriy yilda birorta ham jinoyat sodir etilmagan. Endi ushbu tajriba asosida yangi metodika ishlab chiqilib, u avvalo kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda joriy etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyul kuni “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yaratilgan tizim o‘z natijasini berayotgani qayd etildi. So‘nggi uch yilda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 1 ming 162 ta mahallaning 571 tasida bu yil birorta jinoyat sodir etilmadi.

Ta’kidlanishicha, bunga videokameralar o‘rnatilib, xavfsiz ko‘cha va yo‘laklar tashkil qilingani, aholi muammolari ilmiy asosda hal etilgani, oilalarga psixologik yordam ko‘rsatilgani natijasida erishildi.

Endi jinoyatchilikni jilovlashga mas’ul ilmiy tashkilotlar bilan birga namunali mahallalar tajribasi asosida metodika ishlab chiqiladi. Yil davomida “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalar profilaktika inspektorlari ushbu metodika bo‘yicha joyiga borib o‘qitiladi.

Namangan viloyatida profilaktika inspektorlariga yonkameralar berilib, planshetlariga integratsiya qilingan tajriba ham ijobiy natija bergan. Bu orqali fuqarolar shaxsini aniqlash, ma’muriy bayonnoma to‘ldirish va sudga material yuborish avtomatlashgan.

Natijada profilaktika inspektorlarining ish yuklamasi qisqarib, ayrim mahallalarda jinoyatlar 10 tadan 5 taga kamaygan. Mazkur tajribani yil yakunigacha Namangan viloyatida to‘liq, qolgan hududlarda esa kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 448 ta mahallada yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.4



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent atrofida yangi «yashil belbog‘»lar barpo etiladi

Published

on


Toshkent shahri va unga tutash hududlarda «Yashil belbog‘» loyihasining navbatdagi bosqichi amalga oshiriladi. Unga muvofiq, yangi yashil hududlar barpo etilib, iqlimga mos, qurg‘oqchilikka chidamli daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri atrofida «yashil belbog‘»lar tashkil etish hamda yo‘l yoqalarida tabiiy o‘sib chiqqan daraxt va buta nihollarini saqlab qolish yuzasidan bildirilgan fikrlar o‘rganilgan.

Qayd etilishicha, prezidentning farmon va qarorlariga muvofiq, 2022–2026 yillarda Toshkent shahrida 1 million 350 ming tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazilgan. 2025–2026 yillarda esa poytaxt va unga tutash hududlarda Bektemir tumanida 38 ming, Toshkent tumanida 20 ming, Yangihayot tumanida 2,1 ming va Qibray tumanida 100 ming tup daraxt ekilgan. Shuningdek, 4R–21 avtomobil yo‘li yoqasida ham 2 mingdan ziyod manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazilgan.

2026–2027 yillarda Yangihayot tumanida 21,21 gektar, Sergeli tumanida 6,81 gektar, Bektemir tumanida 40,1 gektar hamda Chirchiq daryosining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Bektemir tumanlari hududidan o‘tuvchi qismi bo‘ylab 100 gektar maydonda yangi «yashil belbog‘»lar tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, prezidentning 2026 yil 25 martdagi farmoniga muvofiq, Toshkent shahri va viloyatida botanika hamda dendrologiya bog‘larini tashkil etish uchun jami 385,3 gektar yer maydoni ajratiladi. Vazirlar Mahkamasining qarori asosida esa poytaxtda umumiy maydoni 139,6 gektar bo‘lgan to‘qqizta yangi jamoat bog‘ini barpo etish belgilangan.

Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, «Yashil belbog‘» loyihasi doirasida 2045 yilga qadar Toshkent shahri va unga tutash hududlarda kamida 58 ming gektar maydonda intensiv himoyaviy o‘rmonzorlar tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun 50 million tupdan kam bo‘lmagan iqlimga mos, qurg‘oqchilikka chidamli va changni yaxshi ushlab qoluvchi daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilib, ularning yashovchanligini 85 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Mas’ullar ta’kidlashicha, «yashil belbog‘» loyihasi faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Uning doirasida yashil hududlarning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, suv tejovchi sug‘orish tizimlarini joriy etish, havo sifati va yashillik qoplamini muntazam monitoring qilish, shuningdek, yo‘l yoqalarida tabiiy o‘sib chiqqan daraxt va buta nihollarini saqlab qolish choralari ham amalga oshiriladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.