Jamiyat
Qullikka o‘rganib qolgan odam
Sizning qullikka munosabatingiz qanday? Aytaylik, yashab turgan hayotingizdan sizni uzib olishdi va asirdek yashashga majbur qilishdi. U yerdan chiqib ketolmaysiz, ishlashga mahkumsiz, mehnat qilmasangiz, och qolasiz. Qanchalik dahshat-a, bu go‘yo inson hayotini o‘g‘irlash bilan barobar. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor… Bugun “5 daqiqa”ning 20-sonida siz bilan yapon adibi Kobo Abening “Qumdagi xotin” romani haqida gaplashamiz.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Asar qahramoni Niki Junpey maktab o‘qituvchisi, hasharotlar hayotini o‘rganishga qiziqadi. Bir kuni u hasharot izlab, dashtdagi qumli hududga yo‘l oladi. Bu unga ijtimoiy hayotdan vaqtincha qochish, erkin nafas olishdek tuyuladi. Ammo aynan shu sayohat uning butun hayotini o‘zgartirib yuboruvchi sarguzashtga aylanadi.
Junpey kechasi qumli qishloqda tunab qoladi. Mahalliy aholi uni chuqurlikdagi xonadonga tushiradi va shu yerda tunni o‘tkazishni taklif qilishadi. Erta tong uyg‘onganida o‘zini qum barxanlari o‘rtasidagi uyda ko‘radi, narvon olib qo‘yilgandi. Yigit qum to‘lqinlari ichida, o‘z ichki qonunlari bilan yashaydigan qishloq asiriga aylanadi. U bilan birga o‘sha chuqurlikdagi kulbada bir ayol – qumdagi xotin yashaydi. U har kuni kechasi qumni uyidan tozalaydi, chunki qum doim shamol bilan kirib keladi. Agar tozalanmasa, kulbani ham, qishloqni ham qum bosib qoladi.
U erkinlikni sevadi
Yigit qum tozalashga moslasholmaydi, chunki u erkin odam. Yapon qoidalarini tan olmaydi. Biroq qayoqda, o‘sha qishloqda sizning balandparvoz erkinligingiz haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
O‘qituvchi avvaliga isyon qiladi. Qumdan qochishga urinadi. Qishloq aholisini ayblaydi, an’anaviy qonunlarini tushunishni ham istamaydi. Yigit alohida shaxs, u erkinlikni sevadi. Xavfli yerto‘lada noma’lum va chiroyli bo‘lmagan ayol bilan bir umr qolib ketishning o‘zi azob.
Qahramon har nafasida qochib ketish haqida o‘ylaydi. Biroq bu orada qumdagi xotinga yordam beradi, o‘zi ham barxanlarda ko‘milib ketmaslik uchun muttasil ishlaydi. Ular er-xotin bo‘lib yashay boshlashadi.
Qullik – ozodlik
Asta-sekin Junpeyning ichkarisida o‘zgarishlar boshlanadi. U xotinning sabr-bardoshi, hayot uchun kurashayotganini tushunib yetadi. Uyni qumdan xoli qilish – bu aslida yashash uchun kurashish ekanini fahmlaydi. U qum tozalash usulini takomillashtirishni, noqulay sharoitda ham suv yig‘ishning yangi yo‘llarini o‘ylab topadi. Bu esa uning ichki kuchi uyg‘onib, jamiyatga moslashishning majburiyat emas, ma’no topish ekanini anglashiga sabab bo‘ladi. Ayol bilan birga rejalar tuzishadi.
Shunday kun keladiki, asar qahramoni afsonaviy orzusiga erishadi – unga tepaga chiqish uchun narvon qoldiriladi. Biroq homilasini yo‘qotgan ayoli shifoxonaga olib ketilayotganida uning ko‘zlariga qaraydi va hammasini anglaydi. U shu yerto‘lada qolishi kerak, qumli qishloqning qoidalarini qabul qilishi lozim. Chunki bir necha yil avvalgi o‘qituvchilik hayoti, hasharotshunosligi ham unga baxt bermagandi. Xullas, u qum tashishda davom etadi. Demak, hammasiga vaqt kerak.
Xulosa
Xo‘sh, inson jamiyatning bir mexanizmi sifatida yashashi kerakmi? Yo‘q, yozuvchi Abe jamiyatga ko‘r-ko‘rona qo‘shilishni ham ma’qullamaydi. Inson jamiyatga mutlaq singib ketsa – o‘zini yo‘qotadi, mutlaq uzilsa ham ma’no yo‘qoladi. Abe shu ikki chegaradagi muvozanatni izlaydi.
Asardagi qum – doimiy harakat, tahdid, mehnat, degani. Bu yapon madaniyatiga o‘xshash, bir kishi ishlamasa – barchaga qiyin bo‘ladi. Bir kishi qoidani buzsa, tizimning hammasi izdan chiqadi. Qumdagi xotin va erkakning birgalikdagi kurashi jamiyat faqat qonun va an’ana emas, balki odamlar o‘rtasidagi hamjihatlikni ham ko‘rsatadi. Asarning fojiasi ham, umidi ham mana shu ikki qutb o‘rtasida yashaydi.
Isomiddin Po‘latov
Jamiyat
Mirziyoyev Namanganda raqamlashtirish, bandlik va investitsiya bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi vaziyatlar markazida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda Namanganda tashkil etilgan «aqlli» vaziyatlar markazi va Yangi Namangan mahallasidagi «Mahalla axborot va xizmat markazi» loyihasi taqdim etildi. Markaz orqali 8 ta mahallada yashovchi 27 mingdan ortiq aholiga qariyb 980 turdagi xizmatlarni «yagona darcha» tamoyili asosida ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda viloyat sanoati hajmi 4,6 trillion so‘mdan 40 trillion so‘mga yetgan. Joriy yilda yalpi hududiy mahsulotni 9,2 foizga oshirish vazifasi belgilangan.
Prezident hududlarni rivojlantirishda ilmiy yondashuvni kuchaytirish maqsadida 14 ta «aql markazi»ni yangi ish uslubiga o‘tkazishni topshirdi. Ular har bir tuman va shaharning iqtisodiy salohiyatini o‘rganib, qo‘shimcha o‘sish manbalarini aniqlaydi.
Yig‘ilishda bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil yakuniga qadar viloyatda 80 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 21 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yilgan.
Investitsiya sohasida Namanganga bu yil 5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida viloyat bo‘yicha 3 milliard dollarlik 43 ta kelishuvga erishilgani qayd etildi.
Shuningdek, jamoat transportini rivojlantirish uchun 1-sentyabrgacha 90 ta avtobus, 50 ta elektrobus va 30 ta mikroavtobus olib kelish, ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, eksport infratuzilmasini rivojlantirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va jinoyatchilik profilaktikasi masalalari ham muhokama qilindi.
Jamiyat
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik bo‘ldi.
Buning oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Jamiyat
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida fuqarolar qolib ketganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barcha fuqarolar charxpalakdan xavfsiz joyga tushirib olingan.
“Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi FVV xabarida.
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Jamiyat
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Foto: Energetika vazirligi
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.
FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.
Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.
BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.
Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.
Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.
O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.
Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.
-
Jamiyat4 days ago«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
-
Sport3 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Dunyodan2 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Siyosat5 days agoAshraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Dollar bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi
-
Mahalliy5 days ago
Endi rahbarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri fosh qilish mumkin!
-
Jamiyat2 days agoVatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman
-
Dunyodan5 days ago
BAAda 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlangan
