Connect with us

Jamiyat

Qudasini do‘pposlab, uni ko‘r qilib qo‘ygan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Published

on


Joriy yilning yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudida og‘ir jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Unda oilaviy munosabatlar sababli yuzaga kelgan janjalning fojiali oqibati muhokama qilindi.

Sud raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Qorako‘l tumanining “Regi Haydar” mahallasida tug‘ilgan 59 yoshli ikkinchi guruh D.R.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan ayblangan.

Sudda aniqlanishicha, D.R.ning qudasi Sh.U. qizining holidan xabar olish maqsadida uning yashash uyiga kelgan. Sh.U. qudasiga qizini haqoratlab, muntazam salbiy munosabatda bo‘lib kelayotgani, bu yoshlarning oilasiga ta’sir qilishi mumkinligi va bunday harakatlarga chek qo‘yishi kerakligi to‘g‘risida gapirgan. Bir qarashda ikki quda o‘rtasida oddiy suhbat bo‘lib ko‘ringan o‘zaro suhbat keskin janjalga aylangan. Guvohlar ko‘rsatmasiga ko‘ra, janjal avvalida og‘zaki tortishuv jismoniy zo‘ravonlikka aylangan. D.R. qudasi Sh.R.ni bir necha marotaba qo‘l mushti bilan yuzi va ko‘z qismiga urgan. Holat jabrlanuvchining qizi hamda boshqa oila a’zolari ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi Sh. Usmonov o‘ng ko‘z olmasi og‘ir darajada kontuziyaga uchragan, to‘r parda ko‘chgan, ko‘z qovoqlari va sklerasida keng hajmli qon quyilishlar aniqlangan. Eng achinarlisi, ushbu jarohat natijasida jabrlanuvchining o‘ng ko‘zi ko‘rish qobiliyati butunlay yo‘qolgan.

Ekspertlar bu holatni umumiy mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortig‘ini yo‘qotishga olib keluvchi og‘ir tan jarohati, deb baholashdi. Mutaxassislar jarohatlar yiqilish natijasida emas, aynan, o‘tmas qattiq jism, ya’ni musht zarbasi bilan yetkazilganini tasdiqlagan.

Sudlanuvchi Razzoqov sudda o‘z aybiga iqror bo‘lmagan va tan olmagan. U o‘z ko‘rsatuvida jabrlanuvchini urmaganini, janjal vaqtida faqat tortishuv bo‘lganini ta’kidlagan. Biroq, sud bu vajlarni ish materiallari, jabrlanuvchi va guvohlarning izchil ko‘rsatuvlari hamda sud-tibbiy ekspertiza xulosalari bilan to‘liq rad etgan. Sud ayblov xulosasini asosli, deb topgan. Shundan so‘ng D.R. yoshi, nogironligi va sog‘ligi holatini inobatga olishlarini va qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishini so‘ragan.

Sudya esa ochi sud jarayonida jazo tayinlashda sudlanuvchining ilgari sudlanmagani va nogironligi kabi yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan bo‘lsa-da, jabrlanuvchining butun umrga ko‘r bo‘lib qolgani jinoyatning o‘ta ijtimoiy xavfli ekanini ko‘rsatishini ta’kidladi.

Natijada sud D.R.ni aybdor deb topib, unga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Aybdor jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.

Sud jabrlanuvchi Sh. U.ga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqiga egaligini tushuntirgan.

– Ushbu ish yana bir bor oilaviy kelishmovchiliklar va nazoratsiz g‘azab qanday qilib, inson hayotini batamom o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bir kechada sodir bo‘lgan janjal bir insonni ozodlikdan, ikkinchisini esa ko‘z nuridan mahrum qildi,-dedi Boborahim Ochilov.

 

 

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 73 nomdagi mahsulot sifat va xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chakana savdo nuqtalarida sotilayotgan xalq iste’moli tovarlarining sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshirish uchun muntazam ravishda nazorat xaridlarini o‘tkazib kelmoqda. Xarid qilingan mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda tekshirilib, ularning davlat standartlari hamda normativ-texnik hujjatlar talablariga mosligi baholanadi.

Xususan, 2026 yilning sakkiz oyida 60 turdagi jami 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazilgan. Natijada ulardan 73 nomdagisi belgilangan normativ-texnik talablarga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu mahsulotlarni savdo rastalaridan qaytarib olish va qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish uchun tegishli materiallar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga yuborilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin

Published

on


Qonunchilik palatasi deputatlari bugungi majlisida moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini yengillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.

Hujjatga ko‘ra, tadbirkorlar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 50 foizini ixtiyoriy to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etilishi mumkin.

Shuningdek, jarimani 6 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilmoqda.

Agar jarima to‘g‘risidagi qaror bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, noqonuniy undirilgan mablag‘ qaytariladi. Qaytarish kechiktirilgan taqdirda, Markaziy bank asosiy stavkasining uch yuzdan biri miqdorida foiz to‘lash tartibi joriy etiladi.

Hozircha bu qoidalar qonun loyihasida nazarda tutilgan, kuchga kirmagan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Published

on


O‘zbekistonda moda va dizayn sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan yangi davlat oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi.

Prezidentning 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qaroriga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi. Akademiya Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi.

Yangi oliygoh Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasining qo‘shma ta’lim dasturi negizida tashkil etiladi.

Mazkur dasturda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi akademiyada davom ettiradi. Bitiruvchilarga Toshkent xalqaro moda akademiyasining diplomi beriladi.

O‘quv jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi. Akademiyada xalqaro qo‘shma dasturlar bilan bir qatorda, mustaqil ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlashga ham ruxsat etiladi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal sohalarida korxonalar buyurtmasi asosida dual ta’lim joriy qilinadi. Bunda talabalar nazariy bilim olish bilan birga ishlab chiqarish jarayonlarida ham ishtirok etadi.

Shuningdek, yengil sanoat yo‘nalishidagi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘rtacha bahosi akademiya belgilagan talabga javob beradigan bitiruvchilarga bakalavriatning uchinchi bosqichidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

Akademiya bazasida davlat buyurtmasi asosida turli tashkilotlar uchun kiyim-bosh dizaynini ishlab chiqish va milliy brendlarni shakllantirish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorda xorijiy mutaxassislar va talabalarni jalb qilish uchun ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirish tartibi ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, 2028-yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi quriladi. Ungacha akademiyaga o‘tkazilgan talabalar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yotoqxonasidan belgilangan tartibda foydalanishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Xorijda o‘zbek restorani ochgan tadbirkorga xarajatlari bir qismi qoplab beriladi

Published

on


Xorijda o‘zbek milliy taomlariga ixtisoslashgan restoran yoki oshxona tashkil etgan mahalliy tadbirkorlar ayrim xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini subsidiya sifatida qaytarib olishi mumkin.

Ushbu xizmat Turizm qo‘mitasi tomonidan my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul ko‘rsatiladi.

Subsidiya O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va xorijda milliy restoran tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.

Ariza topshirishda restoranning xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tganini va binodan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqlik bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.

Shuningdek, restoranni tashkil etish bilan bog‘liq amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar, zaruratga qarab O‘zbekistondan mahsulot yetkazib berilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar va ularning rasmiy tarjimasi so‘ralishi mumkin.

Restoranning ichki va tashqi ko‘rinishini aks ettiruvchi fotosuratlar ham arizaga ilova qilinadi.

Ariza my.gov.uz portali orqali elektron shaklda yuboriladi va 18 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilinsa, subsidiya mablag‘lari 7 ish kuni ichida tadbirkorning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Arizada kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tadbirkorga ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim qilish imkoniyati beriladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ustyurtda sayg‘oqlar uchun beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi

Published

on


Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi «Sayg‘ochiy» kompleks landshaft buyurtma qo‘riqxonasida yovvoyi hayvonlarni suv bilan ta’minlash maqsadida beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi.

Tashabbus Ekologiya qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Global ekologik jamg‘arma (GEF) bilan hamkorlikda «Aral Sea Wetlands» loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Suv resurslari cheklangan Ustyurt cho‘li sharoitida qo‘shimcha suv manbalarining mavjudligi sayg‘oqlar va mahalliy faunaning boshqa vakillarini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.

Avtonom tizimlar quyosh energiyasida ishlaydi va to‘liq avtomatlashtirilgan. Ularning har biri 3 kub metr sig‘imga ega suv havzalari, nasoslar, datchiklar va hisoblagichlar bilan jihozlangan. Bu markazlashgan elektr energiyasi va suv ta’minoti manbalariga doimiy ulanish zaruratisiz suvni barqaror yetkazib berish imkonini beradi.

Suv ichish tizimlari bilan bir qatorda hududga 10 ta kamera va 10 ta fototuzoq ham o‘rnatildi. Ular hayvonlarni sutka davomida kuzatish, harakatlanishi va suv ichish joylaridan foydalanishini qayd etish, shuningdek, populyasiyalar holatini keyingi monitoring qilish uchun ma’lumot to‘plash imkonini beradi.

Ustyurtning og‘ir tabiiy sharoitida yashaydigan sayg‘oqlar uchun qo‘shimcha suv manbalarining yaratilishi yovvoyi hayvonlar populyasiyalarini saqlash va tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Avtonom suv ichish tizimlarining o‘rnatilishi Ustyurtda bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri bo‘lib, zamonaviy kuzatuv vositalari orqali hayvonlar holatini monitoring qilish va zarur ma’lumotlarni to‘plash imkonini ham beradi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.