Iqtisodiyot
QQS chegarasi 5 mlrd so‘m bo‘ldi. Erkinlashgan biznes nima demoqda?
Prezident farmoni bilan QQSga o‘tish mezoni qariyb 5 mlrd so‘mga yetkazilib, BHMga bog‘landi; savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohalari uchun QQSning sodda shakli joriy etildi. Shu munosabat bilan Savdo-sanoat palatasi o‘tkazgan “Biznes uchun yangi imkoniyatlar” forumi 400 dan ziyod tadbirkorni qamrab oldi. Ular Kun.uz bilan suhbatda farmondagi yangiliklardan mamnun ekanini bildirdi.
Farmondagi takliflar Savdo-sanoat palatasi hamda Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan ilgari surilgan.
Kengash a’zosi, soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonovning aytishicha, QQS to‘lashga o‘tishdagi 1 mlrd so‘mlik chegaraning kengayishi biznesni “oq”da ishlashiga stimul beradi.
Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonovning aytishicha, bu takliflar Prezident huzuridagi Kengash tomonidan bildirilgan. Mutaxassisning tushuntirishicha, 1 mlrdlik chegaraning o‘zgarishi biznes “oq”da ishlashiga stimul beradi.
“Biznes qo‘rqmasdan oqqa o‘ta oladi, chunki 1 milliardlik chegara 5 milliardga oshirildi, bu budjet tushumlari ham besh baravar oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nafaqat budjet tushumi, oldin kichkinagina biznes bilan cheklanayotgan odam endi 5 milliardgacha biznesini bemalol kengaytira oladi.
Yana bir qadam – qo‘shilgan qiymat solig‘ining 6 foizlik soddalashtirilgan mexanizmining joriy qilinishi. Tasavvur qiling, 4 foiz to‘lab turgan odam oldingi rejimda 1 milliarddan keyin 12 foizga o‘tib ketishi kerak edi. Hozir endi 5 milliardgacha 4 foizda turadi. 5 milliarddan keyin 12 foizga o‘tadimi desa, yo‘q, endi 6 foizga o‘tishga haqqi bor. Ya’ni, og‘irlik qilmasdan, bosqichma-bosqich biznesni kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa tadbirkorlarning juda ko‘pchiligini oqqa kirishiga sabab bo‘ladi deb o‘ylaymiz”, – deydi u.
Muhammadjonov umumiy ovqatlanish korxonalaridagi xodimlar mehnatini rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘lganini ham e’tirof etdi.
“Kafe-restoranda xodim kelib, bir hafta ishlaydi-yu, keyin ketib qoladi, shu sabab ko‘pchilik ular bilan mehnat shartnomasi tuza olmasdi. Hozir mana aynan mehnat shartnomasi tuzilishini soddalashtirish mexanizmi joriy qilinishi ko‘p mehnat munosabatlarini tartibga solishda katta rol o‘ynab beradi, Xudo xohlasa. Bu – ish beruvchilarning ham, xodimlarning ham huquqiy himoyasiga xizmat qiladi”, – dedi mutaxassis.
Tadbir avvalida biznes ombudsman Abdumannop Bo‘riyev so‘zga chiqib, hozir biznes vakillari mulk huquqi himoyasidan ko‘ra ko‘proq tadbirkorlikni kengaytirish borasida murojaat qilayotgani haqida fikr bildirdi.
Soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonovning aytishicha, bu takliflar Prezident huzuridagi Kengash tomonidan bildirilgan. Mutaxassisning tushuntirishicha, 1 mlrdlik chegaraning o‘zgarishi biznes “oq”da ishlashiga stimul beradi.
“Bundan 10 yil avval ham tadbirkorlarni himoya qilish yo‘nalishida ishlaganmiz. Undan avval Adliya vazirligi tizimida ham tadbirkorlar himoyasida ishlaganmiz-da. O‘sha paytdagi tadbirkorlar himoyasi bilan hozirgi davrdagi himoyaning oldida yer bilan osmoncha farq bor. Sababi, o‘sha paytlarda, 2015–2016-yillarda tadbirkorlarimiz ko‘proq boshqa masalalarda murojaat qilishardi bizga, ya’ni birinchi navbatda mulk huquqi bo‘yicha: “bino buzildi, kompensatsiya to‘lanmayapti”. Yoki noqonuniy tekshirishlar ko‘pligi, yoki qaysidir davlat tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari to‘lab berilmayotganligi, shunga o‘xshagan masalalar bo‘lar edi-da.
Endi esa tadbirkorlarning muammosi o‘zgardi. Asosiy masala – biznesni rivojlantirish, kreditlar olish, shunga o‘xshagan masalalar bo‘lyapti. Bu – juda ham yaxshi tendensiya”, – dedi biznes vakil.
Forum davomida Kun.uz bir nechta tadbirkorlar bilan gaplashdi.
“Farovon Khiva” mehmonxonasi rahbari Lola Mirzayeva:
— Restoran biznesida, mehmonxona biznesida xodimlar tez-tez almashib turadi. Bizda oldin o‘sha tomonlama muammo bor edi. Endi umuammo ham yo‘q. Bemalol xohlagan odam keladi, bir hafta ishlaydi, yoqmasa almashadi. QQSga bo‘lgan imkoniyatlar ham juda yaxshi bo‘ldi.
“Layner” mehmonxonasi rahbari Hojiakbar Sobirov:
— Biz 200 nafar atrofida ishchi ishlatamiz. Bu qilingan yengilliklar juda bizga qulay bo‘ldi. Chunki QQS stavkasi kamaytirilgani, uni hisoblash oson bo‘lgani, undan tashqari foyda solig‘i 0 foiz bo‘lgani bizga juda qulay bo‘ldi. Umuman, tadbirkorlikda yangiliklar ko‘p bo‘lyapti va tadbirkorchilik rivojlanishi yanada kuchliroq bo‘ladi, degan umiddaman. Bizga ham juda qulay keldi, ancha oson bo‘ldi.
Xorazmlik tadbirkor Sarvar Bekchanov:
— Mehmonxona, xizmat ko‘rsatish sohasi, umumiy ovqatlanish – bu sohalar uchun 12 foizlik QQS sal noqulaylik tug‘dirardi. Bu o‘zgarishlarni katta bir strategik stimul deb qabul qilamiz. Tadbirkorlar mana bu o‘zgarishning natijasini yaqin orada his qilishadi. Soliqlar yengillashgani uchun biznes ixtiyorida qolayotgan mablag‘ni investitsiya sifatida yo‘naltirishga imkoniyat paydo bo‘ladi.
Tadbirdan to‘liq reportaj va boshqa ko‘plab biznes egalari fikrlari bilan yuqoridagi video orqali tanishishingiz mumkin.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.
Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.
Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.
Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.
Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiyot
Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.
Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.
Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
