Connect with us

Iqtisodiyot

QQS bo‘yicha soddalashtirilgan tartib joriy etiladi

Published

on


2027-yil 1-yanvardan alkogol mahsulotlarini chakana sotish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtiriladi va uning stavkasi BHMning 10 foizi miqdorida belgilanadi.

Shuningdek:


jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlarga umumiy maydoni 1 000 metr kvadratdan ko‘p bo‘lgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno;
kichik biznes subyektlariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini 2 barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.

Joriy yil 26-may kuni imzolangan Prezidentning PF–100-son farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lgan tadbirkorlarga ixtiyoriy ravishda QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi beriladi.

QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibida:


QQS stavkasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi;
foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilanadi va soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasini hisobga olish huquqi berilmaydi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

2-iyundan dollar yana keskin pasayadi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 2-iyundan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 52,91 so‘mga tushib, 11 949,03 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 52,05 so‘mga tushdi va 13 921,81 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 083,39 so‘m bo‘ldi (-100,03).

Rossiya rubli 166,28 so‘m etib belgilandi (-0,39).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezidentning suv bo‘yicha farmoni e’lon qilindi

Published

on


Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlari keng joriy qilinadi. 

«Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni (PF–99-son, 26.05.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, suv fondi yerlarini ijaraga berishda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish» davlat muassasasi yagona buyurtmachi etib belgilandi.

Daryo va suv xo‘jaligi obyektlari o‘zanlarini tozalashda qirg‘oqlarning yuvilishiga va yaqin hududlarning suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamda suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan qum-shag‘al materiallari qazib olinishiga ruxsat etiladi.

Suv omborlari va sel-suv omborlari, kanallar, kollektorlar, tabiiy ko‘llar va gidrotexnika inshootlarini tuproq materiallaridan tozalash tadbirlariga tashabbuskor tadbirkorlarning eng yaxshi takliflari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat etiladi.

Suv omborlari va sel-suv omborlarining suvdan bo‘shagan hamda tuproq namligi saqlangan yerlaridan samarali foydalanish maqsadida ushbu yerlar tashabbuskorlarga qisqa muddatga ekin ekishga Davlat muassasasi tomonidan elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.

Tozalanishi lozim bo‘lgan suv xo‘jaligi obyektining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun ushbu sohadagi ixtisoslashgan nufuzli loyiha tashkilotlari jalb etiladi.

 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyot 145 trillion so‘mga yetkaziladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida yaqin yillarda kreativ iqtisodiyot hajmini 145 trillion so‘mga yetkazish rejasi ma’lum qilindi. Bu maqsad madaniyat va san’at sohalarida qo‘shilgan qiymatni oshirish orqali amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, bu yo‘nalishning huquqiy asoslari yaratilgan, shuningdek, Kreativ industriya parki rezidentlari uchun alohida soliq rejimi joriy etilgan. Ayni paytda Toshkent shahrining Shayxontohur tumani va Nukus shahrida yirik kreativ parklar qurilishi boshlangan.

Sentyabr oyida poytaxtda ishga tushirilishi rejalashtirilgan Zamonaviy san’at markazi ham yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni bo‘lishi kutilmoqda. Davlat rahbari kreativ iqtisodiyotni mamlakatning raqobatbardosh sohalaridan biriga aylantirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuvda milliy mahsulotlarning dizayn va marketing salohiyatini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Buning uchun hunarmandlarni xalqaro ko‘rgazmalarga keng jalb qilish va nufuzli dizaynerlar bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifasi belgilandi.

Mutasaddilarga Yevropa, AQSh, Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq davlatlarida milliy mahsulotlar taqdimotini kengaytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Prezident, shuningdek, madaniyat va san’at xalqlarni yaqinlashtiradigan muhim ko‘prik ekanini ta’kidladi. Namanganda o‘tkazilayotgan Gullar festivaliga 1,5 million nafar sayyoh tashrif buyurgani va tadbir «Ginness rekordlar kitobi»ga kiritilgani bunga misol sifatida keltirildi.

Uchrashuvda madaniyat va san’at sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Shu maqsadda umumta’lim maktablarida musiqa, tasviriy san’at va texnologiya fanlarini qamrab oluvchi «art» o‘quv dasturini joriy etish belgilandi.

Yangi o‘quv yilidan har bir viloyatdagi 10 tadan maktabda ushbu tizim tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Dastur doirasida boshlang‘ich sinflarda bolalar ijodga qiziqtirilsa, yuqori sinflarda dizayn, grafika va sun’iy intellekt asosida kreativ loyihalar ishlab chiqish hamda ularni tayyor mahsulotga aylantirish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Published

on


Mayda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 0,5 foizga mustahkamlandi. Kursning o‘rtacha kunlik tebranishi 0,3 foizni tashkil etdi. Oy davomidagi 17 ta savdo sessiyasining 13 tasida AQSh dollari so‘mga nisbatan ko‘tarilgan bo‘lsa, 4 ta savdo sessiyasida teskari holat kuzatildi. 

May oyida O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 0,54 foizga yoki 64 so‘mga oshib, 11 937 so‘mdan 12 001 so‘mga qimmatlashdi.

Oy davomidagi 17 ta savdo sessiyasining 13 tasida AQSh dollari so‘mga nisbatan mustahkamlangan bo‘lsa, 4 ta savdo sessiyasida teskari holat kuzatildi. Mayda dollarning eng minimum qiymati 1 may kuni qayd etildi – 11 937 so‘m. 13 may kuni dollar kursi oylik maksimum — 12 145 so‘mga yetdi.

Oy boshida banklarning dollarni sotib olish bo‘yicha eng yaxshi taklifi 11 925 so‘mdan, sotish bo‘yicha esa 11 950 so‘mdan boshlangan bo‘lsa, 26 may kuni kuni eng yaxshi xarid kursi 11 990 so‘m, sotish kursi esa 12 010 so‘mni tashkil etdi.

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, dollarning mustahkamlanishi faqat so‘m bilan emas, balki aksariyat valutalar bilan kuzatilgan. Aprel oyida dollar tanlab olingan 39 ta valutadan 32 tasiga nisbatan qadrsizlangan bo‘lsa, may oyida esa tanlab olingan valutalarning 25 tasi dollarga nisbatan qadrsizlangan.

Aprel oyida eng yuqori mustahkamlangan valutalardan biri bo‘lgan tenge may oyida dollarga nisbatan 5 foizga qadrsizlangan. Rubl esa dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etib, may oyida 5,1 foizga qadrini oshirgan. Bu ko‘rsatkich aprelda 8,1 foizni tashkil etgandi.

Yirik valutalardan dollarga nisbatan funt va iyena 1,4 foizga, frank 0,6 foizga, yevro esa 0,5 foizga qadrsizlangan.


Manba: Mirkonomika Telegram kanali

Oy davomida so‘mning kunlik tebranuvchanligi 0,31 foizni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan sezilarli kengaygan. Ammo 2025 yilning mos oyiga nisbatan volotillik 9,2 foizga pastroq shakllangan.


Manba: Mirkonomika Telegram kanali

«Tanlab olingan valutalar bilan taqqoslaganda, so‘m nisbatan past tebranuvchan valutalardan biri bo‘lib qolgan. Lekin aprel oyi bilan taqqoslaganda sezilarli o‘zgarish yuz bergan. Aprel oyida so‘m faqatgina 9 ta valutaga nisbatan tebranuvchanroq valuta bo‘lgan bo‘lsa, may oyda so‘mning tebranuvchanligi 16 ta valutaga nisbatan kengroq bo‘lgan. Oy davomida eng tebranuvchan valuta Chili pesosi bo‘lgan (kunlik tebranuvchanlik 0,62 foiz). Shuningdek, rubl (0,54 foiz) hamda tenge (0,47 foiz) bilan ham yuqori tebranuvchanlik kuzatilgan. Yirik valutalardan iyena (0,29 foiz) hamda yevroda (0,19 foiz) so‘mdan ko‘ra pastroq tebranuvchanlik kuzatilgan», deya qayd etgan iqtisodchi.


Manba: Mirkonomika Telegram kanali



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi

Published

on


O‘zbekiston va Suriya tadbirkorlari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Suriyaga 10 ta yuk mashinasi hajmidagi o‘zbek mahsulotlarining birinchi partiyasini eksport qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston mahsulotlarini Suriya bozoriga yetkazib berish hajmini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, mamlakatning Al-Kuvaytdagi elchixonasi vakillari, shuningdek, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda may oyida faoliyatini boshlagan O‘zbekistonning Halab shahridagi savdo uyi rahbari, Kalash Trading Co., Ltd. kompaniyasi direktori Ahmad Kalash hamda O‘zbekistonning Premier Electrotech, Sam-Ferre, Nassar Trading Agro, Metsol, Solis Oils va Technologies of Real Time kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Tomonlar Suriya bozorida o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talab, logistika yo‘nalishlari hamda Halabdagi savdo uyi orqali mahsulotlarni targ‘ib qilish mexanizmlarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida Suriyaga mahsulotlarning birinchi eksport partiyasini jo‘natish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Rejaga ko‘ra, 4 ta yuk mashinasiga maishiy texnika, yana 4 ta yuk mashinasiga yog‘-moy mahsulotlari, qolgan 2 ta yuk mashinasiga esa avtomobil ehtiyot qismlari va motor moylari yuklanadi.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston mahsulotlarining Suriya bozoriga kirib borishi va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.