Dunyodan

Qo’shma Shtatlar NATOga boshqa davlatlarga qaraganda ko’proq mablag’ sarflaydi

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp NATO ittifoqchilarining mudofaa xarajatlarini yana bir bor tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar ittifoqdagi boshqa davlatlardan bir necha barobar ko‘p mablag‘ sarflaydi.

Prezident Tramp keltirgan raqamlarga ko’ra, 2014 yildan 2025 yilgacha AQShning mudofaa xarajatlari 999 milliard dollarni tashkil etgan. Undan keyin Buyuk Britaniya – 90,5 mlrd dollar, Fransiya – 66,5 mlrd, Italiya – 48,8 mlrd, Polsha – 44,3 mlrd.

“Boshqa davlatlar, jumladan, Germaniya ham oʻz xarajatlarini keskin kamaytirdi. Bu gʻazablantiradigan holat”, – dedi Tramp.

Rasmiy NATO ma’lumotlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar haqiqatda alyansdagi eng katta mudofaa byudjetiga ega. Ammo bu mablag‘lar nafaqat NATO ehtiyojlarini, balki Vashingtonning butun dunyo bo‘ylab harbiy harakatlar va amaliyotlarini ham qoplaydi. NATOning umumiy maʼmuriy byudjyeti aʼzo davlatlarga maxsus formula asosida taqsimlanadi, Qoʻshma Shtatlarning umumiy byudjetdagi ulushi taxminan 16% ni tashkil qiladi.

Oxirgi yillarda prezident Tramp bosimi ostida Yevropa davlatlari mudofaa xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirib bordi. 2025-yilgi Gaaga sammitida NATO aʼzolari 2035 yilga borib mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirish boʻyicha yangi maqsadni maʼqulladilar.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version