Jamiyat
Qimor o‘yinlari reklamasi sabab 70 ga yaqin veb-sayt bloklandi
Raqobat qo‘mitasi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan navbatdagi o‘rganish va tahlillari natijasini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha Tegishli nazorat organiga ma’lumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
Eslatib o‘tamiz, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunining 46-moddasiga muvofiq, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi taqiqlanadi.