Jamiyat

Qashqadaryoda dizel saqlash omborida yong‘in yuz berdi

Published

on


Hodisa joyidan olingan videolarda bir necha avtomobil va konteynerlar yonib ketganini ko‘rish mumkin. Viloyat FVB hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Yetimquduq qishlog‘ida joylashgan dizel yonilg‘isini saqlash ombori hududida 29 sentabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi.


Viloyat FVBga yong‘in haqida 09:43 da xabar berilgan. Chaqiruvga asosan uchta yong‘in-qutqaruv ekipaji 15 daqiqada hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 10:30 da to‘liq o‘chirilgan.

Idora xabarida tan jarohati olganlar yoki qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot keltirilmagan. Ta’kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ushbu dizel yonilg‘ini saqlash ombori “Maqsad Petroleum” xususiy korxonasi tomonidan ijaraga olingan. Qayd etilishicha, korxona ham ombor ham “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufiga kirmaydi.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, “Maqsad Petroleum” MChJ 2024 yil avgustida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Korxonaning 51 foiziga Vadim Shamsutdinov Rasimovich, 49 foiziga esa Matin Toxirov Suxrobovich egalik qilishi ko‘rsatilgan. Faoliyat turi esa neft va tabiiy gaz qazib olish sohasidagi texnik xizmatlar ekanligi qayd etilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version