Jamiyat
Qashqadaryoda boshqa mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Cobalt piyodani urib yubordi
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat taqdim etdi.
2025 yil 14 oktyabr kuni soat 12:00 larda Kitob tumani “Narimon” MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatidagi Kitob-Palandaraq-Narimon avtomobil yo‘lining 21-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi Narimon-Kitob yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqib rul boshqaruvini yo‘qotib, piyodani urib yuborgan va YTH sodir etgan.
Natijada piyoda tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.