Mahalliy

Qashqadaryoda 63 yoshli ayol universitetni muvaffaqiyatli tamomladi

Published

on


Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yashovchi 63 yoshli Gulsum Xurramova Qarshi davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, bakalavr diplomini qo‘lga kiritdi.

U universitetning Tarix fakulteti Ijtimoiy ish yo‘nalishida tahsil olgan. Gulsum Xurramova 2020 yilda, 58 yoshida talabalikka qabul qilingan.

Uning aytishicha, oliy ma’lumot olish bolalikdan orzusi bo‘lgan. Shu sababdan mahalla tizimi xodimlariga yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

«Eng quvonarlisi shundaki, men universitetga farzandim bilan emas, nevaram bilan birga talabalikka qabul qilinganman», — deydi Gulsum Xurramova.

Qahramonimiz uzoq yillar mahalla tizimida faoliyat yuritgan. U 2004 yildan mazkur Abdulla Qodiriy mahallasi raisi sifatida ishlagan, keyinchalik Kimyogar mahallasiga rahbarlik qilgan. Hozirda esa Abdulla Qodiriy mahallasida ijtimoiy xodim sifatida faoliyat olib bormoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version