Siyosat

Oliy tibbiy hamrohlik ishi ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi

Published

on


Oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi.
 
Prezident farmoniga ko‘ra 2027/2028 o‘quv yilidan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida to‘plash lozim bo‘lgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.
 
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:
 
– bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari har bir o‘quv modulining akademik ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, o‘rta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi;
 
– qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari bo‘yicha (qo‘shimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi;
 
– birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinadi.
 
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab hamshiralik ishi kasbiy ta’lim mutaxassisligi negizida tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy hamshiralik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizida oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi. Bunda:
 
– tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini bitirgan xotin-qizlarga hamshira hamda erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi;
 
– oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031 o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version