Jamiyat

Qamchiqda 16 yoshli qiz osma dor yo‘lidan qulab tushdi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ma’lum muddat osma dor yo‘li arqoniga osilib turgan qiz pastga qulaganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida osma dor yo‘lida ayol pastga qulagani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz FVV matbuot xizmati bilan bog‘lanib, holatga aniqlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat bugun, 11 dekabr kuni sodir bo‘lgan: osma dor yo‘lida uchayotgan 16 yoshli qiz yuzaga kelgan nosozlik sabab pastga qulab tushgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolavhada qiz qulashidan avval ma’lum muddat arqonni ushlab, osilib turgani, so‘ngra pastga qulab tushgani ko‘ringan. 

FVV matbuot xizmatiga ko‘ra, qiz zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.

Avvalroq Navoiyda tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan ikkita osma dor yo‘li faoliyati taqiqlangandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version