Jamiyat
Qamchiq dovonida sotuvchini miltiq bilan jarohatlagan erkak 4 yildan ko‘proqqa qamaldi
33 yoshli erkak qo‘lida miltiq bilan do‘konga kirib kelgan va sotuvchi ayolning boshiga urgan. So‘ngra rastadan oshib o‘tib, unga tan jarohati yetkazgan. Sud erkakni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish va bezorilik jinoyatini sodir qilishda aybli deb topdi.
Ohangaronda do‘konga qurol bilan bostirib kirib, sotuvchiga tahdid qilgan erkak jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmiga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan D.K. 2025 yil 22 oktyabr kuni tunda Qamchiq dovonidagi do‘konda savdo qiluvchi Sh.N.ning oldiga borgan. Ular avvaldan o‘zaro tanish bo‘lishgan. Erkak Sh.N.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, qo‘lidagi miltiq bilan uning bosh qismiga urgan. Oqibatda sotuvchi ayol jarohatlangan.
D.K. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirib, ayolni o‘ldirish niyati bo‘lmaganini aytgan. Erkak o‘z ko‘rsatmasida Sh.N. bilan oila qurmoqchi bo‘lganini, Rossiyada ishlab yurganida uy olish uchun unga pul jo‘natganini, so‘ngra undan shu pullarni so‘ray boshlaganini aytgan.
“Turli bahonalarni aytib, meni aldab keldi. O‘sha kuni ov qurolim va 2 dona patronni olib, hovlida yurgan daydi itlarni otish uchun uydan chiqdim. Shu orada unga qo‘ng‘iroq qilib, olgan narsa va buyumlaringni berib yubordingmi, deb so‘radim. U “Vaqtim bo‘lmayapti, har kuni ishdaman” dedi. Shunda tayyorlab qo‘yishini, o‘zim borib olib ketishimni aytdim. So‘ng ko‘chada bo‘lganim sababli pivo ichdim.
Shu orada taksi chaqirdim. Ov qurolimni uyga tashlab chiqishga erinib, o‘zim bilan birga olib ketdim. U ishlaydigan do‘konga bordim. Oldiga kirib, o‘zimning narsalarimni so‘ragan vaqtimda u meni eshitishni istamasdan, gap qaytardi. Shunda bosh qismiga ov qurolimning qo‘ndog‘i bilan bir marotaba urdim”, degan u sudda.
Jabrlanuvchi Sh.N. esa haqiqatan ham D.K. Rossiyadan pul jo‘natganini, uning ma’lum qismini o‘rtog‘i olib ketganini, yana bir qismini esa uning o‘zi bo‘lib-bo‘lib olganini aytgan.
“Shundan keyin oramizga sovuqchilik tushib, tez-tez urishadigan bo‘ldik. U meni o‘zining uyida ov miltig‘i bilan o‘ldirishini aytib, qo‘rqitib keldi. Ushbu holat bo‘yicha uning yaqin qarindoshlariga ham bir necha marotaba aytganman. Shunda ham u o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, menga tazyiq o‘tkazishda davom etib keldi”, degan ayol o‘z ko‘rsatmasida.
JIB Ohangaron tuman sudining 2026 yil 1 apreldagi hukmi bilan D.K. Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 4 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.
D.K. Qamchiq dovonidagi savdo do‘koniga miltiq bilan bostirib kirib, sotuvchini urgani avvalroq xabar qilingandi. Oradan ko‘p o‘tmay u qamoqqa olingandi.
Jamiyat
«Bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yöl kerak emas» – Prezident
– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yöl emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yöl kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Polimer bitumdan töğri texnologiya asosida foydalaniş yölning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytiriş, yuqori haroratga çidamliligini oşiriş va takroriy taʼmirlaş xarajatlarini kamaytiriş imkonini beradi.
Kelgusi yilning mart oyidan Farğona neftni qayta işlaş zavodida 50 ming tonna polimer bitum işlab çiqariş yölga qöyiladi. Yil yakuniga qadar işlab çiqariş quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkaziş topşirildi.
Urganç – Xiva pulli yölining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qöllanildi. Uşbu texnologiya yuklamani teng taqsimlaş, qoplamani deformatsiyadan saqlaş va yölning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirişga xizmat qiladi.
Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanişni yöl qurilişi standartlariga kiritiş vazifasi qöyildi.
Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yöllarni quriş va rekonstruksiya qilişda mazkur talab majburiy böladi, keyinçalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yöllarga ham tatbiq etiladi.
«Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temir yöli işga tuşişi bilan yuk taşiş hajmi 10 karra oşib, yiliga 15-16 million tonnaga yetişi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari milliy temir yöl infratuzilmasini şunga mos ravişda rivojlantiriş zarurligini taʼkidladi.
Bugungi kunda temir yöllarning 25 foizi töliq quvvatda, 15 foizi esa ortiqça yuklama bilan işlamoqda.
2030-yilgaça 545 kilometr yangi temir yöl liniyalarini quriş, elektrlaştirilgan yöllar uluşini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkaziş rejalaştirilgan.
Kelgusi yilda Angren – Pop temir yöl liniyasi modernizatsiya qilinadi, uşbu yönalişda ikkinçi liniya quriş masalasi ham körib çiqiladi. Aprel oyidan Töqimaçi – Angren yönalişida ikkinçi temir yöl qurilişi boşlanadi.
Şuningdek, Toşğuzor – Qumqörğon uçastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqörğon – Quduqli yönalişlari töliq elektrlaştiriladi, Toşkent – Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurişga kirişiladi.
Prezidentimiz xalqaro moliya taşkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilişga çaqirdi.
Jamiyat
Toşkentda prokuratura organlarining 35 yilligiga bağişlangan xalqaro forum boşlandi
2026-yil 26-noyabr kuni Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida Özbekiston prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan «Tashkent Law Enforcement Forum – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi öz işini boşladi.
Boş prokuratura va Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan taşkil etilgan ikki kunlik forum «Qonuniylik va huquq-tartibotni himoya qilişda: zamonaviy tahdidlar va yangi yeçimlar» mavzusiga bağişlangan.
Unda huquqni muhofaza qiluvçi organlar, xalqaro taşkilotlar, ilmiy-taʼlim muassasalari va tegişli idoralar vakillari iştirok etmoqda.
Forumning oçiliş marosimida Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev kiriş sözi bilan qatnaşdi. U prokuratura organlarining 35 yillik taraqqiyot yöli, qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş borasidagi ustuvor vazifalar haqida söz yuritdi.
Şuningdek, forumda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari Rahimjon Hakimov, Konstitutsiyaviy sud raisi Mirza-Uluğbek Abdusalomov, Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi Marjona Murodova va Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov iştirok etdi.
Xalqaro taşkilotlar nomidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Afğoniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston böyiça mintaqaviy vakili Oliver Ştolpe hamda YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi rahbari vazifasini bajaruvçi Andrian Krintya qutlov nutqlari va maʼruzalari bilan qatnaşdi. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor Munira Aminova ham maʼruza qildi.
Forumning birinçi kunida iştirokçilar Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining ilmiy-innovatsion paviloni faoliyati bilan ham tanişdi.
Ikki kunlik tadbir doirasida qonuniylikni taʼminlaş, huquq-tartibotni mustahkamlaş, zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşişda ilğor yondaşuvlar va innovatsion yeçimlarni joriy etiş hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr va tajriba almaşiş rejalaştirilgan.
Jamiyat
Qizil kitobga kiritilgan noyob quşlarni sotmoqçi bölgan huquqbuzar uşlandi
Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiya tezkor guruhi va IIO xodimlari hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri ötkazildi.
Reyd davomida Namangan şahar «Yangi asr» mahallasida istiqomat qiluvçi fuqaro K.B. loçinlar oilasiga mansub itolği yirtqiç quşini sotayotgan paytda qölga olindi. Qolaversa, u yaşaş hovlisida yana bir yovvoyi tur — qarçiğay quşini boqayotganligi aniqlandi.
Maʼlumot uçun, itolği (loçinlar oilasi) va qarçiğay (qarçiğaylar oilasi) yöqolib borayotgan va zaif holatga yaqin tur sifatida Özbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqining Qizil röyxatiga kiritilgan.
Reyd davomida quşlar Töraqörğon tumanidagi maxsus pitomnikka topşirildi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli «Biologik resurslardan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori 14-ilovasiga asosan, huquqbuzarlar tomonidan hayvonot dunyosiga jami 1,3 milliard sömdan ziyod zarar yetkazilganligi hisoblandi.
Holat yuzasidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş maqsadida prokuratura organlariga yuborildi.
Jamiyat
Jahon banki Özbekistonga 800 mln dollar ajratişni maʼqulladi
Jahon banki Özbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini maʼqulladi.
Islohotlar yuqori haq tölanadigan iş örinlarini köpaytiriş, xususiy sektor rolini kengaytiriş, ekologik barqaror va inklyuziv iqtisodiyotni şakllantirişga qaratilgan.
Moliyalaştiriş paketi doirasida ijtimoiy suğurta, jumladan, homiladorlik va tuğiş hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalar qamrovini kengaytiriş, xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş mexanizmlarini mustahkamlaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va oilalarga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida ijtimoiy xodimlarning kasbiy malakasi oşiriladi.
Keng polosali internetdan foydalanuvçilar sonini yana 500 ming nafarga oşiriş rejalaştirilgan bölib, ularning 250 ming nafarini xotin-qizlar taşkil etadi. Fermerlarning 35 foizini qişloq xöjaligi suğurtasi bilan qamrab oliş ham közda tutilgan.
Energetika sohasida elektr energiyasi isteʼmolçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş, energiya samaradorligini oşirişga 10 mln dollarlik xususiy investitsiya jalb qiliş hamda taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya quvvatini 3 ming megavattga yetkaziş maqsad qilingan.
Jamiyat
Prezident maktubi — yoş avlodga mehr va maʼrifat saboği
Davlatimiz rahbarining nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubi nafaqat oilaviy mehr ifodasi, balki Özbekiston yoşlarini ilm olişga, öz ustida işlaşga va Vatanga munosib farzand bölib kamol topişga çorlovçi ezgu murojaatdir.
Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 133-maktab öquvçilari ham maktubdagi samimiy satrlar orqali yoş avlodga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikni his etdilar.
Maktubdagi quyidagi satrlar har bir öquvçi uçun muhim hayotiy saboq böla oladi:
«Ilm-maʼrifat örganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir».
Bu satrlar yoşlarning qalbida bilimga intiliş, orzu-maqsadlar sari dadil qadam taşlaş va kelajak uçun masʼuliyat hissini mustahkamlaydi.
-
Sport4 days ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Mahalliy4 days ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Sport4 days ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Jamiyat4 days ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Siyosat4 days ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Mahalliy4 days ago
Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi
-
Siyosat4 days ago
Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi
-
Mahalliy4 days ago
jahlni bir yarim daqiqada qanday «öçiriş» mumkin?
