Connect with us

Jamiyat

Qallibek Kamalov 100 yoshda vafot etdi

Published

on


U sovetlar davrida 20 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘mitasining birinchi kotibi sifatida mazkur hududga rahbarlik qilgandi.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli mehnat faxriysi Qallibek Kamalov shu yil 11 fevral kuni 100 yoshida vafot etdi. Prezident matbuot xizmati uning vafoti munosabati bilan hamdardlik e’lon qildi.

«U ko‘p yillik serqirra mehnat faoliyati davomida boy bilim va tajribasi, rahbarlik salohiyati, yuksak insoniy fazilatlari, Vatanimizga beqiyos mehri va sadoqati bilan el-yurt qalbidan chuqur joy olgan ulug‘ inson edi. Uning bevosita rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama taraqqiy ettirish, mavjud murakkab iqlim sharoitida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini, shuningdek, sanoat va ishlab chiqarishni ravnaq toptirish, aholining turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Qallibek Kamalov so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarda faol ishtirok etib keldi.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, samimiy va kamtarin inson Qallibek Kamalovning xotirasi qalblarimizda doimo saqlanib qoladi», – deyiladi ta’ziya matnida.

Qallibek Kamalov 1926 yil 18 martda Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, 1955 yilda Nukus davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar qo‘mitasi kotibi lavozimidan boshlab, keyinchalik turli yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Nukus shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, kommunal xo‘jaligi vaziri, respublika avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari vaziri bo‘lgan.

1958–1959 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasi kotibi, 1959–1963 yillarda Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi raisi, 1963–1984 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan.

1984–1986 yillarda SSSRning Konstansa (Ruminiya) shahridagi bosh konsuli bo‘lgan.

1987 yilda «paxta ishi» bo‘yicha qamoqqa olingan. 1989 yil oxirida 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni hamda boshqa ko‘plab mukofotlardan mahrum qilingan. Keyinchalik u ish bo‘yicha boshqa mahkumlar kabi afv etilgan.

Qallibek Kamalovning ukasi Timur Kamalov 1997–2002 yillarda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi bo‘lgan. 2020–2022 yillarda esa Qallibek Kamalovning o‘g‘li Murat Kamalov ham xuddi shu lavozimda ishlagan.

Qallibek Kamalov «Shuhrat» medali va «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Alkogol ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama materiallarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring davomida bloger N.Sobirovning sahifasida alkogolli ichimliklar reklamasi joylashtirilgani aniqlandi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, mazkur reklama amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi.

O‘rganish natijalari asosida blogerga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi.

«Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan.

Qonunchilikda faqat pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar reklamasiga belgilangan vaqt, shakl va auditoriya bo‘yicha cheklovlarga rioya etilgan holdagina ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli ichimliklarni har qanday shaklda reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Raqobat qo‘mitasi bloger N.Sobirov reklama qilinishi qonun bilan taqiqlangan mahsulotni targ‘ib qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sudga yuborilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jaziramada ochiq havodagi ishlar cheklanishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda anomal issiq va jazirama kuchayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Inspeksiya tavsiyasiga ko‘ra, kunning eng issiq vaqti — soat 11:00dan 16:00gacha tashqi ishlar qisqartirilishi yoki vaqtincha to‘xtatilishi lozim. Shuningdek, ushbu vaqtda og‘ir jismoniy mehnatni cheklash ham tavsiya etilmoqda.

Qayd etilishicha, yuqori harorat sharoitida ishlayotgan xodimlar issiq urishi, suvsizlanish, hushdan ketish hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfiga ko‘proq duch keladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga xodimlarni doimiy ravishda toza va salqin ichimlik suvi bilan ta’minlash, soya yoki sovutiladigan dam olish joylarini tashkil etish, yengil va issiqdan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar berish, issiq urishi va suvsizlanish alomatlari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish hamda sog‘lig‘i yomonlashgan xodimlarga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, issiq sharoitida ishlaydigan xodimlar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shartligi eslatildi.

Inspeksiya mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish faqat tavsiya emas, balki ish beruvchining qonunchilikda belgilangan majburiyati ekanini ta’kidladi. Ogohlantirilishicha, jazirama sharoitida zarur choralarni ko‘rmaslik xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi, ish joyida baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Mehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga ko‘rsatma yubordi

Published

on


Ko‘rsatmada anomal issiqda ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha talablar belgilangan.

Anomal issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida barcha hokimliklarga tegishli ko‘rsatma yuborildi, deb xabar berdi Davlat mehnat inspeksiyasi.

Xabarda aytilishicha, ko‘rsatmada soat 10:00–17:00 oralig‘ida yuqori harorat ta’sirida xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlarni vaqtincha to‘xtatish hamda moslashuvchan ish rejimini belgilash, xodimlarni yetarli miqdorda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi talablar belgilangan.

Bundan tashqari, quyosh nurlari va yuqori harorat ta’siridan himoyalangan dam olish joylarini tashkil etish, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki tibbiy xulosaga ko‘ra ishga yaroqsiz deb topilgan shaxslarni ishga qo‘ymaslik, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va mehnat hamda dam olish rejimini qayta ko‘rib chiqish lozimligi aytilgan.

“Ko‘rsatma talablarining bajarilishi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mehnatni muhofaza qilish talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Published

on


Kogon shahrida fuqaroning ishonchiga kirib, uni 8 000 dollar evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi.

Foto: EPA / YONHAP / TASS

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Z.I. fuqaro Sh.I.ning ishonchiga kirib, uni 8 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, ikki nafar fuqarodan 15 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan shaxsning noqonuniy harakatlari fosh etilgani xabar qilingandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari ko‘paytirildi

Published

on


Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirilib, jami 2 930 ta davlat granti ajratilgan.

2026/2027-o‘quv yili uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishlar uchun jami 2 930 ta davlat granti ajratildi.

Qayd etilishicha, bunda bakalavriat uchun 2 309 ta, magistratura uchun 621 ta davlat granti ajratilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.