Connect with us

Jamiyat

Prezidentga neft-gaz tarmog‘i bo‘yicha hisobot berildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida barqaror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini ta’minlash va moliyaviy-iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot berildi.

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tizimida joriy yilning birinchi choragi yakunlari, ikkinchi chorakdagi asosiy vazifalar, ishlab chiqarish hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasi ko‘rib chiqildi.

Tarmoqda qazib chiqarish hajmlarini barqarorlashtirish, mavjud yo‘qotishlarni qoplash, quduqlarni ishga tushirish, ta’mirlash va texnologik tadbirlar izchillik bilan olib borilmoqda. Shu bilan birga, xarajatlarni maqbullashtirish, debitor qarzdorlikni qisqartirish, resurslardan samarali foydalanish hamda ayrim yo‘nalishlarda bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlanmoqda.

Quduqlar samaradorligini oshirish va qazib chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda bir qator texnologik yechimlar o‘rganilayotgani va ularni bosqichma-bosqich amaliyotga kiritish ko‘zda tutilayotgani ta’kidlandi.

Geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.

Jumladan, 2D va 3D seysmik-qidiruv tadqiqotlari ko‘lamini oshirish, yangi maydonlarda burg‘ilash ishlarini boshlash, burg‘ilash dasturlarini xalqaro talablar asosida tashkil etish, shuningdek, supervayzing, geologik-gidrodinamik modellashtirish va loyihalashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. Qayd etilganidek, joriy yilda bir qator yangi maydonlarda ish boshlangan bo‘lib, navbatdagi bosqichlarda bu ishlar yanada kengaytiriladi.

O‘rta muddatli dasturlar doirasida qiyin o‘zlashtiriladigan zaxiralarda ishlash, chuqur va murakkab quduqlarni burg‘ilashda ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, mavjud quvvatlardan unumli foydalanish, geologiya-qidiruv, burg‘ilash va ta’mirlash ishlarini tizimli asosda tashkil etish, moliyaviy intizomni mustahkamlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Hafta oxirida yog‘ingarchilik kutilmayapti

Published

on


O‘zbekistonda dam olish kunlari ko‘plab hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Harorat kunduzi +20…+25, janubda esa +26…+28 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ko‘plab hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13…+18 daraja bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzgi harorat +20…+25, janubda esa +26…+28 darajaga ko‘tariladi.

19 aprelda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha shamol esishi kutilmoqda, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida 17–19 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida dam olish kunlari davomida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Juma kuni harorat +14…+16, shanba kuni +19…+21 va yakshanba kuni +21…+23 daraja bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoroda qidiruvda bo‘lgan 156 ta avtotransport topildi

Published

on


Buxoroda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan turli qarzdorliklari tufayli qidiruvda bo‘lgan 156 ta avtotransport vositasi topildi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi katta inspektori Ilhom Ne’matov ma’lum qildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlaro sudi ijro varaqasiga ko‘ra, buxorolik qarzdor fuqaro R.D.dan undiruvchi «Biznes finans mikromoliya tashkiloti» MChJ foydasiga 261.330.833 so‘m qarz hisobi «Hyndai elantra» rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan.

Qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lishiga qaramay, qarzdorlik bartaraf qilinmagan. Shundan so‘ng majburiy ijro harakatlariga kirishilib, avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Avtomashina topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Va avtomashina realizatsiya qilish uchun 262.500.000 so‘m boshlang‘ich narx bilan elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

— Bunday misollar juda ko‘p. Avtomashinalar sotuvidan tushgan mablag‘lar kredit qarzdorlik va boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Joriy yilning shu davriga qadar «yashirin» saqlangan va tegishli tarzda qidiruvda bo‘lgan va topilgan 156 ta avtotransport vositalarining 84 tasi 9 mlrd. 154 mln. so‘m boshlang‘ich narx bilan auksion savdolariga chiqarildi. Shundan 18 tasi 3 mlrd. 414 mln. so‘mga sotildi. Auksion savdolaridan tushgan mablag‘lar esa qarzdorliklarni qoplashga yo‘naltirilmoqda,—deydi Ilhom Ne’matov.

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘rta Chirchiqda xonadonda chiqqan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

Published

on


Hodisa 16 aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 29 yoshli erkak va uning 3 nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etgan. Marhumning turmush o‘rtog‘i va onasi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani O‘rta ovul mahallasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi holatni Kun.uz’ga tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 15 apreldan 16 aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 1996 yilda tug‘ilgan Z.M. va uning 3 nafar farzandi hodisa oqibatida vafot etgan. Shuningdek, erkakning onasi va turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizilgan.

Qo‘shnilarning Ishonch.uz saytiga aytishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda erkak yaqinlarini qutqarishga uringan. U ayoli va onasini derazadan tashqari chiqarib yuborishga ulgurgan, ammo bolalarini qutqarishga harakat qilgan paytda o‘zi ham halok bo‘lgan.

“Tunda qattiq ovoz bo‘ldi. Hamma uydan chiqib ketdi. Qo‘rqib ketdik”, degan qo‘shnilardan biri.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Sirdaryoda sudya bilan birgalikda bank mansabdori ham ushlangani ma’lum bo‘ldi

Published

on


Sirdaryoda sudya bilan birgalikda bank mansabdori ham ushlangani ma’lum bo‘ldi. 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Prokuratura organlari va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi va «Agrobank» ATB Guliston filiali mansabdor xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Xususan, sudlov hay’ati sudyasi o‘z ish yurituvida bo‘lgan – mahalliy tadbirkor tomonidan Guliston shahrida qurilgan ko‘p qavatli bino bo‘yicha kassatsiya tartibida ko‘rilayotgan da’vo ishi qonunan uning foydasiga hal bo‘lishini bilgani holda, o‘zining yaqin aloqasi hisoblangan «Agrobank» mansabdori bilan til biriktirib, undan 7500 AQSh dollari talab qilishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori talab qilingan pul mablag‘idan 5500 AQSh dollarini olib, sud tomonidan tadbirkor foydasiga ijobiy hal qiluv qarori e’lon qilinganidan so‘ng, sudyaga 3600 AQSh dollarini bergan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy sud Sirdaryoda sudya ushlangani haqida xabar bergandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi

Published

on


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at xodimlariga tabrik yo‘lladi. Bugun 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni nishonlanmoqda. 

Keyingi yillarda yurtimizda 2 ta teatr, 19 ta madaniyat markazi, 16 ta muzey, 20 ta musiqa va san’at maktabi hamda ushbu yo‘nalishda 5 ta oliygoh tashkil etildi, ko‘plab muassasalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi, 125 ta tarixiy-madaniy meros ob’yektida ularni asrash va tiklash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan yili tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qildik. Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy muzeyi binosi qurilishi boshlandi.

Joriy yilda esa Markaziy ko‘rgazmalar zali, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondining binosi, Pavel Benkov nomidagi rassomlik maktabida qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

O‘zbekistonlik san’atkorlarning Yevropadagi nufuzli madaniyat maskanlaridagi chiqishlar xorijlik san’at muxlislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda so‘z yuritganda, Avstriyaning Zalsburg shahridagi Grosses Festspielhaus sahnasida O‘zbekiston Milliy baleti guruhi tomonidan «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti namoyish etilganini ta’kidlash lozim.

Shu yil 9-aprelda yana bir yirik san’at maskani – Musikverein sahnasida Sohibqiron Amir Temurning 690 yillik tavallud sanasiga bag‘ishlangan musiqali opera asarining taqdimoti o‘tkazildi.

Milliy kino san’atimizni rivojlantirish, xususan,«Tirik tarix» turkumida g‘oyaviy va badiiy yuksak asarlar yaratish borasidagi ishlar dastlabki natijalarni bermoqda. O‘tgan yili davlat buyurtmasi asosida 123 ta kinofilm tayyorlanib, tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

O‘tgan yilning o‘zida sohada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 35 nafar xodim uy-joy bilan ta’minlandi. Madaniyat muassasalari xodimlari ish haqi o‘rtacha 35 foizga oshirildi. 

«Biz bundan buyon ham sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va texnik xodimlar mehnatini munosib qadrlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, yangi ijodiy yutuqlar, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilayman», deyiladi prezident tabrigida.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.