Connect with us

Jamiyat

Prezident yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi

Published

on


Bugun mamlakatda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston yoshlarini tabriklash va qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.

Kongress markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi. Masalan, «Yosh innovatorlar» ko‘rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, uchuvchisiz qurilmalar namoyish etilgan. «Yashil» tashabbuslar» maydonchasida ekologiya, muqobil energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid ishlanmalar ko‘rsatilgan. «Kreativ loyihalar» bo‘limidan hunarmandlik, dizayn, tasviriy san’at, video va prodyuserlik faoliyatidagi yutuqlar o‘rin olgan. «Yoshlar tadbirkorligi va startaplar» maydonchasida ushbu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatli loyihalar haqida ma’lumot berilgan.

Jumladan, toshkentlik Rustam Hamdamovning «Billz» dasturi kichik va o‘rta biznesni avtomatlashtirishga yordam beradi. Hozirgacha bu loyihaga Buyuk Britaniya, Singapur, Turkiya ishbilarmonlari 6 million 600 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan.

Qoraqalpog‘istonlik yosh fermer Sherzod Niyazimbetov organik pomidorlar yetishtirib, quyoshda quritib va qadoqlab, Italiya hamda Fransiya kabi davlatlarga eksport qilmoqda. Uning korxonasida 200 nafarga yaqin xodim ishlamoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yildagi qarori bilan tashkil etilgan Yoshlar akademiyasi bugungi kunda 7 mingdan ziyod yosh olimlarni birlashtirgan. Ko‘rgazmada ular uchun keng o‘rin ajratilgan. Toshkentlik Sayfullo Qodirov ekin maydonlarini raqamli xaritalash va yuqoridan dori sepish imkonini beruvchi dronlar yasagan.

Olimlar orasida «Raqamli avlod qizlari» tanlovi g‘olibalari ko‘pligi ham diqqatga sazovor. Xorazmlik Lobar Abdullayeva onkologik kasalliklarga sun’iy intellekt orqali tashxis qo‘yishga mo‘ljallangan «AI Scan» dasturini ishlab chiqqan. Qoraqalpog‘istonlik Qumara Sagidullayeva quyosh energiyasida yuruvchi kichik traktor, toshkentlik Abdulloh Jamoliddinov bog‘ni avtomatik sug‘orish tizimini ixtiro qilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur taqdimotlar bilan tanishib, ularning tashabbuskorlari bilan muloqot qildi.

– Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat, mamlakatimiz kelajagiga tayanch. Bugun farzandlarimiz zamonaviy yo‘nalishlarni egallab, ancha ilgarilab ketyapti. Ularni qo‘llab-quvvatlasak, sifatli ta’lim berib, sharoit yaratsak, bundan ham katta natijalarga erishadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga ixtirochi yoshlarni tegishli vazirliklarga biriktirib, loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.        

Yurtimizda bunday iqtidorli o‘g‘il-qizlar ko‘p. Bu ta’lim sohasiga, ayniqsa, STEAM yo‘nalishlariga qaratilayotgan e’tibor natijasi. So‘nggi yillarda matematika, fizika, kimyo va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan ko‘plab maktablar tashkil etildi. «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 325 ming yigit-qiz o‘qitildi.

Yosh tadbirkorlar tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan. Startaplarni  moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritilgan.

Bayram munosabati bilan o‘tgan uchrashuvda Prezidentimiz yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlarni belgilab berdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?

Published

on


Bu mamlakatda uyni tozalash og‘ir mehnat hisoblanmaydi.

Yaponiyada biz tushunadigan ma’nodagi «uyni katta tozalash» tushunchasi deyarli noma’lum, ammo uylar hech qanday qiyinchiliksiz ozoda bo‘lib qoladi.

Buning siri qimmat vositalar yoki murakkab texnikalarda emas, balki odamlarning kundalik hayotiga kirib borgan oddiy odatlarda.

Ta’kidlanishicha, yaponlar an’anaviy tozalash ishlariga soatlab vaqt sarflash o‘rniga har kuni 5-10 daqiqa tozalash qoidasiga amal qiladi.

Kichik, ammo muntazam harakatlar, masalan, narsalarni tartibga keltirish, foydalanilgandan so‘ng darhol yuzalarni artish yoki xonalarni har kuni shamollatish uyni iflos bo‘lishiga imkon bermaydi.

Shuningdek, bu mamlakatda ta’lim muhim rol o‘ynaydi, maktablarda bolalar ozodalikka o‘rgatiladi, gigiyena odatga aylanadi. Shuning uchun uyni parvarish qilish og‘ir mehnat sifatida emas, balki bo‘shashtiruvchi va samarali faoliyat sifatida qabul qilinadi.

Yaponiyadagi uylarda tartib va gigiyenani saqlaydigan to‘rtta asosiy odat:

– Ko‘chada kiyiladigan poyabzal uyga kirmaydi;

– Kundalik «soudzi» – har bir buyumning o‘z o‘rni bor, keraksiz narsalar tashlab yuboriladi;

– Darhol tozalash – yuzalar artiladi va idishlar ishlatilgan zahoti darhol yuviladi;

– Tez-tez shamollatish – toza havo changning cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Natijada, minimal, ammo doimiy sa’y-harakatlar bilan saqlanadigan ozoda, keng va yoqimli makon paydo bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi

Published

on


Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan taksi haydovchilarini aldash bilan shug‘ullangan firibgarlar fosh etildi. Ular o‘zlarini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatib, turli bahonalar orqali haydovchilardan pul va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar maxsus mobil ilovalar orqali taksi buyurtma qilgan. Manzilga yetib kelgan haydovchilardan esa “naqd pul yo‘qligi”ni bahona qilib, mablag‘ni karta orqali o‘tkazishni so‘ragan. Shu orqali ular haydovchilarning bank kartasi ma’lumotlari hamda SMS orqali keladigan tasdiq kodlarini qo‘lga kiritgan.

Operativ tadbirlar davomida mazkur jinoyatlarga aloqador bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi 22 yoshli shaxs aniqlanib, u qilgan jinoyatlarini tan olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur kompaniyalar nomidan tarqatilayotgan soxta aksiyalar ham aniqlangani xabar qilingan edi. Bunday holatlarda fuqarolarga kvartira, vaucher yoki bepul internet trafigi va’da qilinib, aslida ularning shaxsiy va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish maqsad qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi

Published

on


Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashina chegarada ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning yukxonasidagi kartoshkalar orasidan kartoshka ko‘rinishida yasalgan 72 kg gashish topilgan. Ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Surxondaryoda Afg‘onistondan Rossiyaga olib ketilayotgan katta miqdordagi narkotik modda fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz tumanida yashovchi 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasi Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Jarayonda mashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti sinchkovlik bilan tekshirilganda ularning orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat 72 kg 300 gr gashish yashirilganligi aniqlangan. Narkotik modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta miqdordagi ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda aniqlangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi

Published

on


Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026 yil 24 martdan 31 martga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burhonov ko‘chalarida yerosti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan mazkur hududda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Xususan, Mingbuloq ko‘chasining Hamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish imkoniyati saqlab qolinadi.

Bundan tashqari, Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burhonov ko‘chasiga harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi.

Mas’ullar haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishni so‘ramoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shahrisabz tumanida qor ko‘chkisi kuzatildi

Published

on


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hududida joylashgan Hisor tog‘ tizmasida yirik qor ko‘chkisi qayd etildi. Hodisa 2026 yil 23 mart kuni taxminan soat 16:25 larda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, qor ko‘chkisi dengiz sathidan 3000 metr balandlikda boshlanib, umumiy hajmi taxminan 700 ming kub metrni tashkil etgan. Ko‘chki aholi yashash hududidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

Hodisa oqibatida hech qanday qurbonlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Shuningdek, infratuzilma va aholi turar joylariga zarar yetmagan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahor mavsumida tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qoladi. Shu munosabat bilan fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.