Dunyodan
Prezident Tramp Si Szinpin va Putinning uchrashuviga munosabat bildirdi
Prezident Tramp Si Tszinpin va Putinning uchrashuviga munosabat bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin uchrashuvini olqishladi. Prezident Tramp ikkala hamkasbi bilan ham “yaxshi munosabatlarga ega” ekanini aytdi.
“Menimcha, bu yaxshi narsa. Ikkala yetakchi bilan ham ajoyib muloqotdamiz”, – dedi AQSh prezidenti. “Men hamma bilan til topisha olaman”, dedi u ishonch bilan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilgan.
Uchrashuv avvalida prezident Putin Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar “misli koʻrilmagan yuksak darajaga” koʻtarilganini taʼkidlab, ikki davlatni “haqiqiy har tomonlama sheriklik namunasi” deb atadi.
Putindan oldin prezident Donald Tramp 13-15 may kunlari mamlakatga tashrif buyurgan. Bu AQSh prezidentining 2017-yildan beri Xitoyga ilk tashrifi bo‘ladi.