Dunyodan
Prezident Tramp asirga tushgan tankerdagi ikki rossiyalikni ozod qilishga qaror qildi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning murojaatiga javob qaytarishga va AQSh tomonidan qoʻlga olingan tanker ekipajidan ikki nafar rossiyalik fuqaroni ozod qilishga qaror qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidentiga bu qarori uchun minnatdorchilik bildirdi.
AQSh rasmiylari hozircha bu qarorga izoh bermagan.
7 yanvar kuni AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Vera 1 (sobiq Marinera) tankerini qo‘lga oldi. Vashingtonning ta’kidlashicha, kema neft tashayotgan bo’lib, u sanksiyalarga duchor bo’ladi. Tanker dastlab Panama bayrog‘i ostida suzib yurgan, biroq keyinroq Rossiya bayrog‘iga o‘tgan.
Kema ekipaji 28 kishidan iborat bo‘lib, ulardan 17 nafari ukrainalik, olti nafari gruziyalik, uch nafari hindistonlik va ikki nafari rossiyalik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya tomonidan tankerni qo‘lga olish uchun yuborilgan suv osti kemasi va esminetsi AQSh kuchlari yetib kelganidan so‘ng darhol hududni tark etganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tanker AQSh nazoratida bo‘lib, bortdagi neft qirg‘oqqa olib chiqilmoqda.